Mаvzuni mustahkamlash uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr:
1.
Lеksik-sеmаntik munоsаbаtlаr dеgаndа nimаni tushundingiz?
2.
Sinоnimik munоsаbаtlаr vа dаrаjаlаnish qаtоrlаri o`rtаsidа qаndаy fаrqlаr hаmdа o`хshаsh jihаtlаr bоr?
3.
Аntоnimlаrning mаntiqiy аsоsini tаshkil etuvchi zidlikning 2 turi hаqidа mа’lumоt bеring.
4.
«Tur», «jins» so`zlаrining lug`аviy mа’nоlаrini shаrhlаng.
5.
Butun-bo`lаk munоsаbаtlаrigа misоllаr kеltiring.
6.
LMGlаri hаqidа nimаlаr bilаsiz?Ularga misоllаr kеltiring.
Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.
Yordamchi аdаbiyotlаr:
1.
Менглиев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Қарши, 2004.
2.
Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. T., «Ўқитувчи», 1995.
3.
Сафарова Р. Лексик-семантик муносабатнинг турлари. T., «Ўқитувчи», 1996.
Mavzu: Leksikografiya
Reja:
1.
Lug‘at nima?
2.
Leksikografiya sohasi.
3.
Lug‘at turlari.
4.
Lug‘atchilikdagi muammolar.
5.
Хulosa.
Mavzu bo‘yicha tayanch tushuncha:
Lug`at tushunchasi, leksikografiya, uning tadqiq manbai, o‘zbek lug‘atchiligi tarixi, lug‘at turlari, umumiy va maxsus lug‘atlar,
qomuslar, lingvistik lug‘atlar, ularning turlari, tarjima lug‘atlar, izohli lug‘atlar, etimologik lug‘atlar, lug‘atchilikdagi muammolar, o‘quv
lug‘atlari.
So‘z – serqirra hodisa. So‘z – insonlarning fikr, tushunchasi, his-tuyg‘ularini ifodalabgina qolmay, uni o‘z-o‘zini yuksaltirishga,
rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Chunki, so‘z tafakkurning in’ikosi bo‘lmish tilning mahsulidir. Ulug‘ bobokalonimiz Mir Alisher:
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin, - deya e‘tirof etganlar.
So‘z hodisasi tilshunoslikda deyarli barcha sohalarda, lingvistik bo‘limlarda tadqiq etiladi. Xususan, leksikografiyada ham. Bizga
ma’lumki, leksikografiya sohasi - (grekcha lexicon – lug‘at, leksika, grafo – yozmoq) lug`atlarni yaratish nazariyasi bilan shug‘illanadi.
Ho‘sh, lug‘at nima? U qanday tuziladi? Bu kabi savollarga javob berish uchun qomusiy lug‘atlar va lingvistik adabiyotga murojaat etamiz.
“So‘zlarning biror maqsadda to‘planib, tartribga solingan yig‘indisiga - lug‘at deyiladi.”
1
“Lug‘at -1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo‘lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan
so‘zlar yig‘indisi leksika; 2) so‘zlar (yoki morfemalar, so‘z birikmasi, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli)
joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi
haqida ma’lumotlar jamlangan kitob”.
2
Turli turdagi lug‘atlar tuzish umummadaniy ahamiyatga egadir. Lug‘at alfavit tartibida tuzilib, qulay qo‘llanma sifatida xalq
ommasiga bilim beradi, madaniy – oqartuv funksiyani bajaradi.
Lug‘atlar ma’naviy madaniyat sohasida muhim o‘rin egallaydi, ularda jamiyatning ma’lum davrda erishgan bilimlari aks etadi.
Lug‘atlar har birimizga ilmiy jarayonda to‘g‘ri va aniq ishlashga, real va obyektiv fikrlash va tasavvur qilishga yordam beradi. Ilk o‘zbek
lug‘ati Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari bo‘lib, u qomusiy lug‘at hisoblanadi.
Mahmud Zamahshariyning “Asos ul-balog‘a”, “Muqaddimat ul-adab”, Navoiy asarlariga bag‘ishlangan “Abushqa” (16 asr)
lug‘ati, Mirzo Mahdiyxonning “Sangloh” lug‘ati, Chingiyning “Temurnoma”, Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy”,
Tole Imoni Hiraviyning “Badoye‘ ul-lug‘at» singari qimmatli asarlari lug‘atchilikning nodir xazinasidan o‘rin olgan.
1
Содиқов А. ва б. Тилшуносликка кириш. Т., 1981, 120-б.
2
ЎТИЛ. Т., 2003, 5 жилд.
57
Yuqorida leksikografiyaning lug‘atchilik nazariyasi bilan ham shug‘ullanishi, ya’ni nazariy leksikografiyaga ishora qilib o‘tgan edik.
Bu soha lug‘atshunoslik deb ham ataladi. Nazariy leksikografiya lug‘atlarning umumiy prinsiplari va tipologiyasini ishlab chiqish hamda
yangi lug‘at turlarini yaratish, lug‘at strukturasini yaratish yoki o‘zgartirish (masalan, maqola va havolalar tartibi, illyustratsion materiallar,
so‘z va tushunchaga izohli yoki lingvistik tasnif berish va h.) singari dolzarb vazifalar bilan shug‘ullanadi.
2. Lug‘atlar, asosan 2 turga bo‘linadi: qomusiy (ensiklopediya) va filologik (lingvistik). Ensiklopedik lug‘atlar so‘zlarning qisqacha
ma’nosini, tushuncha izohini berish asosida tuziladi.Qomusda barcha narsa va hodisalar, kishilar, fan-tehnika haqida ma’lumotlar
keltiriladi. Zaruriy xarita va rasmlar, sxemalar beriladi. So‘zning o‘zi haqida faqat uning kelib chiqishini ko‘rsatish bilan chegaralanadi.
Shuning uchun bunday lug‘atlar tushuncha lug‘at, g‘arbda esa “Husanrus” deb ham yuritiladi. Qomusiy lug‘atlar umumiy va xususiy
bo‘lishi mumkin. Masalan, «Cоветский энциклопедический словарь» (M., 1981) umumiy qomusdir. Ammo adabiyotshunolikka oid
ensiklopedik lug‘atlar, qishloq xo‘jaligiga oid lug‘atlar, tilshunoslikka oid (Ахманова С. Словарь лингвистический терминов. M., 1966)
bo‘lishi mumkin.
Filologik lug‘atlar lisoniy birlik bo‘lmish so‘zning turli lisoniy xususiyatlarini yoritish, ko‘rsatishga xizmat qiladi. Ular aniq qoida va
lingvistik prinsiplar asosida yaratiladi. Filologik lug‘atlar quyidagi turlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |