B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini. 2019 yil 8 may. PQ-4312-son. 
2.
Климов Е.А. Психология профессионального самоопределения: учебное пособие. 
–М.: Издательский центр «Академия», 2004. -304 с 
3.
V.I.Loginova. Maktabgacha yoshdagi bolalar ahloqiy tarbiyasi. –T., 2001. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
TALABA-YOSHLARDA EZGU G‘OYA VA E’TIQODNI SHAKLLANTIRUVCHI 
OMILLAR 
 
Musaeva N.M. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, bo‘lim boshlig‘i 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan hayotimizning barcha jabhalarida 
chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Bu o‘zgarishlar butun ta’lim sohasini qayta qurishni 
maqsad, vazifa, ta’lim muassasalarining faoliyati mazmunini o‘zgartirishni talab etdi. Milliy 
kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlatimiz olib borayotgan islohatlarni amalga oshirish uchun 
jamiyat barqarorligi va davlat xavfsizligi talab etiladi.
Respublikamizning Birinchi Prezidienti I.A.Karimov o‘zining “Buyuk kelajak sari” asarida 
yangicha qarashlar haqida quyidagilarni yozadi: “Xalqimizning ma’naviy poydevori – bo‘lajak 
davlatimiz tayanchlari juda qadimiy va mustahkam”. Darhaqiqat, buni hech kim inkor qila 
olmaydi, chunki xalqimizning ma’naviy me’rosi inson barkamolligidir. Shuning uchun talaba- 
yoshlarni yangicha tafakkurli, yuksak madaniyatli, ijodkor, erkin fikrlovchi, ma’naviy yetuk, 
barkamol shaxslar qilib tarbiyalashda nafaqat bugungi kun, balki asrlar davomida kurashib 
kelingan tarixiy tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, maorif va ta’lim-
tarbiya borasida amalga oshirilgan ishlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar serqirra bo‘lib ulardan 


208 
hamma davrlarda jumldadan, hozirgi kunga qadar va bundan keyin ham samarali foydalanish 
ijobiy natija beradi. Mazkur davrlarda sharq mutafakkirlari xalqimizning o‘tmish davri, kaelajagi 
haqidgi ilgari surgan ilg‘or g‘oyaldari bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega ekanligini 
ko‘rsatmoqda. Inson e’tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yashay olmaydi.
Shaxs va uning e’tiqodi masalasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning shakllanishi 
mohiyatan ijtimoiy omillarga bevosita bog‘liq deb qaraladi. Bu masalaga e’tiborning ortib 
borayotganining boisi shundaki, shaxsdagi mafkuraviy immunitetning shakllanishida undagi ezgu 
g‘oya va iymon e’tiqod muhim axamiyatga egadir. Agar biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab 
sog‘lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli 
va olijanob shaxslar bo‘lib kamolga topadi. Shu ma’noda, shaxs e’tiqodi undagi shunday barqaror 
va teran fikr, tasavvurlar, bilimlar majmuiki, mafkuraviy dunyoqarash hamda milliy g‘oyalar 
aslida ana shunday e’tiqodlar asosida shakllanadi. Shaxsning ma’naviyatini belgilovchi boshqa 
ko‘plab psixologik birliklardan farqli o‘laroq, e’tiqod va dunyoqarash nisbatan barqaror va uyg‘un 
bo‘lib, uni osonlikcha, tez fursatda o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shuning uchun uning tabiatini o‘rganish, 
uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatish omillarini aniqlash masalasi bilan bevosita bog‘liqdir. 
Shaxs kamoloti jarayonida uning turli ziddiyatlarga va zararli e’tiqodlarga berilish holati 
ham kuzatiladi. Masalan, psixologlar etnik ziddayatlar hamda diniy e’tiqodlar shakllanishi va 
o‘zgarishiga katta e’tibor qaratib, ushbu jarayonga xos umumiy qonuniyatlarni o‘rganganlar. 
Masalan, mashxur amerikalik psixolog Gordon Ollportning fikrcha, e’tiqod va etnik ziddiyatlar 
o‘ziga xos umumlashgan ustanovkalar bo‘lib, agar shaxsda muayyan biror millat vakillariga 
nisbatan salbiy munosabat yoki ziddiyat mavjud bo‘lsa, demak, unda boshqa bir millat vakillariga 
nisbatan ham xuddi shunday munosabatni kutish mumkin. Shaxs e’tiqodiga aloqador bo‘lgan 
shunday ziddiyatlardan biri diniy bo‘lib, uni haqiqiy taqvodorlik yoki haqiqiy e’tiqoddan farqlash 
zarur sanaladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda shaxsdagi tashqi va ichki diniy e’tiqodni yoki 
dinga moyillikni farqlaydilar.
Amerika olimlari o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda sig‘inish joylariga borish bilan 
e’tiqodlilik ko‘rsatgichlari o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rgandilar. Bu bog‘lanish bevosita bo‘lib, 
muntazam cherkovga qatnaydiganlardagi tolerantlilik o‘rtacha qiymatli bo‘lib chiqdi. 
Cherkovlarga muntazam qatnaydigan shaxslarda insoniylik darajasi yuqori bo‘ladi. O‘sha 
tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, diniy manbalarni to‘la mutolaa qilib chiqqan odam odatda – 
ancha ziddiyatlardan xoli, tolerantligi esa yuqoriroq bo‘lar ekan. Bu tadqiqotlardan qanday 
xulosalar chiqarish mumkin? 
Birinchidan, shaxs e’tiqodi uning jamiyatdagi xulqini belgilovchi omil bo‘lgani uchun ham 
uni shakllantirishga eng avvalo jamiyat va jamoatchilik, oila va barcha turdagi ta’lim muassasalari 
jalb etiladi. 
Ikkinchidan, biz e’tiqodni shakllantiruvchi har bir omilning ta’sir kuchi nimalarga 
bog‘liqligini bilishimiz kerak. Bular quyidagilardir: 
a) ta’sir ko‘rsatuvchi manba – shaxs yoki guruh, boshqacha qilib aytganda, 
kommunikator; 
b) ta’sir mazmuni yoki ma’lumot; 
v) ta’sir vositasi yoki ma’lumot yetkazuvchi tarmoq: 
g) ta’sirni qabul qiluvchi yoki auditoriya. 
Ma’lumki, tajriba, bilimdonlik, ishontira olish qobiliyati, uning nutqi, komunikativligi, 
o‘ziga ishonchi va boshqalar shaxsga ta’sir qiluvchi vositalar sanaladi.. Mafkurachilarning asosiy 
ish uslubi, metodlari o‘zida mavjud bilim, tushuncha g‘oyalarni asos qilib olgan holda, birinchi 
navbatda yoshlarda, qolaversa, keng xalq ommasi ongida mustahkam e’tiqodni shakllantirish, 
ta’sir ko‘rsatish va tahlil etishga chorlashdir. Bunda u muloqotning barcha samarali va ta’sirchan 
vositalaridan – monolog, dialog, baxs-munozara kabilardan foydalanadi. Aynan ana shu faoliyat 
har bir ta’sir ko‘rsatuvchining ritorika asoslaridan xabardor bo‘lishini, nutq mahoratini egallashini 
talab qiladi. So‘zlovchi o‘z nutqida nutqiy va nutqiy bo‘lmagan vositalardan o‘z o‘rnida maqsadga 
muvofiq tarzda foydalana olishi shart. Agar voiz yoki notiq o‘ziga berilgan minbarda faqat so‘z 


209 
va iboralar tizimidan foydalanish bilan cheklansa yoki qog‘ozga tushirilgan matndan chetga 
chiqolmasa, uni auditoriya tinglamaydi, unga ishonmaydi. Shuning uchun hissiy ta’sir usullari – 
o‘rinli ishlatilgan qarashlar, imo-ishora, mimika va patomimika kabilar ham ta’sirni 
kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar ekanini unutmaslik kerak. 
Pedagogdan talab qilinadigan yana bir muhim xislat – gapirayotgan kishining 
yoqimtoyligidir. Bu ham notiqqa nisbatan ishonch va e’tiqodnn oshiradi. Yoshlar auditoriyasida, 
voizning murojaatiga e’tibor jiddiyroq bo‘ladi. Shunga yarasha yondashuv ham o‘zgarib boradi.
Notiqning nima haqida gapirayotgani, qanday fikr yuritayotgani ham mafkuraviy tarbiyada 
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, odamlarga ham aqlan 
asoslangan – (ratsional), ham emotsional (hissiyot uyg‘otuvchi) ma’lumotlar tez ta’sir kshrsatadi. 
Bunda auditoriya xususiyati nazarda tutilishi muhim sanaladi.. Masalan, o‘qimishli, tushungan 
odamlar auditoriyasi faktlarga tayangan, asosli ma’lumotni tez qabul qilib, unga ishonsa, kichik 
yoshlilar, ma’lumot darajasi pastroq shaxslar ko‘proq yurakka yaqin, emotsional ma’lumotga o‘ch 
bo‘ladi. Bundaylar hattoki ulardagi ayrim negativ xis-tuyg‘ularni qo‘zg‘atuvchi ma’lumotlarga 
nisbatan ham faolroq bo‘ladi. Shuning uchun ham kasallikka qarshi yoki zararli odatlarga qarshi 
qaratilgan reklamada ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, hissiyotni uyg‘otuvchi rasmlar beriladi. 
Yoki fikrni o‘zgartirish uchun berilayotgan ma’lumot tinglovchida mavjud bo‘lgan bilimlardan 
keskin farq qilsa ham unda yangi ma’lumotga nisbatan ishonch va uni qabul qilishga moyillik 
kuchli bo‘ladi. 
Bilamizki, mafkuraviy axborot yozma yoki og‘zaki tarzda yoshlarga, aholi ommasiga 
yetkazilishi mumkin. Agar birinchisiga gazeta, jurnallar, kitob va darsliklar, yozma manbalarda 
mujaassamlashgan ma’lumotlar kirsa, ikkinchisiga ma’ruza o‘qish, darsni bayon etish, munozara 
va suhbatlar o‘tkazish kiradi. Bundan tashqari, mafkuraviy g‘oyalar turli badiiy va hujjatli filmlar, 
bolalar yoki kattalar uchun yaratilgan multfilmlar, kichik hajmli kinolar orqali ham yetkazilishi 
mumkin. Muhimi, ular xalq ma’naviyati, o‘lmas merosimiz, kelajakka ishonch uyg‘otuvchi 
ma’no-mazmun bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi albatta ahamiyatga ega sanaladi. 
Bunday yondashuvlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular mafkuraviy ta’sir 
samaradorligini aniqlovchi mezonlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonidva keng tadqiq etiladi. 
Ularga quyidagilarni kirishish mumkin: 

aholining siyosiy bidimdonligi, ijtimoiy faolligi; 

jamiyatning ma’naviy sog‘lomligi, odamlarning o‘zini ruhan tetik va bardam tutishi; 

vatanparvarlikning turli ko‘rinishlari kundalik turmushda tobora ko‘proq namoyon bo‘lib 
borayotgani; 

aholida ma’lumotlilikdan manfaatdorlik kayfiyatining borligi, barchada bilim saviyasini 
oshirishga intilishning kuchayishi; 

gazeta-jurnal, vaqtli matbuot, nashriy ishlarga talab va taklifning ortib borishi; 

jinoyatchilik va xuquqbuzarlik holatlarining yil sayin kamayib borishi, ayollar va 
o‘smirlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatchilikniig bartaraf etilishi; 

giyohvandlilik va turli zararli odatlarning yoshlar o‘rtasida yil sayin kamayib borishi, 
bunda keng jamoatchilikningfaol ishtiroki; 

diniy, dunyoviy bilimlarga muqobil munosabat, shu sohalardagi adabiyotlarga nisbatan 
extiyojning bir maromda saqlanishi; 

oilalarning mustahkamligi ajrimlarning kamayib borishi;

fuqarolarda qonunlarga nisbatan itoatkorlikning shakllanishi; 

butun jamiyat miqyosida sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy muhitning shakllanishi kabilar. 
Shuningdek, ma’naviy-mafkuraviy tabdirlarning yoshlar tarbiyasida, shaxs kamolotida o‘rni 
aloxidp ahamiyati kasb etadi. Mazkur jarayonlarni xalq ommasi va yoshlar ongiga nechog‘lik 
chuqur singib borayotganini o‘rganishning ishonchli yo‘llaridan biri ijtimoiy fikrdir. Ijtimoiy fikr 
- guruh yoki jamiyat tomonidan yakdil tarzda izhor qilinadigan umumiy nuqtai nazardir. Ijtimoiy 
fikr ko‘pincha ijtimoiy psixologiya hamda sotsiologiya fanlari tomonidan o‘rganiladi. Lekin 


210 
jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichiga xos bo‘lgan jarayonlar ijtimoiy fikrni faqat ma’lum 
guruh mutaxassislarigina emas, balki barcha faol shaxslar o‘rganishini taqozo etadi. 
Kundalik hayotimizda, ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy fikrning asosiy barometri, 
o‘lchovi – bu mahalladir. Mahalla ahli har bir oilada ro‘y berayotgan hodisalarni biladi, insonlar 
taqdiriga befarq bo‘la olmaydi, faollar orqali ijtimoiy hayotdagi har bir o‘zgarish, odamlar ongi va 
qalbidagi his-kechinmalar o‘rganiladi. Shu ma’noda, O‘zbekiston sharoitida mahallaning haqiqiy 
demoratiya darsxonasi ekanligi uning ijtimoiy fikrni boshqarish imkoniyatlarida ham o‘z 
tasdig‘ini topgan. 
Shunga qaramay, mafkuraviy ishlar amaliyotida, jamiyatdagi ma’naviy barqarorlikni 
ta’minlash uchun, ijtimoiy fikrni muttasil o‘rganib borish, bunga jamoatchilikning eng ilg‘or 
vakillarini jalb etish maqsadga muvofiq. Ijtimoiy fikrni o‘rganish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda 
amalga oshirilishi mumkin. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish