Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., ― Ўқитувчи‖, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. ―Ўқитувчи‖, 1979.
3.Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., ―Ўқитувчи‖, 1981.
Yordamchi adabiyot:
1.Aхманова O.С. Фонология. Москва, 1954.
2.Трубецкой Н.С. Oсновы фонологии . Moсква , 1960 .
Mavzu: Tovush ifodasi. Transkripsiya
Reja:
1. Tovush ifodasi haqida.
2. Transkripsiya – nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalash vositasi.
3. Transkripsiya tamoyillari to`g`risida.
4. Ba‟zi diakritik belgilarning vazifasi va ahamiyati.
5. Fonetik va fonologik transkripsiya.
48
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha:
Nutq tovushlarining ifodasi sifatida: harf, fonema, transkripsiya; transkripsiyaning asosiy tamoyillari, transkripsion belgilar va
alifbo, diakritik belgilar, fonetik transkripsiya, fonologik transkripsiya, grafematik transkripsiya.
Havoning to`lqinlanishidan tovush paydo bo`ladi. Tevarak- atrofimizdagi tovushlar (bir predmet ikkinchi bir predmetga
urilganda, tekkanda chiqadigan tovushlar; shamolning ovozi, mashinaning g`izzillashi kabi) mexanik tovushlar hisoblanadi. Sizga
ma‟lumki, tovushlarni fizika fani o`rganadi.
Nutq tovushlari ulardan farq qilib, o`pkadan chiqqan havo oqimining tovush paychalarini tebratib o`tishi, nutq uzvlarining
talaffuz jarayonidagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Nutq tovushlarining tabiatdagi boshqa tovushlardan asosiy farqi ularning kishilar
o`rtasidagi nutqiy aloqa qilish vositasining eng kichik, asosiy tarkibiy qismi ekanligidadir. Demak, nutq tovushlari ijtimoiy qimmatga ega
ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Nutq tovushlarining, asosan, uch xil ifodasi mavjud bo`lib, bular harf, fonema va transkripsiyadir.
Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi. Tovush bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush
nutqqa xos birlik bo`lsa, harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga ega, biroq u o`z ijtimoiy xizmati bilan tovushga teng kela
olmaydi. Tovushga nisbatan harfning vazifasi bir qadar chegaralangan. Chunonchi, o`t (olov), o`t (maysa), o`t (fe‟l), o`tkazmoq,
o`tqazmoq, o`tqizmoq, noo`rin, do`ppi, o`n, o`q so`zlarining hammasida [o`] tovushi ishtirok etadi. Ammo bu so`zlar tarkibidagi [o`]
tovushining talaffuzi aynan bir xilda emas, ma‟lum darajada farqlanadi. Yozuvda esa tovushning serqirraligi hisobga olinmaydi va birgina
harf bilan ifodalanaveradi. Zero, harf yuqorida ta‟kidlaganimizdek, tovushning barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi.
Tovush so`zining faqat moddiy qobig`igina bo`lib qolmay, balki so`z va so`zshakllarni o`zaro farqlash, ma‟no ajratish vazifasini
ham bajaradi. Bu sizga “Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari ifodasining yana bir ko`rinishi fonema bo`lib,
fonemani harfdan farqlash juda zarurdir. Ma‟lumki, fonema eng kichik til bo`lagi bo`lib, so`zlarni, morfemalarni o`zaro farqlashga xizmat
qiladi. Masalan, tor, tar, ter, tir, tur, to`r so`zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o`] unlilari fonemalar hisoblanadi. Sor, bosh, qol, dog`, nok, goh, joy
kabi so`zlarda [s], [r], [b], [sh], [q], [l], [d], [g`], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma‟no farqlovchi fonemalardir.
O`rdak so`zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo o`, r, d, a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda
fonema bo`la olmaydi. Fonema bilan harf tushunchai o`zaro uzviy bog`liq, ammo ular aynan bir narsa emas. Harf yozuv birligi, fonema
esa tilshunoslikning “Fonologiya” sathida o`rganiluvchi til birligidir.
Muayyan til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini, ayrim shaxslar nutqini maxsus belgilar orqali aynan yozib olish transkripsiya
deyiladi. Transkripsiya latincha “transciptio” so`zidan olingan bo`lib, “qayta yozish” degan ma‟noni bildiradi. Fan olamida transkripsiya
so`zi turli ma‟nolarda qo`llaniladi. Masalan, biologiyada tirik hujayralarda matritsa – dezoksiribonuklein kislota (DNK)da ribonuklein
kislota (PNK) biosintezining amalga oshish jarayoni tushinilsa, musiqada ayrim musiqa asarini boshqacha tarzda – biror so`zga moslab
ifodalash (aranjirovka) yoki erkin qayta ishlash tushiniladi.
Tilshunoslikda esa keng ma‟noda atoqli – geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma‟lum bir qoida asosida berilishi; tor
ma‟noda esa transkripsiyaga yuqorida berilgan ta‟rif asosi anglashiladi. Bu atama ko`pincha keyingi ma‟noda ishlatiladi.
Demak,
transkripsiya nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalsh vositasi bo`lib, yozuvning shartli, sun‟iy turidir.
Transkripsiya o`rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin:
birinchidan, transkripsiya og`zaki nutq jarayonida talaffuzning yozuvda aks ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi
matnlarni to`g`ri va juda aniq ifodalash uchun zarur;
ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to`g`ri o`qish, o`rganish, o`qilishi qiyin va murakkab bo`lgan ieroglifik va bo`g`inli yozuvlarni
o`rganish uchun zarur;
uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an‟anaviy tamoyil saqlangan tillarni o`rganish ishlarini osonlashtiradi;
to`rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Transkripritsiya tamoyillari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, u orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy –
an‟anaviy prinsiplaridan farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko`ra so`zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Bu holat
qisman orfografiyaning fonetik prinsipiga o`xshaydi. Biroq orfografiyada odatda bir tovush bitta harf bilan ham, ba‟zan bitta tovush ikki
harf bilan ham yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill alifbosidagi e, ѐ, ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham
mumkin. Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi.
Transkripsion belgilar xalqlar o`rtasida keng tarqalgan an‟anaviy alifbolar asosida tuziladi. Ularga qo`shimcha belgilar ham
qo`shiladi. Transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko`p bo`ladi. Asosiy transkripsion belgilarga qo`shiladigan
qo`shimcha belgilar diakritik belgilar deyiladi.
Transkripsiyada yozib olinayotgan materialni mumkin qadar aniq qilib berish maqsadida shartli belgilardan ham foydalaniladi.
Transkripsiyada ishlatilishi mumkin bo`lgan ba‟zi shartli ifoda va diakritik belgilar haqida ma‟lumot beramiz.
[ ] – umumiy matndan ajratilib, transkripsiya uchun tanlangan so`zlar ko`rsatiladi.
// - bu belgi ikkita shaklning bajaradigan funktsiyasi (vazifasi) jihatdan teng huquqqa ega ekanligini ko`rsatish uchun
qo`llaniladi: - dek // - day
= - bu belgi tarjima bilan asl matn yoki asosiy mant bilan transkripsiyadagi izoh orasiga qo`yiladi.
> - biror so`z yoki shaklning boshqa so`z yoki shaklga o`tganligini ifodalaydi. Masalan, durur > dir, bu kun > bugun kabi.
< - bu belgi biror so`z yoki shakl qaysi so`zdan yoki shakldan kelib chiqqanligini ko`rsatadi. Chunonchi, bilan < ila , uchun < -
chun kabi.
/ - bir shevadagi shakllarning variantlarini ko`rsatish uchun qo`llaniladi. Masalan, qipchoq shevalaridagi – di / -ti, -di‟ / - ti‟ kabi.
: - bu belgi o`zidan oldingi unli tovushning to`la cho`ziqligini bildiradi:
sha: r (shahar), sa: r (sahar) kabi.Bu belgi undosh tovushdan keyin qo`yilganda [i] unlisining kuchsizlanishini ko`rsatadi: b: lak, t:
lak, p: choq kabi.
Transkripsiya, asosan, ikki xil ko`rinishga ega: fonetik transkripsiya va fonologik transkripsiya.
49
Fonetik transkripsiyada har bir tovush maxsus belgi bilan ifodalanadi va u, asosan, dialektologik ishlarda qo`llaniladi. Uning
vazifasi tildagi tovushlarni mumkin qadar, to`liq va barcha qirralari bilan ifodalashdir. Fonetik transkripsiyada tovushlarning muayyan
holatlarda artikulyatsion – akustik tomondan o`zgarishi hisobga olinadi va so`z tarkibidagi ma‟no farqlovchi tovushlarning har bir varianti
uchun alohida belgi qabul qilinadi. Transkripsiyaning bu turida transkriptsion belgilar kvadrat qavs ichida beriladi. Chunonchi, [ k], [t], [p]
fonemalarining unlilardan oldin talaffuz qilinuvchi variantlari [ kh], [th], [ph] belgilari bilan ifodalanadi. Fonetik transkripsiyaning
imkoniyatlari keng bo`lib, u ba‟zan allofonik transkripsiya deb ham yuritiladi.
Fonologik transkripsiya so`zshakl va morfemalarni farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi qo`yish tamoyiliga asoslanadi.
Bunda fonemalar variantlari, ya‟ni tovushlarning turlicha talaffuzi hisobga olinmaydi. Fonologik transkripsiya belgilari vertikal chiziqdagi
qavs ichida beriladi: /k/, /t/, /p/ kabi. Transkripsiyaning bu turi fonematik transkripsiya deb ham yuritiladi.
Hozirgi kunda kirill alifbosi asosida tuzilgan rus, o`zbek va boshqa tillardagi transkripsiyalar sistemasi mavjud. Yozuvdagi
harflarni ba‟zi tuzatishlar va o`zgartirishlar asosida tuzilgan belgilar grafematik transkripsiya deb yuritiladi. Tilshunos olimlar –
V.V.Reshetov va Sh.Sh. Shoabdurahmonovlar tomonidan tuzilgan grafematik transkripsiya o`zbek dialektlarida uchraydigan tovushlarni
ifodalashga mo`ljallangan. Bu transkripsiya sistemasida o`zbek kirill alifbosidagi barcha harflar va qo`shimcha diakritik belgilar
qo`llaniladi.
Olim A.K.Borovkov tomonidan taklif etilgan va keyinchalik akademik L.V.Shcherba, professor E.V.Polivanovlar tomonidan
takomillashtirilgan lotin alifbosi asosidagi transkripsiyadan hozir ham foydalanilib kelinmoqda. Lotin alifbosi asosida tuzilib tilshunoslikda
keng qo`llaniladigan transkripsiya xalqaro fonetik alifbo nomi bilan yuritiladi.
O`zbek tilida unli fonemalarning quyidagi variantlari bor:
a – til orqa, lablanmagan, keng unli. U ko`proq qipchoq shevalaridagi o ni ifodalaydi. Chunonchi, ata (ota), bala (bola), bash
(bosh) kabi.
ə -a unlisining tor va qisqa varianti : ə k ə (aka), ana (ə n ə) ….
o - o` unlisining urg`u tushmagan varianti: otin (o`tin), g`oza (g`o`za), jora (jo`ra) kabi.
o - o` unlisining til orqa, lablangan, o`rta keng varianti. Bu variant juda ko`p qishloq shevalarida uchraydi: yol (yo`l), qol (qo`l),
oraq (o`roq) kabi.
Rus tilida unli tovushlarning (fonemalarning) variantlarini aks ettirish uchun (ъ, b, ^ ъ ) kabi diakritik belgilar qabul qilingan.
Transkripsiyada yumshoq undoshlar alohida belgi („) bilan ko`rsatiladi.
Masalan, (быть-быт`, любов-л` увоф) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |