B. S. Abdullayeva, B. M. Suropov iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/213
Sana11.01.2022
Hajmi4,96 Mb.
#349390
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   213
Bog'liq
IAKT Cуропов Б.O'quv qo'llanma

 
 


54 
 
 
5.1-jadval 
T/r 
Versiyasi 
Nomlanishi 
1.
 
 
Android 1  
Apple Pie 
2.
 
 
Android 1.5 
Cupcake 
3.
 
 
Android 1.6  
Donut 
4.
 
 
Android 2.0  
Éclair 
5.
 
 
Android 2.2  
Froyo 
6.
 
 
Android 2.3  
Gingerbread 
7.
 
 
Android 3.0  
Honeycomb 
8.
 
 
Android 4.0  
Ice Cream Sandwich 
9.
 
 
Android 4.1, 4.2 va 4.3   Jelly Bean 
10.
 
 
Android 4.4  
Kitkat 
11.
 
 
Android 5.0  
Lollipop 
12.
 
 
Android 6.0  
Marshmallow 
13.
 
 
Android 7.0 и 7.1  
Nougat 
14.
 
 
Android 8.0  
Oreo 
15.
 
 
Android 9.0  
Pie 
16.
 
 
Android 10.0  

 
 
5.4. Windows haqida umumiy tushunchalar. 
 
Microsoft  Windowsning  paydo  bo’lishi  mikro  kompyuterlar  tizimi sohasida 
yangi  era  boshlanganining  belgisidir.  MSDOS  boshqaruvida  ishlovchi  1980-
yillardagi  ishlanmalarning  cho’qqisiga  aylangan  windows  3.1  ga  ishchi  guruhlari 
uchun  mo’ljallangan  Windows  tizimlari  kuchli  ilovalarni  qulay  va  o’zlashtirishga 
oson  ko’p vazifali grafik  muhitda ishga tushurish imkonini beradi. Windowsda bu 
tizimlarning  imkoniyatlari  takomillashtirilgan  va  kengaytirilgan,  shaxsiy 
kompyuterda  ishlashga  yangicha  soddalashtirilgan  yondoshuv  ta’minlangan. 


55 
 
 
Bundan  tashqari  Windows  ga  zamonaviy  shaxsiy  kompyuterlarning  quvvatini 
maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar 
mujassamlashtirilgan.  
Windows foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:   
Foydalanuvchining to’liq qayta ishlangan interfeysi. Yangi interfeys sharofati 
bilan Windows da dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar 
va  arxivlar  bilan  ishlash  ancha  oson  va  engil.  Mana  foydalanuvchining  yangi 
interfeysining asosiy hususiyatlari:  

 
ishga  tushurish  tugmachasining  menyusi  (Start  Menu,  ruscha  versiyada  - 
Bosh  menyu)  siz  so’nggi  paytlarda  ishlagan  dasturlar  va  hujjatlarga,  
boshqaruv  paneli  (Control  Panel)ga,  printerlarga  va  tizim  utilitlardan 
foydalanish, ularga yo’llashning osonlashishi ta’minlanadi;  

 
 bir dasturdan boshqasiga o’tishga soddalashtirilgani;  

 
 oldingi  versiyalardagi  fayllar  dispetcheri  (File  manager)ni  almashtirib 
kelgan  Windows  o’tkazuvchisi  (Windows  Explorer)ning  kuchli  dastur 
ekanligi;  

 
 serverlar  ko’rib  chiqishni  va  tarmoq  fayllariga  xuddi  lokal  qattiq 
diskdagidek  oson  ishlov  berish  imkonini  beruvchi  tarmoq  o’rami  nishoni 
(Network Neighborhood)ning borligi;  

 
tez-tez ishlatiladigan dasturlar, panellar va hujjatlar uchun yorliqlar yaratish 
imkoni borligi;  

 
obyektlarning  tizimini  sozlashni  yengillashtiruvchi  hususiyatlarining 
ro’yxati;  

 
hujjatga  u  yaratilgan  ilovani  ishga  tushurmay  nazar  tashlash  imkonini 
beruvchi «tez ko’rib chiqish» vositalarining to’plami;  

 
sizning  kompyuteringizdagi  bo’lganidek,  xuddi  shuningdek  tarmoq 
serveridan ham hoxlagan axborotni tanlashga yordam beruvchi kuchli izlash 
dasturi;   

 
siz tasodifan kerakli bo’lgan nimanidir chiqarib tashlaganingizda sizga uni 
tiklashda qo’l keladigan savatcha (Recycle Bin);  


56 
 
 

 
 printerlar va shriftlar bilan ishlash uchun oddiy asboblar;  

 
 tizimni  o’rnatish  va  sozlashda  foydalanuvchini  kuzatuvchi  «ustalar» 
jamoasi (Wizards).  

 
unda  kontekstli  izlash  imkoni  paydo  bo’lgan  takomillashtirilgan  yordam 
tizimining mavjudligi. 
Yangi  tizimga  o’tish  Windowsga  Windowsning  oldingi  versiyalarining 
qobiqlari  bo’lgan  dasturlar  dispetcheri  (Program  Manager)  va  fayllar  dispetcheri 
ham kirganliklari tufayli ham osonlashadi. Shunisi ham borki, ulardan kimdir uzoq 
vaqt foydalanishi (agar umuman foydalansa) ehtimoldan uzoq. 

 
 Fayl nomlari haqidagi ma’lumotlarni qo’llab quvvatlash. Siz Windows 3.X 
va  MS  DOS  tizimlaridagi  fayllarning  nomlarining  uzunligiga  cheklovlar  haqida 
yodingizdan  chiqarib  qo’yishingiz  mumkin.  Windowsda  fayllar  nomlarining 
uzunligi 255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin. 

 
 Tarmoqda  ishlashni  qo’lab-quvvatlashning  kompyuterga  qo’shib  ishlangan 
vositalari.  Windows,  shaxsiy  kompyuterlar  uchun  mo’ljallangan  oldingi  ko’plab  
operatsion  tizimlardan  farqli  o’laroq  avval  boshidanoq  tarmoqda  ishlash  uchun 
yaratilgan edi va mana shuning uchun ham kompyuterdagi fayllar va uskunalar bilan 
birgalikda    foydalanish  imokoniyatlari  Windows  dan  foydalanuvchining 
interfeysiga to’liq integrallashtirilgan. 

 
 Plug  and  Play.  Windowsda  periferiya  uskunalarini  o’rnatish  va  sozlashni 
maksimal  darajada  soddalashtirishga  urinishini  o’zida  mujassamlangan,  Plug  and 
Play standartini qo’llab-quvvatlash amalga oshirilgan. Operatsion  tizim mana shu 
tarzda avtomatik ulanishni va uskunalarning Plug and Play standartlari talablariga 
javob  beradigan  uskunalarni  konfiguratsiyalashni  ta’minlaydi,  ularning  eskirgan 
uskunalar bilan moslashib ishlashni qo’llab-quvvatlaydi va mobil komponentalarini 
ulash va o’chirish uchun dinamik muhitni yaratadi. 

 
 Portativ  kompyuterlarni  qo’lab-quvvatlash.  Plug  and  Play  standartini  
qo’llab-quvvatlashni  qo’shimcha  qilib  Windows  portativ  kompyuterlardan 
foydalanuvchilarga fayllarni sinxronlashtirish, fayllarning bevosita  kabelga ulanishi 
yordamida va masofadan uzatish vositalari taqdim etadi.  


57 
 
 

 
 Multimediya  ilovalarini  qo’llab-quvvatlashning  yaxshilangan  vositalari. 
Kompyuterga  o’rnatilgan  va  ovoz,  video  kompakt  disklar  bilan  ishlash  imkonini 
beruvchi  vositalar  multimediya  ilovalarining  rivojlanishi  uchun  yangi  turtki 
beradilar.  Windows  95  -  bu  windowsning  o’yin  dasturiy  ta’minotining  qo’llab-
quvvatlash sohasida MSDOSni bellashuvga chaqirgan birinchi versiyasidir. 

 
 MS-DOS  va  Windowsning  birlashib  ketishi.  Xozir  Windows  va  MS  DOS 
(Windows ME dan tashqari) yagona operatsion tizimni tashkil etadilar.  

 
 32  razryadli  modullar.  Windows  da  32  razryadli  kod  imkoniyati  bo’lgan 
hamma  joyda  ishlatiladi,  bu  esa  tizimning  yuqori  darajadagi  ishonchliligi  va 
buzulishga  chidamliligini  ta’minlash  imkonini  beradi.  Eskirgan  ilovalar  va 
drayverlar bilan moslikni ta’minlashdan tashqari bu tizimda 16 razryadli kod ham 
ishlatiladi.  

 
 Ko’p vazifalik. Windows - qo’shma ko’p vazifalik asosida ko’rilgan bo’lib, 
bunda  ilovalar  protsessordan  birgalikda,  uni  vaqti  vaqti  bilan  bir-biriga    oshirib 
foydalanadilar. Agar ilovalardan biri protsessorni bo’shatishdan bosh tortsa, tizim 
bunga qarshi xech qanday chora ko’rolmaydi. Windows da siqib chiqaruvchi ko’p 
vazifalar joriy etilgan. Bunda hamma ilovalar operatsion  tizimning to’liq  nazorati 
ostidadir, dasturlarni birgalikda ishlatish uchun ajratilgan resurslardan samaraliroq 
foydalanadilar va xatosi bo’lgan va xato tuzulgan dasturning tizimini -osib qo’yishi 
ehtimoli sezilarli darajada pasaytirilgan.  

 
 Ko’p oqimlilik. Windows ko’p oqimlikni tegishli tarzda yozilgan ilovalarga 
o’z shaxsiy jarayonlarining ko’p vazifali bajarilishini amalga oshirish uchun imkon 
beruvchi  texnologiyani  qo’llab  quvvatlaydi.  Masalan,  elektron  jadvallarga  ishlov 
berishning ko’p oqimlilik tamoyilariga asoslanib yaratilgan dasturi bilan ishlaganda 
siz bir elektron jadvalni qayta hisoblab turib shu vaqtning o’zida boshqasini chop 
etaverishingiz mumkin. 

 
 Tizimning konfiguratsiyasi va foydalanuvchilar tanlagan sozlovlar haqidagi 
axborotli ma’lumotlarning markazlashgan bazasi. Windowsning ro’yxati-reestirida 
tizimning ilovalari va turli parametrlari haqidagi axborot saqlanadi. Windowsning 
avvalgi  versiyalari  bilan  moslikni  ta’minlash  uchun  tizim  Win.ini  va  System.ini 


58 
 
 
fayllaridan  foydalanadi.  Biroq  Windows  ishlayotganilda  siz  u  bilan  ko’pam 
ishlayvermaysiz.  

 
 Diagnostikaning 
optimallashtirish 
va 
xatolarni 
tuzatishning 
takomillashtirilgan  va  soddalashtirilgan  vositalari.  Windows  tarkibiga  tizimning 
unumdorligini  optimallashtirishning  quyidagi  vositalari  kiradi:  o’zini  o’zi 
sozlaydigan dinamik disk KESH, disklarnig mantiqiy va tabiiy tuzilmasini tekshirish 
uchun Scan Disk dasturi, disklarni qisuvchi Driver Space tizimi va foydalanishda 
nihoyatda  sodda  bo’lgan,  disklarni  defregmentatsiya  qilish  uchun  dastur.  Bundan 
tashqari  Windowsga  uskunalar  o’ratasidagi  nizolarni  bartaraf  etishda  yordam 
beradigan uskunalar dispetcheri (Device Manager) maxsus dasturga kiritilgan.  
Agar  siz  hatto  ilgari  Windows  bilan  ishlamagan  bo’lsangiz  ham  u  bilan 
ishlashga kirishish juda oson. Navbatdagi rasmda Windows (Windows  XP) ning ish 
stolining asosiy elementlari ko’rsatilgan. Ish stoli - bu ekranda paydo bo’luvchi ish 
sohasidir.  Ish  stolidan  amalda  barcha  vazifalarni  hal  qilishda:  dasturlarni  ishga 
tushurish,  fayllardan  nusxa  olish,  internetga  ulanish,  elektron  pochtani  o’qish  va 
boshqalarda  foydalaniladi. Ish stolining tashqi  ko’rinishi kompyuterga  windowsni 
o’rnatish va uni saqlashga bog’liqdir.   
Windows  ish  stolining  tipik  qiyofasi:  lokal  kompyuter  tarmoqlari  bilan 
tanishish  imkonini  beruvchi  vazifalar  paneli,  obyektlar,  shuningdek  hujjatlar, 
papkalar  va  dasturlardan  foydalanish  uchun  yo’l  ko’rsatuvchi  yorliqlar  ko’rinib 
turibdi.  
 

Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish