9-ma’ruza
MUOMALA QONUNIYATLARI VA IJTIMOIY IDROK
«Muomala» tushunchasi va uning turlari.
Insonlarning bir-birlarini tushunishlari va idrok etish mexa- nizmlari.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatida kasbiy muloqot va psixo- logik aloqa o‘rnatish.
«Muomala» tushunchasi va uning turlari
Psixologiya nisbatan navqiron, lekin juda tez rivojlanib borayot- gan istiqbolli fandir. Bu fanning rivojlanishiga, avvalo, ijtimoiy hayot va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, ya’ni jamiyatda bo‘la- yotgan ijtimoiy hodisalarni ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganib, tu- shuntirib berish zarurati turtki bo‘lyapti. Ijtimoiy jihatdan katta ahami- yatga ega insonning o‘zini atroflicha o‘rganishga bo‘lgan talabning ortib borishi ham sabab bo‘lmoqda.
Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning asosiy kategoriyalari bo‘lmish shaxs, muomala, motivatsiya, faoliyat, ong tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari bo‘yicha aniq, mezoniy, tatbiqiy fikrlarni bildirish masalalari va vazifalari kiradi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining kasbiy muloqot jarayonlari etnopsixologik xususiyatlarga bog‘liq holda shakllanib boradi. O‘zbeklarning tarixiy shakllangan an’analari, muayyan urf-odat- lari, ma’lum udumlari, shaxslararo munosabati, muloqot maromi va fikrlash xususiyati boshqa xalqlarnikidan sezilarli darajada tafovutla- nadi.
O‘zbeklarning milliy xususiyati ulardagi fazilatlarning o‘ziga xos jihatlar majmuasidan iborat. Milliy xususiyat o‘z ichiga irodaviy sifat- larni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘zini tuta bilish, bar- doshlilik, qat’iylik, matonatlilik singari) va axloqiy xislatlar (madani- yatlilik, xushmuomalalik, poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniy- lik, insonparvarlik va boshqalar)ni qamrab oladi. Shuningdek, inson- larga nisbatan munosabatlarni va odamlarning o‘ziga nisbatan muno- sabatni o‘zida ifodalaydi.
Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan va uyushmagan kishilarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishishi natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodisalarni o‘rganadi. Shuningdek, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va uning qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Ma’ruzaning maqsadi huquqni muhofaza qilish organlarining xo- dimlariga o‘zlarining faoliyatida uchraydigan muloqot turlari bilan ta- nishtirish, aholi bilan bo‘ladigan muloqotda ularning talab va istaklari- ni hisobga olgan holda muloqotga kirishish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Vazifasi esa muloqotning turlariga tavsif berish va mohiyatini ochib berishdan iboratdir.
Ushbu ma’ruzadan ko‘zlangan maqsad, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatidagi kasbiy muloqot va ijtimoiy idrokning alohida tarkibiy qismlari bilan yaqindan tanishib chiqish hisoblanadi. Bundan tashqari, muloqotning qonuniyatlari, mexanizmlari, turlarini o‘rganish va psixologik jihatdan tahlil qilishdan iboratdir.
Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, uning o‘z o‘rni va aha- miyati mavjud. Muloqot odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat eh- tiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rta- sida axborot ayriboshlanishini o‘z ichiga oladi. Shaxslar munosobat- ga kirishar ekan, eng muhim vositalardan biri bo‘lgan tilga murojaat qiladilar. Muloqotning ikkinchi jihati munosobatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Muloqot ja- rayoni shaxslarning qiziqishlariga, dunyoqarashiga, muomala mada- niyatiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxslardagi muloqot tabiiy ehtiyojdir.
Odamlar o‘rtasida axborot almashish, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, o‘zgalarni idrok qilish va tushunib baholashga muloqot deyiladi.
Muloqotni nafaqat ijtimoiy psixologiya fani o‘rganadi, shuning- dek u falsafa, pedagogika, mantiq, kriminologiya va etika fanlari tizi- mida ham o‘rganiladi.
Bu predmetlar muloqotni o‘zlarining nuqtai nazaridan kelib chiq- qan holda o‘rganadi. Psixologiya esa o‘zining predmeti nuqtai nazari- dan kelib chiqib o‘rganadi, ya’ni muloqot jarayonida shaxslararo munosabat psixologiyasiga e’tibor beriladi.
Muloqotning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida quyi- dagi turlari mavjud:
bevosita;
bilvosita;
rolli;
mazmunli;
rasmiy;
norasmiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |