403
Dramatik tur – og‘zaki drama, qo‘g‘irchoq o‘yin, askiya, xalq teatrlari.
Maxsus tur – maqol, matal, topishmoq kabilar.
Xalq og‘zaki ijodining maxsus janri bo‘lgan maqollar xalqning, aqlu-farosati hamda
turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Maqollar insonni axloq-
odobga, bolalaning nafosatini o‘stirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik,
do‘stlik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Ayniqsa,
bola ta’lim-tarbiyasida maqollarning o‘rni katta. Maqollar ona-Vatanni sevishga, uning har bir
qarich yeri uchun kurashga (“Yurt qo‘risang o‘zarsan, qo‘rimasang to‘zarsan”); kasb-hunar egasi
bo‘lishga (“Yigit kishiga yetmish hunar ham oz”); ahil bo‘lib mehnat qilishga (“Ko‘pchilik qo‘lda
unim ko‘p”); to‘g‘riso‘z va halol kishilar bo‘lib kamol topishga (“Egri ozadi, to‘g‘ri o‘zadi”);
yaxshi odob va oliyjanob xulqli bo‘lishga (“Odob bozorda sotilmas”, “Yalqovlikning oxiri
xo‘rlik”) chaqiradi. Masalan:
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangu ro‘ying somon bo‘lmas.
Mehnatsiz rohat yo‘q.
Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir.
Maqollar pand-nasihatlar, tarbiyaviy suhbatlarda o‘git sifatida ham keladi. Uni “Otalar
so‘zi” ham deyishadi. Maqolda mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘lib, unda ibratli fikr
aytiladi. Bu fikr rad etib bo‘lmaydigan hukm shaklida keltiriladi. Masalan, “Ona yurting – oltin
beshiging”, “Kishi yurtida shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l” kabi maqollarni hech bir
e’tirozsiz qabul qilamiz.
Avval ta’kidlaganimizdek, ko‘plab maqollardagi yana bir xususiyat – ularda so‘zlarning
qofiyadosh bo‘lib kelishidir. Masalan, “Yuz ko‘rki soqol, so‘z ko‘rki maqol”, “Aql – yoshdan,
odob – boshdan”. Shu hislati bilan maqollar topishmoqlarga o‘xshab ketadi. “Bir parcha patir,
olamga tatir” (oy) topishmog‘idagi “patir” va “tatir” so‘zlaridek, maqoldagi “yoshdan” va
“boshdan” so‘zlari bir-biriga qofiyadoshdir. Biroq bu o‘xshashlik tashqi shaklda ko‘rinadi.
Mazmunan ular o‘zida boshqa-boshqa ma’nolarni bildiradi. Biri ibratli fikrni anglatsa, ikkinchisi,
kishini jumboqda yashiringan ma’noni topishga undaydi, idrokini sinaydi.
Agar biz o‘tmishimizga nigoh tashlasak, xalq og‘zaki ijodi bizning azaliy o‘tmishimiz va
bugungi kunimizni, kelajagimizni birlashtirib, yaqqol namoyon qilayotgan bir oyna misolida
ko‘rishimiz mumkin. Xalq og‘zaki ijodi qadimda insonlarning atrof-muhitda ro‘y berayotgan
voqea-hodisalarga nisbatan bildirayotgan fikri deb ta’kidlasak ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi.
Xalq yozma madaniyati yoki xalq og‘zaki ijodi hozirgi kunda har bir insonning nutqini
o‘sishi va uni yanada kengroq boyitishga juda katta hissa qo‘shadi.
Biz o‘z farzandlarimizga har doim ertaklar, she’rlar va hikoyalar aytib berayotganimizda,
ular ongida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikka bo‘lgan fikrlari uyg‘onib, kengayib
boradi va shu orqali ularda o‘tmishimizga, o‘tmishda yashab o‘tgan bobokalonlarimizga hurmat-
ehtirom, ularni ulug‘lash g‘oyalari teranlashib boraveradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida voyaga yetayotgan yosh avlodni har tomonlama komil
inson qilib tarbiyalashda maqollardan foydalanish o‘rinli. Tarbiyachi o‘tayotgan har bir
mashg‘ulotning yakunini ibratli xulosa bilan, ya’ni maqollar bilan tugatishi ijobiy natija beradi.
Zero, so‘z boyligi, lug‘at zahirasi maqollar bilan boyigan bolajonning fikrlash dunyosi kengayadi,
dunyoqarashi o‘sadi. Qalbiga faqat ezguliklar, yaxshiliklar joylanadi. Bugungi kunda ana shunday
yosh avlodga ehtiyojimiz bor!
Do'stlaringiz bilan baham: