B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA TA’LIMDA RASM CHIZISHGA O‘RGATISHNING VAZIFALARI 
 
Maxmudova O.A. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, dotsent v.b. 
 
Mamlakatimiz taraqqiyotida mustaqqillik ruhi tobora mustahkamlanib, barcha sohalarda 
jahon andozasiga mos islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun ta’lim olayotgan har bir 
bolani tasviriy san’atga moyilligini, mavjud iqtidorlilik qobiliyatini boyitib, uni amaliy, nazariy, 
ilmiy jihatdan shakllantirish maqsad qilingan. Ta’limning samaradorlik mezoni uning xalqaro 
standartlar talablariga javob berishi bilan belgilanadi. 
Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi – tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur 
qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go‘zallik hissini 
tarbiyalamoq, hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning 
eng asosiy vazifasi – ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning 
turli timsollarini yaratish kabi ijodiy ko‘nikmalarni bolalarda shakllantirishni amalga oshirishdan 
iboratdir. 
Psixologlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra bitta predmetni boshqa predmetlar orasidan 
ajratib olish uchun, bolaga shu predmetni idrok qilishda predmetning shakli bilishga yordam berar 
ekan. Shakllarni tasviriy jarayonidagi xatoliklarning asosiy sababi noto‘g‘ri tushunchalar va 
ko‘nikmalarning yetarli emasligi emas, balki predmetni to‘g‘ri idrok etishni bilmasligi bilan 
tushuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmaganligi uchun, uning 
oldida fikr yuritib tasvirlash kabi qiyinchiliklar ham turadi. Rasmda shakl to‘g‘ri kontur bilan 
chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga ishning 1-bosqichlari chiziqlarni to‘g‘ri aniq chizish va 
konturlarni (aniqlash) tasvirlash, rasmda ishlash jarayonining vazifasi bo‘lib hisoblanmaydi. Agar 
umumiy shakl topilmagan bo‘lsa, konturni to‘g‘ri chiziq bilan chizib bo‘lmaydi, chunki u har doim 
o‘zgaruvchan, shunga qarab uni chizish ham o‘zgaradi, ya’ni natijasi, rasmning oxiri yo‘nalishi 
ham o‘zgaruvchandir. 
Rassom predmetni tasvirlayotganda, avval, asosiy shaklning belgilarini qog‘ozda belgilab 
oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday 
usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta 
sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi, 
oldin bitta bo‘lagini tanlab, naturadagi keyingi bo‘lagini eslab yoki ko‘rib, shu bo‘lagini bo‘lakka 
bo‘lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini 
qog‘ozga tushurib chizishni o‘rgatish zarur, chunki rasmni bo‘laklarga ajratib chizishning o‘ziga 


196 
hos qiyinchiligi bor. Bunda kerakli shaklning asosiy bo‘laklari va ikkinchi darajali bo‘laklarning 
o‘zaro joylashishlari va fazodagi o‘rinlarini aniq proporsional holatda chizish, aniqlash qiyin 
bo‘ladi.
Hamma yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o‘rgatishning asosiy umumiy 
vazifalari quyidagilar:
1. Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o‘zaro proporsiyalashni 
ko‘rsatib berishga, ularda harakat natijasida o‘zgartishlarda o‘rgatish. 
2. Tasvirni obrazli, yorqin qiladigan ba’zi bir xarakterli qismlarni tasvirlashga o‘rgatish. 
3. Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz harakterini o‘zaro birlashtirib berishga 
o‘rgatish. 
4. Bo‘yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko‘nikmalarni 
rivojlantirish. 
Syujetli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini 
ifodalashga o‘rgatishdir. Syujetli rasm – bu bir necha mazmunning ma’lum rangda tasvirlanishini 
tushuniladi. Bolalar qaysi mazmun bo‘yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida 
va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Bolalar tomonidan 
chizilgan «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo‘la oladi. Bolalar bilan olib 
boriladigan bunday mashg‘ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda 
bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi.
Bu bolada asta-sekinlik bilan rivojlanadi, shuning uchun syujetli rasm chizish o‘rta guruhdan 
boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetni tasvirlash o‘rgatiladi. Syujetli 
tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o‘lchamini, fazodagi o‘rinlariga qarab, 
predmetlarning katta yoki kichikligini o‘rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun 
predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Syujetli rasm chizishni, 
bog‘chada o‘rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar:

Mavzuning mazmunini ifodalashga, uning asosini ajratishga o‘rgatish. 

Ob’ektlar orasidagi o‘zaro aloqani tasvirlashga o‘rgatish. 

Ob’ektlar orasidagi proporsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o‘rinlarini 
ko‘rsatishga o‘rgatish. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy san’atning asosiy amaliy vazifalaridan biri 
bolalarni real rasm chizish usullari bilan qurollantrishdir.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish