B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/301
Sana06.08.2021
Hajmi2,97 Mb.
#139922
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Ideografik yozuv (grekcha idea - tushuncha), shuningdek, logografik yoki ieroglifik deb ham ataladi. Qadimgi yahudiy, shumer, 
xitoy, astek va mayya qabilalarining yozuvi ideografik namunalardir.  
Ideogrammalar,  asosan,  konkret  tushunchani  ifodalovchi  rasm  (piktogramma)lar  asosida  shakllandi.  Chunonchi,  yahudiy  va 
shumer mixli xatlarida tog` tushunchasi-orasidan vodiy va jarlik o`tuvchi ikki tog` tasviri orqali,  suv-to`lqinlarni eslatuvchi to`lqinsimon 
chiziq  bilan  bildirilardi.  Quyosh  tushunchasi  shumer  yozuvida  xitoy  ideogrammasi  kabi  ichida  nuqtali  doira  (Ο)  shaklida  ifodalangan. 
Ideogrammalarning  piktogrammalardan  kelib  chiqqanligini  qadimgi  xitoy  yozuvi  yaqqol  ko`rsatib  turadi.  Eng  qadimgi  logografik  yozuv 
tizimlari (misr ieroglifikasi, xitoy ieroglifikasi, shumer va b.) mil. av. 4-ming yillikning oxiridan 2-ming yilliklarning boshlarigacha bo`lgan 
davrda  shakllangan.  Hozirgi  kunga  qadar  eng  turg`un  va  tarqalgan  ideografik  yozuv  xitoy  yozuvidir,  bunga  Xitoy  tarixi  va  xitoycha 
so`zlarning bir bo`g`inli tabiati omil bo`lib xizmat qilgan. XV asrdayoq in‟ qabilalari rivojlangan yozuv tizimiga ega edilar. Biroq, davlat 
bo`lib  birlashish  va  ierogliflarning  sistematizatsiyasi  (tizimga  solinishi)  Xitoyning  Sin  va  asosan  Xan  sulolalari  davrida  siyosiy 
markazlashuvi davomida sodir bo`ldi.Syuy Shen I-II asrlarda “Shoven szeszi” (“Elementlar va murakkab belgilar haqida”) degan xitoycha 
ierogliflar jadvalini yaratdi: bunda 10,5 ming ieroglif  ko`rsatilgan. 
Yozuvning  keyingi  taraqqiyot  bosqichi  bo`g`in  yozuvi  bo`lib,  u  fonografik  yozuv  turiga  kiradi  (mil.av.  2-ming  yilliklarning 
o`rtalarida paydo bo`lgan).  Bu yozuvda bo`g`inlar ierogliflardir. U yoki bu so`zni yozishga to`g`ri  kelsa, ana  shu bo`g`inlarni bir-biriga 
qo`shish  usulidan  foydalaniladi.  Tildagi  so`zlar  soniga  qaraganda  bo`g`inlar  soni  ancha  kam,  shuning  uchun  ham  bo`g`in  yozuvi 
logografik yozuviga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko`radi. Masalan, devonagari (hind) yozuvi bo`g`in yozuvidir: 
ulardagi har bir ishora undosh tovushlarning unlisi bilan qo`shib talaffuz qilinishini ko`rsatadi, ya‟ni na, ga, sha va h.z. Agar boshqa 
unlini talaffuz qilish zarur bo`lsa, unda harflarning yo ustiga, yo tagiga ma‟lum belgilar qo`yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi unli 
va so`z yoki bo`g`in boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo`g`inni ko`rsatadi. 4 ta yordamchi belgi. Bo`g`in belgilari sillabogramma deyiladi. 
Bu yozuvdan Shimoliy Hindiston hindilari foydalanadilar. Arab, misr, efiopiya, yapon (kana), koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo`g`in- 
yozuv turiga kiradi. 
Fonografik  yozuv  tizimini  keyingi  taraqqiyoti  harf-tovush  yozuvi  bo`lib,  fanda  inqilobiy  hodisa  sifatida  e‟tirof  etiladi.  Bu 
yo`nalishdagi ilk yozuv finikiy yozuvidir. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alfavitning yuzaga kelishi 
jamiyatdagi  yozuvni  biladigan  kishilar  doirasini  kengaytirib  yuborgan.  Bu  jarayon  mil.av.  9-asrdan  boshlangan.  Hozirgi  kunda  bizga 
ma‟lum bo`lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to`rt qismidan ko`prog`i finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, 
hozirda, asosan 4 xil yozuv tizimidan iborat: lotin yozuvi (jahondagi 30 % aholi), slavyan – kirillitsa (10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi 
(20%). 
O`rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o`zbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o`rxun-enasoy 
(runik), turkiy (uyg`ur), sug`d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. 
Yozuvning, xususan harf-tovush tizimining takomillashuvi – alifboni yuzaga keltirdi. Alifbo (arab alfavitining boshlang`ich ikki harfi 
–  alif  va  bo  nomidan  olingan)  –  biror  tilning  yozuviga  qabul  qilingan  va  ma‟lum  an‟anaviy  tartib  berilgan  yozuv  belgilari  yoki  bo`g`in 
belgilar (devonagari) majmui bo`lib, mil.av. 2000-yillar oxirlarida qadimgi Uyurit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Turkiy 
xalqlarning runik va turkiy (uyg`ur) yozuvlari bo`lgan. Ammo bu o`ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma‟lumot uchramaydi. Ularga 
oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi ma‟lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Qadimgi 
turkiy yozma yodgorliklariga turkiy run (o`rxun-enasoy), uyg`ur va qisman moniy (monoviy), brahmon, sug`d  va so`ryoniy yozuvlarida 
yozilgan  obidalar  kiradi.  Run  va  uyg`ur  yozuvlari  turkiy  xalqlarga  xos  yozuvdir.  Toshga  o`yib  yozilgan  run  yozuvi  XIX  asr  oxirida 
                                                 
1
 Головин Б.Н. Введение в языкознание. М., 1977. стр.: 232. 


 
30 
Mo`g`ulistonning  O`rxun  daryosi  bo`yida  topilib,  bu  yozuvni  dastlab  daniyalik  tilshunos  V.Tomson  va  rus  turkologi  V.Radlov  aniqladi. 
Hozirgi paytgacha o`rxun yozuvida yozilgan ko`plab tosh, idish, asbob, tangalar, kitob, kitob varaqlari va ayrim  qog`ozlar ham ma‟lum. 
Talas va Yenisey obidalaridagi yozuv O`rxun obidalariga nisbatan harflarning, shakliy variantlarining ko`pligi bilan farq qiladi. 
Uyg`ur yozuvida yozilgan asarlarning hammasi ham qadimgi turk davriga oid emas, chunki bu yozuv XVIII asrgacha qo`llandi. 
Uyg`ur yozuvini Mahmud Qoshg`ariy “turk yozuvi” deb ataydi hamda bu yozuvda 18 ta harf borligini va turkiy tillarda mavjud bo`lgan 7 ta 
tovush (p, j (portlovchi), j (sirg`aluvchi), f, g`, ng, g) uchun maxsus harflar yo`qligini, unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar bilan emas
harflar  bilan  ifodalanishini  aytib  o`tadi.  Mahmud  Qoshg`ariy  turk  (uyg`ur)  harflarining  alohida  va  qo`shib  yozilgandagi  ko`rinishlarini 
bergan. 
Yozuv  taraqqiyotida  grek  yozuvi,  lotin  yozuvi  va  kirill  yozuvi  muayyan  sharoitlarda  yuzaga  keldi.  Greklar  dastlab  konsonant 
yozuvidan fodalanishgan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda vokal-tovush namunalari uchraydi. Eramizgacha 403-yilda Evklid tomonidan 
Afinada mumtoz grek alifbosi kiritildi. Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17 ta undosh va 7 ta unli).  
Grek  yozuvi  asosida  latin  alifbosi  shakllandi.  Sharqiy  grek  yozuvi  asosida  esa  kirill,  gruzin  va  arman  alifbolari  yaratildi.  Lotin 
yozuvi G`arbiy Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog`ozning paydo bo`lishi, kitob nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng 
tarqalishida muhim omil bo`ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23 ta harf bor edi (tovushlar 35 ta bo`lgan: 16 ta unli, 19 ta undosh). 
Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo`ldi, chunonchi, ikki ko`rinishda qo`llanila boshlandi: glagalitsa va 
kirillitsa. 
Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va sharqiy slavyanlarga tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka-
ukalar) nomlari bilan bog`liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi, tovushlar esa 44 ta: 11 ta unli va 33 ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi 
zamonaviy rus alfavitida 33 ta harf, 43 ta tovush: 6 ta unli va 37 ta undosh mavjud. 
Aslida,  yozuv  va  tilning  taraqqiyoti  bir  xil,  bir-biri  bilan  to`la  mos  keladigan  jarayon  emas.  Tildagi  u  yoki  bu  o`zgarish  tadrijiy 
ravishda,  asta-sekin  yuz  beradi.  Yozuv  haqida  esa  bunday  deb  bo`lmaydi.  Odamlar,  aniqrog`i  xalqlar  til  xususiyatlariga  yanada 
moslashtirish uchun yozuvga turli o`zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar. Masalan, 
o`zbek  xalqi  asrlar  davomida  arab  alifbosidan  foydalanib  kelgan.  O`zbekistonda  1929-yilda  lotin  yozuvi  asosidagi  o`zbek  alifbosiga 
o`tilgan,  1940-yildan  esa  kirill  yozuvi  joriy  etilgan.  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  1993-yil  2-sentabrda  “Lotin  yozuviga 
asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda o`zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko`ra lotin yozuviga asoslangan yangi 
o`zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo`shilmasidan iborat.  
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish