1973 yil - Tarmoqqa ilk xorijiy davlatlar (Buyuk Britaniya va Norvegiya)
ulandi.
1982 yil - tarmoqda ma’lumotlar va adreslarni uzatishning boshqarish standart
to’plami qabul qilindi. Bu TCP/IP deb nomlandi (Transmission Control
Protocol/Internet Protocol).
1983 yil - ARPANЕT tarmog’i ilgarigi NSR standartidan voz kechib, hozir ham
tarmoqlarni birlashtirishda qo’llanilayotgan TCP/IP standartiga o’tdi. Aynan shu
yildan Internet (xalqaro tarmoq) atamasi ARPANЕTga nisbatan ishlatila boshlandi.
1984 yil - Domen nomlari tizimi ishlab chiqildi. ARPANETga jiddiy raqib
paydo bo’ldi. AQSH Milliy ilmiy jamg’armasi (NSF) asos solgan universitetlararo
tarmoq - NSFNET ma’lumotlarni o’tkazishda ARPANЕTga nisbatan kengroq
imkoniyatga ega ekanligini ko’rsatdi.