27
1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao`//tu; 5) sari; 6) qalan//yo`lna; bu guruhga zamonaviy chuvash va qadimgi bulg`or tillari kiradi.
2. D-guruh, uyg`urcha yoki shimoliy-sharqiy:
1) toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag`; 5) sarig`; 6)qalg`an; bu guruhga 3 kichik guruhlar kiradi:
a) b-guruhi: O`rxun–Enasoy yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi uyg`ur va zamonaviy
karagas, salar va tuva tillari;
b) z-guruh: sariq uyg`urlar, ilor va xakaslar tili;
v) t-guruh: yoqut tili.
3. Tao` - guruh, qipchoq yoki shimoli - g`arbiy:
1) tog`uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao`; 5) sari; 6) qalg`an. Bunga:
a) mo`g`ullargacha:
oltoy tili, qirg`iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar, boshqird;
b) mo`g`ullardan so`ng: qozoqcha va no`g`aycha kiradi.
4. Tag`liq – guruh, chig`atoy yoki janubiy – sharqiy:
1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag`; 5) sariq; 6) qalg`an. Bunga qadim chig`atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o`zbek tili va qora
tatarlar tili kiradi.
5. Tag`li – guruh, qipchoq – turkman:
1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag`; 5) sari; 6) qalg`an. Bularga xorazm o`zbeklarining shevasi ham kiradi.
6.Ol- guruh, turkmancha yoki janubiy – g`arbiy:
1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag`; 5) sari; 6) qalan. Turkman,
ozarbayjon va turk tili, gagauzlar tili ham kiradi.
Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so`zlashuvchi xalqlar Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat
qiladilar. Bu tillarda so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit‟asida yashaydi.
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorag`ay, balqor, qo`miq, no`g`oy,
tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq.
Turkiy tillar quyidagilardan iborat:
1. Bulg`or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg`or va xazar tillari.
2. O`g`uz tillari guruhi:
a) turkman tili – Turkmaniston;
b) turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o`lkasida yashovchi turkmanlarning tili;
v) o`g`uz – bulg`or tillariga gagauz va balqon
turklari tillari kiradi;
g) ozarbayjon va turk tillari.
3. Qipchoq tillari guruhi:
a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda istiqomat qiluvchi qaray elati so`zlashadi;
b) qo`miq tilida Dog`iston Avtonom respublikasida istiqomat qiluvchi qo`miqlar so`zlashadi;
v) qorag`oy – balqar tilida Kavkazda yashovchi qorag`oy va balqor elatlari so`zlashadi;
g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so`zlashadilar;
d) tatar tili, boshqird tili;
j) no`g`oy tili;
z) qoraqalpoq tili;
i) qozoq tili.
4. O`zbek va uyg`ur tillari guruhi. O`zbek tili o`zbek xalqining milliy adabiy tili bo`lib, bir-biridan fonetik, morfologik va leksik
xususiyatlari bilan farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan. Uyg`ur tili O`rta Osiyo, Qozog`iston va Xitoy Xalq respublikasining
Sinsyan – Uyg`ur respublikasida yashovchi uyg`ur xalqining tilidir.
5. O`g`iz tillari guruhi:
a) Tuva tili. Tuva va Mongoliya Xalq respublikasi territoriyasida yashovchi
tuva xalqining tilidir;
b) tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk o`lkasida yashovchi elat tili.
6. Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir.
7. Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho`lim tili (cho`lim tatarlari tili),
oltoy tilining shimoliy shevalari.
Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillardagi affikslar bir ma‟nolidir – so`z tarkibida ishtirok etayotgan har bir
qo`shimcha faqat bir ma‟noni anglatgan holda birin – ketin yopishib ketaveradi. Masalan, o`zbek tilida
o`qituvchilarga so`zida
o`qi -
o`zak,
t-orttirma nisbat qoshimchasi,
uv-harakat nomi qo`shimchasi,
chi-shaxs oti yasovchi affiks,
lar-ko`plik,
ga-jo`nalish ma‟nosoni
ifodalaydi; vengr tilida
haz-uy, hazfa-uyda, hazak-uylar, hazakba-uylarda. Ko`rinadiki, turkiy tillardagi qo`shimchalar o`zakka mexanik
ravishda qo`shilaveradi, lekin o`zak bilan birikib, singib ketmaydi, o`zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo`q (fors-
tojik tillaridan kirib kelgan ayrim old qo`shimchalardan tashqari), ya‟ni qo`shimchalarining ketma- ket qo`shilishi natijasida so`zning
kengayishi faqat bir tomonga, ya‟ni o`ng tomonga yo`nalgan bo`ladi:
maktablarga. Turkiy tillardagi ko`makchilar otdan yoki ot
vazifasidagi so`zdan keyin kelib, uni boshqa so`zga – boshqaruvchiga bog`laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi.
Masalan,
Baxtim uchun kurashaman. Ukam bilan bordim.
Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo`q. Shunga ko`ra, gapda so`zlarning o`zaro sintaktik aloqaga kirishuvi
o`zgacha: turkiy tillarda, jumladan, o`zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa
tillarida kesimning morfologik belgilari faqat fe‟lga qo`shilsa, turkiy tillarda kesim vazifasida kelgan har bir so`z turkumiga qo`shilishi
mumkin. Qiyoslang:
Это здание - институт; Bu bino institutdir. Men – onaman. Ko`ylagimni tiktirdim.
Turkiy tillarning qiyosiy – tipologik xususiyatlari N.A.Baskakovning “Введение в изучение тюрских языков” (М., 1962) nomli
kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so`zning morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o`zaklar birlamchi yoki tub
bo`ladi (umumturkiy o`zaklar):
al-olmoq, kel, min, ot (o`t), tas/tash (tosh), kyoz (ko`z) yoki yasama, ya‟ni o`zak va unumsiz (o`lik)
qo`shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha:
jurek (yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir.
Tas/tash (tosh), qal