Mavzu bo„yicha tayanch tushuncha:
Fonologiya, fonema va tovush munosobati, fonologik dipozitsiya , bir o„lchovli va ko„p o„lchovli ziddiyat, doimiy va neytrallashgan
ziddiyat , kuchli va kuchsiz pozitsiya, fanema va gradema, gradema va harf, harf va tovush, fonologik nazariyalar.
Fonologiyaning kelib chiqishida fonetika katta rol o„ynagan. Fonologiyaga XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshiga kelib,
tilshunoslikning fonetika bobidan ajralib chiqqan alohida soha sifatida qarala boshlandi. Fonologik sathning taraqqiyotida mashhur rus va
polyak olimi I.A.Boduen de Kurtene, rus olimi N.C Trubeskoy, R. Yakobsonlarning xizmati kattadir. Turkiy tillar fonologiyasini tadqiq
qilishda V.V. Radlov, E.D. Polivanov, N.K. Dmitriyevlarning tadqiqotlari ahamiyatga egadir. Umuman olganda , fonologiya nutq
tovushlarning fiziologik – akustik (fizik ) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo„ldi. Praga funksional
strukturalizmi oqimining taniqli namoyondasi N.S Trubeskoy fonetikani odam nutqining material tomoni, ya‟ni artikulyatsiyasi va
akustikasi haqidagi fan deb, fonologiyani esa, tildagi tovushlarning ma‟noni farqlashga xizmat qiluvchi alomatlari va funksiyalarni
o„rganuvchi fan, deb ta‟riflangan edi. Bu ta‟rifda tilni nutqqa, tovushlarning material tomonini ularning funksional tomoniga qarama-qarshi
qo„yish yorqin ko„rinadi [2,22;]. Fonetikaning birligi bevosita kuzatishlarda berilgan nutq tovushlari bo„lgani kabi, fonologiyaning birligi
so„zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir. Har bir
fonema kishilar ongida umumiy farqlovchi xususiyatlari asosida vujudga kelgan maxsus “akustik portret ” yoki ”tovush obrazi “sifatida
yashaydi. Bu farqlovchi belgilar tovushlarning artikulyatsion va akustik belgilari asosida vujudga keladi va barqarorlashadi. Fonologik
jihatdan fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo„yiladi, to„g„rirog„i, fonemalar boshqa lisoniy birliklar kabi paradigmatik munosobatda
yashaydi. Fonologik oppozitsiyalar fonemalarning farqli belgilarini o„zida ifodalaydi. Masalan, [p]-[t] “lab – til oldi” belgisi bilan, [a]-[o]
“lablanmagan- lablangan”lik belgisi bilan, [h]-[q] “bo„g„iz chuqur til orqa” xossalari bilan farqlanadilar.
Tilshunoslikda fonologik ziddiyatlarning turli tip va ko„rinishlari farqlanadi. N.S Trubeskoy “Fonologiya asoslari ” asarida
fonologik ziddiyatlar haqida ko„pgina ma‟lumotlar beradi. Ziddiyatlar bir o„lchovli va ko„p o„lchovli ziddiyatga bo„linadi. Bir o„lchovli
Do'stlaringiz bilan baham: |