B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Boshqaruv
– bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. 
Hozirgi zamon amaliyotida boshqaruv insonlarning hatti-harakatini tartibga keltirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan faoliyat sifatida izohlanadi. 
Boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri fransuz olimi A.Fayol boshqarishni: 

kelajakni quruvchi; 

faoliyatni tashkillashtiruvchi; 

tashkilotni idora qiluvchi; 

faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; 

qaror va bo‘yruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi qurol deb ataydi. 
Ikkinchi yo‘nalish vakillari boshqaruvni bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir 
shaxsga yoki guruhga “ta’siri” deb hisoblaydilar. Bu yo‘nalish tarafdorlari boshqaruv biror bir 
yo‘nalishga yo‘naltirilgan ta’sir etish bo‘lib, sub’ektning ob’ektga ta’siri natijasida ob’ektning 
o‘zgarishi, deb ta’riflashadi. 
Uchinchi
 
yo‘nalishga ko‘ra, boshqaruv – bu sub’ektlar ichidagi o‘zaro ta’sir, ya’ni to‘g‘ri va 
teskari ta’sirlarning o‘zluksizligi, bir-biriga ta’sir etuvchi sub’ektlar ishining organik bog‘liqligi, 
degan qarashlar mavjud. S.N.Tidor boshqaruv ma’nosini quyidagicha tavsiflaydi: 

maqsad yo‘nalishida ob’ektni muvofiqlashtirish; 

maqsadga erishish uchun ob’ektga ta’sir etish; 

maqsadga erishish yo‘nalishida tizimni tashkil etuvchisiga ta’sir etishni vertikal 
muvofiqlashtirish. 
R.X.Djuraev va S.T.Turg‘unovlarning fikriga ko‘ra, ta’lim muassasasi rahbari boshqaruv 
faoliyati davomida o‘z muassasasining faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonining holati, xodimlarning 
o‘z vazifasiga bo‘lgan munosabati, o‘zaro munosabatlar, ya’ni o‘quvchi va o‘qituvchilarning 
munosabatlari, shuningdek, umumiy maqsadga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning 
ko‘lami va samaradorligi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda tashkil etilayotgan 


147 
darslarning sifati to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi uchun zaruriy axborotlar to‘plashi 
lozim. 
M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlar boshqaruvni – o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab 
qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir deb 
ta’kidlab, quyidagicha ta’rif beradi: “Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning 
bajarilishini nazorat qilish jarayonidir” . 
Hozirgi zamon amaliyotida boshqaruv insonlarning hatti-harakatini tartibga keltirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan faoliyat sifatida izohlanadi. 
Boshqaruv atamasi nisbatan kengroq ma’noni anglatadi, mazkur tushuncha orqali ma’lum 
bir shaxs tomonidan biron-bir ob’ektning boshqarilishini, ya’ni nafaqat insonlarni, balki, mashina, 
dastgoh yoki texnologik qurilmalarni boshqarishni, shuningdek, mazkur boshqaruvchilarni ham 
boshqarishni tushunish mumkin. 
Yaponlar boshqaruvni avvalo, to‘la berilib ishlash, agar kerak bo‘lsa, o‘zini qurbon qilishga 
ham tayyor turish, deb tushunadilar. Yaponiya boshqaruv sohasida ulkan yangiliklar yaratgan 
mamlakatlardan bo‘lib, hozir ham dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. 
Har qanday faoliyat boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan iborat bo‘lib, 
mazkur tizimlar o‘rtasidagi aloqa insonlarning o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi va mavjud 
o‘zaro munosabatlar ularning faoliyatini ifodalaydi. Shunday ekan, ixtiyoriy faoliyat boshqaruvni 
talab etadi, shaxsning individual faoliyatida inson o‘zini-o‘zi boshqaradi va natijalarga erishadi. 
Boshqaruv insonlarning barcha faoliyatlariga tegishli jarayon bo‘lib, hayotiy ehtiyojlarni 
qondirishda, maqsadlarga erishishda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni rejalashtirish, 
tashkil etish, nazorat qilish tahlil qilish va baholash, mazkur jarayon ishtirokchilariga ta’sir 
ko‘rsatish orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni ifodalaydi. 
Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik faoliyati o‘ziga xos murakkab jarayon bo‘lib, 
u rahbardan nafaqat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv yunalishida 
bilim, ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga ham ega bo‘lishni talab etadi. Ta’lim 
muassasalarini boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etuvchi 
funksiyalaridan biri – bu qaror qabul kilish funksiyasi bo‘lib, ularning sifati ta’lim muassasasi 
salohiyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, hodimlar bilan bir qatorda ta’lim 
muassasasi faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish - bu birinchidan, ta’lim muassasasi jamoasini 
uyushtira bilish, ya’ni jamoada ahillik, birdamlik va hamkorlikni vujudga keltirish, jamoa a’zolarini 
jipslashtira olish va ikkinchidan o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkillashtira olish qobiliyatidir. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish