B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar



Download 387,41 Kb.
bet23/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

EGASI UMUMLASHGAN GAP Bunday gapda ega ikkinchi va uchinchi shaxs­ga qaratilgandеk bo‘lsa-da, aslida hamma uchun umumiy bo‘ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi. Bunday eganing umumlashishi maqol, matal, hikmatli ibora, odat tusiga kirgan rasm-rusumni bayon etuvchi gapda uchraydi: 1.Hurmat qilsang, hurmat topasan. 2. Sog‘liq tilasang ko‘p yema. 3. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.
EGASIZ GAP Egasiz gapda ega tamoman bo‘lmaydi va gap ma’nosidan angla­shilmaydi: Tabiatni asrash kerak. Qishloqqa borishga to‘g‘ri keladi. Bahor. Rahmat.
Egasi yo‘q gapning: a) shaxsi noma’lum (q.);b) atov gap (q.); d) so‘z-gap (q.) turi farqlanadi.
EKSPRESSIYA (lot. expressio – ifoda) Nutqning ta’sirchanlik xususiyati. Bu xususiyat leksik, grammatik va b. vositalar yordamida yuzaga keladi.
EKSTRA LINGVISTIKA Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy-tarixiy, jug‘rofiy va boshqa omillarni tilning taraqqiyoti va vazifasi bilan bog‘liq hodisalar sifatida o‘rganuvchi sohasi.
EKSTRALINGVISTIK OMILLAR (lot. extra – tashqi + fran. linguistique – tilga xos) – q. Nolisoniy omillar.
ELATIV (lot. e1ativuz – ko‘tarilgan, yuqori) Sifatning belgining ortiq darajasini ko‘rsatuvchi shakli. Bu shakl mazmunan orttirma daraja shakliga o‘xshasa-da, belgini nisbat bermay ifodalaydi. Masalan, o‘ta ahmoq, g‘irt yolg‘on, sap-sariq kabilar. Q. Kuchaytirma shakl.
ELIZIYA (lot. elisio – siqmoq, itarib chiqarmoq) Unli tovush bilan tugagan so‘zga unli bilan boshlangan so‘zning qo‘shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi. Masalan, boroladi< bora oladi kabi.
ELLIPSIS (yun. elleipsis – tushish, tushirilsh) Nutq unsurning tushib qolishi. Nutqda ellipsis turli maqsadlar bilan (masalan, iqtisod talabi bilan) yuz beradi. Undan odatda uslubiy figura sifatida foydalaniladi. Tilda esa turli sabablar bilan yuz beradi. Masalan, ugra oshi (ugra bilan tayyorlangan osh) birikmasidagi osh so‘zining ellipsyaga uchrashi (tushishi) natijasida ugra so‘zi yangi ma’noga ega bo‘lgan (ovqat nomiga aylangan): Bozordan qaytishda tayyorlangan ovqat serqatiq ugra ekan. Nutqiy ellipsis juda ko‘p uchraydigan hodisa. Masalan, Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin (odam so‘zi ellipsisga uchragan).

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish