B. S. Abdullayeva, B. M. Suropov iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/213
Sana11.01.2022
Hajmi4,96 Mb.
#349390
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   213
Bog'liq
IAKT Cуропов Б.O'quv qo'llanma

“Имя  поля” 
(Maydon  nomi)  –har  bir  maydon 
jadvalga  mos  ravishda  unikal  (noyob)  nomga  ega  bo’lishi 
zarur.  Bu  nom  –harflardan,  raqamlardan,  bitta  bo’sh  joy 
(probel)dan,  maxsus  belgilardan  iborat  bo’lishi  mumkin. 
Ustunga nom berishda quyidagi (.), (!), ([ ]), (‘) belgilardan 
foydalanish mumkin emas. Shuningdek, nom berishni bo’sh 
joy (probel)dan boshlab bo’lmaydi. Maksimal nom berish 64 
simvoldan oshmaydi.  
2.
 
“Тип  данных”
 
(Ma’lumotlar  turi)  –Yartilayotgan  MBni  MS  Access 
dasturi  ma’lumotlarni  saralash  uchun  “Тип  данных”  (Ma’lumotlar  turi)dan 
foydalanadi.  Har  bir  nomga  tegishli  ma’lumotlar,  ma’lumot  turi  bilan  farqlanadi. 
“Тип  данных”  (Ma’lumotlar  turi)  o’zida  quyidagi  “Текстовый”  (Matnli),  Поле 


147 
 
 
МЕМО  (Memo  maydon),  “Числовой”  (Raqamli),  “Дата/время”  (Sana  va  vaqt), 
“Денежный”  (Pul  birliklari),  “Счетчик”  (Sanovchi),  “Логический”  (Mantiqiy), 
“Поле  объекта  OLE”  (OLE  maydoniga  tegishli  obyekt),  “Гиперссылка”  (Giper 
murojaat),  “Вложение”  (Ilova),  “Вычисляемый”  (Hisoblovchi),  “Мастер 
подстановок” (Qidirish ustasi) kabi obyektlardan tashkil topgan.     
2.1.
 
“Текстовый” (Matnli) –bu maydon o’zida matnli ma’lumotlarni saqlaydi. 
Maydonning umumiy kengligi 255 belgidan oshmaydi. Foydalanuvchi bu maydon 
kengligini kamaytirishi mumkin.  
2.2.
 
“Поле  МЕМО”  (Memo  maydon)  –bu  maydonham  o’zida  matnli 
ma’lumotlarni saqlaydi. Maydonning umumiy kengligi 65 536 ta belgilardan iborat 
bo’ladi. Kompyuter xotirasidan 1-2 GB gacha joy egallaydi.  
2.3.
 
“Числовой”  (Raqamli)  –bu  maydon  o’zida  faqat  (butun  yoki  kasr) 
raqmlarini qabul qiladi va hisob-kitob ishlari uchun mo’ljallangan. Bu maydonga 
kiritilgan raqamlarga qarab, kompyuter xotirasidan 1-16 baytgacha joy egallaydi. 
2.4.
 
“Дата/время” (Sana va vaqt) –bu maydon o’zida faqat sanani qabul qiladi. 
Maydonga ma’lumot kiritish uchun sichqoncha bir marta bosilsa avtomat ravishda 
joriy sana chiqadi. Ushbu tur o’zida matnli yoki boshqa obyektga tegishli bo’lgan 
ma’lumotlarni qabul qilmaydi. Kompyuter xotirasidan 8 baytgacha joy egallaydi.  
2.5.
 
“Денежный” (Pul birliklari) – nomidan ham bilinib turibdiki, bu maydon 
o’ziga faqat pul birliklarini qabul qiladi. Pul birliklarini, “Свойства поля” (Maydon 
xususiyatlari) → “Формат поля” (Maydon formatlari)dan o’zgartirishigiz mumkin.  
2.6.
 
“Счетчик”  (Sanovchi)  –bu  turdagi  maydon,  avtomatik  o’sib  boruvchi 
hisoblanadi  va  o’zida  4  baytgacha  bo’lgan  raqamlarni  saqlaydi.  Uning  asosiy 
faoliyati, kalit sifatida MBlarni bir-biriga bog’lashdir. 
2.7.
 
“Логический” (Mantiqiy) –bu turdagi maydon, o’zida faqat mantiqiy (ha 
yoki yo’q, 0 yoki 1, rost yoki yolg’on) qiymatlarni saqlaydi. Kompyuter xotirasidan 
8 bitdan-1 baytgacha joy egallaydi. 
2.8.
 
“Поле  объекта  OLE”  (OLE  maydoniga  tegishli  obyekt)  –bu  turdagi 
maydon,  o’ziga,  keyinchalik  forma  yoki  hisobotlarni  tayyorlash  uchun  xizmat 
qiladigan  va  MS  Office  dasturlari  tarkibiga  kiruvchi,  rastirli  kengaytmaga  ega 


148 
 
 
bo’lgan  obyekt  (matn,  diagramma,  va  h.k.z)larni  qabul  qiladi.  Faqat,  kompyuter 
xotirasidagi MB OLE-serverga ulangan bo’lishi kerak, aks holda obyektlar boshqa 
bir belgilarga o’xshab qoladi.      
2.9.
 
“Гиперссылка” (Giper murojaat) - bu turdagi maydon internetdagi yoki 
lokal  tarmoqdagi  MBga  (giper  murojaat)  tezkor  o’tish  uchun  xizmat  qiladi. 
Shuningdek,  yaratilgan  MB  tarkibida  mavjud  boshqa  obyektga  o’tishni  ham 
ta’minlashi mumkin. Bu turdagi maydon kompyuter xotirasidan 1 GBaytgacha joy 
egallaydi.  
2.10.
 
“Вложение” (Ilova) – bu turdagi maydonga, elektron hujjatlarni, elektron 
jadvallarni,  rasmlarni,  diagrammalarni  va boshqa obyektlarni  umuman  bir  nechta 
fayllarni ilova qilish mumkin. Ilova maydoni, kiritilgan ma’lumotlarni qayta ko’rib 
chiqish va o’zgartirish imkoniyatini yaratib beradi. Foydalanuvchilarga bu turdagi 
maydonga  kiritiladigan  ma’lumotlarni  zichlashtirish  tavsiya  qilinadi.  Chunki  bu 
turdagi maydon, zichlanmagan holda ma’lumotlarni - 700 Kbaytgacha, zichlangan 
holda esa – 2 Gbaytgacha ma’lumotlarni qabul qiladi.  
2.11.
 
 “Вычисляемый”  (Hisoblovchi)  –  bu  turdagi  maydon,  boshqa  tur 
maydonlari (raqamli, matnli, pul birliklari, sana va mantiqiy)ni hisoblash (qo’shish, 
ayirish, ko’paytirish va bo’lish) uchun mo’ljallangan.  
2.12.
 
 “Мастер  подстановок”  (Qidirish  ustasi)  –bu  turdagi  maydon, 
foydalanuvchiga  kiritilgan  ma’lumotlarni  ro’yhat  bo’yicha  taqdim  qiladi.  Agar 
ro’yhat, jadval yoki so’rov bo’yicha tuzilgan bo’lsa, demakki ma’lumotlar jadval 
ko’rinisha taqdim qilinadi, aks holda bir butun ma’no sifatida aks ettiradi. Bundan 
tashqari  bu  turdagi  maydon,  jadvallarni  bir-biriga  bog’lashda  va  ma’lumotlar 
butunligini ta’minlashda ham xizmat qiladi. 
Quyida  biz,  MS  Access  2013  dasturida  kutubxona  ma’lumotlar  bazasini 
yaratishni ko’rib chiqamiz.   
 

Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish