OILADA TEJAMKORLIK VA MATEMATIKA 60 Elektr chirog‘i yonganda yoki elektr asboblari ishla tilganda elektr
energiyasi sarflanadi. Elektr energiyasi elektr stansiyalarda ishlab
chiqariladi. Uni ishlab chiqarishda suv, gaz va neft mahsulotlaridan
foydalaniladi. Elektr energiyasidan tejamli foydalanish kerak.
Elektr energiyasi kilovatt·soat deb nomlangan o‘lchov birligida
o‘lchanadi. Sarflangan 1 kilovatt·soat elektr energiyasi uchun aholi
250 so‘m haq to‘laydi (2020-yil mart oyida).
Xonadonda
sarflanayotgan
elektr
energiyasi
maxsus
hisoblagich
yordamida o‘lchab boriladi (1-rasm). Xonadon egasi hisoblagich ko‘rsatkichiga
qarab har oyda to‘lovni amalga oshiradi. Aytaylik, oktabr oyi boshida
hisoblagich 34 538 ni, oy oxirida 34 658 ni ko‘rsatgan bo‘lsin. Demak,
oktabr oyi mobaynida xonadon 34 658 – 34 538 = 120 (kilovatt
∙
soat) elektr
energiyasi sarflagan. 1 kilovatt ∙
soat elektr energiyasi 250 so‘m turishini
hisobga olsak, xonadon egasi iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun
120
∙
250 = 30 000 (so‘m) pul to‘lashi lozim bo‘ladi.
390. Dazmol 1 soat ishlatilganda 1 kilovatt
∙ soat elektr energiyasi sarflanadi. Dazmol:
a) 3 soat; b) 4 soat ishlatilganda necha so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi?
391. Elektr chirog‘i 10 soat yonib tursa, 1 kilovatt
∙ soat elektr energiyasi sarflanadi.
Kechasi yo‘lak 10 soat davomida yoritiladi. Bir oy (30 kun) davomida yo‘lakni
yoritish uchun davlat tomonidan qancha mablag‘ sarflanadi?
392. Xonadonda bir oy davomida 50 soat keraksiz yoniq qolgan: a) bitta; b) ikkita;
d) uchta elektr chirog‘i uchun necha so‘m to‘lash kerak bo‘ladi?
393. 2-rasmda tasvirlangan hisoblagichning dastlabki (a-rasm) va oxirgi (b-rasm)
ko‘rsatkichlariga qarab, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qancha pul
to‘lash lozimligini aniqlang:
a)
b)
394. Issiq suv hisoblagichining (kub metrda) dastlabki – 546 091 va oxirgi –
546 121 ko‘rsatkichlariga qarab, iste’mol qilingan issiq suv uchun qancha pul
to‘lash lozimligini aniqlang. Iste’mol qilingan 1 kub metr issiq suv haqi 4332
so‘mni tashkil qiladi (2020-yil mart oyida).
395. 3-rasmda tasvirlangan gaz hisoblagichining (kub metrda) dastlabki (a-rasm)
va oxirgi (b-rasm) ko‘rsatkichlariga qarab, iste’mol qilingan gaz uchun qancha
pul to‘lash lozimligini aniqlang. Iste’mol qilingan 1 kub metr gaz haqi 320 so‘mni
tashkil qiladi (2020-yil mart oyida):