B. S. Abdullayeva, B. M. Suropov iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/213
Sana11.01.2022
Hajmi4,96 Mb.
#349390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
IAKT Cуропов Б.O'quv qo'llanma

 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
KIRISH 
 
Bugungi  kunda  insoniyatni  axborotlarni  ishlab  chiqish  va  barcha  sohalarda 
foydalanishi bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalar bilan 
qurollantirish eng muhim fazivadir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevralda 
qabul  qilingan  “O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha 
harakatlar  strategiyasi  to’g’risida”gi  PF-4947-sonli  Farmonida  keltirilgan  tegishli 
sohalar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va 
samarali foydalanish dolzarb masalalardan biri qilib qo’yilgan.        
Dunyo  ta’lim  tizimida  talabalarning  kasbiy  kompetentligini  kompyuterning 
dasturiy  vositalaridan  foydalanib  shakllantirish  va  rivojlantirish,  mashg‘ulotlarda 
multimedia,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  keng  ko‘lamda  va 
ommaviy foydalanish masalalari tadqiq qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini 
avtomatlashtirish, iqtisodiyotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida 
rivojlantirish,  boshqaruv  jarayoniga  yangi  axborot  texnologiyalarini  joriy  qilish, 
faoliyat sohalari bo‘yicha talabalarga innovatsion bilim berish, kasbiy ko‘nikma va 
malakalarni doimiy takomillashtirib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 
Jamiyatimiz  uchun  istalgan  sohaning  zamonaviy  mutaхassislari,  jumladan 
pеdagog-o’qituvchilar, muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi 
хodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, va boshqalar tеgishli sohaning aхborot rеsurslaridan 
erkin va samarali foydalanishi: axborotlarni olish, to’plash, yaratish, qayta ishlash, 
saqlash, uzatish  uchun kompyutеr, aхborot tеlеkommunikatsiya vositalari bo’yicha 
tеgishli bilimlarga, aхborotdan foydalanish madaniyatiga ega bo’lishlari kеrak. 
 Buning uchun esa “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va 
tizimlar”  fanining  prеdmеtini  o’rganish  yotadi.  Bu  fan  bevosita  maktabdagi 
“Informatika”,  akademik  litsey,  kasb-hunar  kollejlarida  “Informatika  va  axborot 
texnologiyalari” fanining uzviy davomi sifatida oliy o’quv yurtlarida “Iqtisodiyotda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” hamda “Iqtisodiyotda axborot 
komplekslari va tizimlari” deb nomlanib o’qitiladi.  



 
 
Respublikamizda  ta’lim  jarayonini  modernizatsiyalash  maqsadida  Amerika 
Qo‘shma  Shtatlari,  Rossiya,  Fransiya,  Koreya  Respublikasi,  Xitoy,  Yaponiya, 
Turkiya, Xindiston, Latviya davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari, 
qo‘shma  fakultetlar,  qo‘shma  ta’lim  markazlari  tashkil  qilinmoqda,  ularning 
moddiy-texnik 
bazasi 
yaratilmoqda. 
O‘zbekiston  Respublikasini  yanada 
rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  “Uzluksiz  ta’lim  tizimini  yanada 
takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali 
kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 
Bu borada  talabalarning kasbiy  kompetentligini oshirish,  kelajakda  o‘z kasbining 
yetuk  mutaxassislari  bo‘lib  yetishishi  mamlakatimizda  ta’limning  istiqbolli 
yo‘nalishlarini belgilashga zamin yaratadi.  
Yuqoridagi, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 
2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida keltirilgan 
vazifalar  har  bir  soha  mutaxasislarini  axboort-kommunikatsiya  texnologiyalari 
sohasidagi bilimlarni mukammal egallashlarini taqozo etadi.  
Shundan  kelib  chiqib,  mazkur  fanning  asosiy  maqsadi  talabalarga 
kompyuterning  tехnik  va  dasturiy,  Microsoft  Office  2013  dasturi  ilovalari, 
ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash tеxnologiyalari, VBA (Microsoft Visual Basic 
for  Applications)  dasturidan  foydalanib,  yangi  funksiyalar  va  makroslar  yaratish 
kabi  mavzularni  chuqur  o’rgatish  bo’yicha  nazariy  bilimlar,  hamda  tеgishli  soha 
masalalarini  yеchish  bo’yicha  amaliy  foydalanish  ko’nikmalarini  mukammal 
shakllantirishdan iborat.  
Ushbu fanni rivojlantirish bo’yicha mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan  foydalanishning  nazariy  va  metodik  acoclari  hamda  elektron 
adabiyotlar,  elektron  axborot-ta’lim  resurslari,  dasturiy  qobiqlarni  yaratish,  ta’lim 
jarayonida  qo‘llash  imkoniyatlari  mamlakatimiz  olimlari  A.Abduqodirov, 
R.Boqiyev,  U.Begimqulov,  S.S.G‘ulomov,  F.M.Zakirova,  B.B.Mo’minov, 
N.A.Kayumova, 
M.H.Lutfillayev, 
M.E.Mamarajabov, 
N.I.Tayloqov, 
D.Toshtemirov,  S.Q.Tursunov,  A.Hayitov,  T.Shoymardonov,  U.Yuldashev  va 



 
 
boshqalarning  tadqiqot  ishlarida  o‘z  akcini  topgan.  Mustaqil  Hamdo‘stlik 
Mamlakatlarida  axborot  texnologiyalarini  o‘rganish  bo‘yicha  M.V.Goryainov, 
L.P.Grishchenko, T.A.Dyujeva, M.A.Ivanova, YE.I.Mashbits, O.S.Stepanova ilmiy 
tadqiqotlar olib borgan, Xorijlik olimlar: B.K.Atrostic, S.V.Nguyen, E.Brynjolfsson, 
A.Mcafee,  D.H.Autor,  D.Dorn,  C.B.Frey,  M.A.Osborne,  L.E.Varshavskii  va 
boshqalar  o‘z  ilmiy  ishlarida  axborot  iqtisodiyoti  va  ishlab  chiqarishni 
avtomatlashtirish bilan bog‘liq bir qator muammolarni yoritgan. 
Ushbu  o’quv  qo’llanma  bilan  tanishib  chiqayotganligingizdan  xursandmiz. 
Qo’llanma  haqidagi  fikr  va  mulohazalarni  hamda  unda  mavjud  kamchiliklarni 
bahodir.suropov@mail.ru
 
e-mailiga yuborishingizni so’raymiz. 
 
 

Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish