B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv turidir. Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san’at namunasi bo`lib, 
toshlarga, suyaklarga, g`or devorlariga o`yib ishlangan. Piktografiyada hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat), narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, 
yer), mavjudotlar (inson, sigir, qo`y) kabilar aks ettirilgan edi. Yozuvning rasm bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi bitik 
(yozuv) so`zi tarkibidagi biti-xitoycha bi: mo`yqalam bilan aloqadorligi, shuningdek, slavyan tillaridagi писать (jivopis) fe’lining o`zagi lаt. 
“pingere”rasm solmoq tushunchasi bilan bog`liqligi, gotcha melian (yozmoq) fe’lining dastlabki ma’nosi ham mo`yqalamda rasm 
solmoq bo`lib, hozirgi nemis tilida “malen” – rasm chizmoq” ma’nosida qo`llanilishi tasdiqlab turibdi. 
B.N.Golovin piktografiya hodisasini shunday tushuntiradi: “Piktografik maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo`lgan ikki hozirzamon 
do`stlarni tasavvur qilaylik. Ulardan biri qorong`u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh, qayiqdagi odam, baliq va qarmoq 
rasmini chizdi. Keyingisi javob tariqasida botayotgan quyosh, qorong`u osmondagi yarimoy, paravoz va uch vagon va ular oldida odam 
hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni quyosh bilan bog`laydigan chiziq (liniya)ni ham ko`rsatgan. Demak, 
bulardan birinchisining mazmuni: “Men ertaga baliq oviga boraman”. Ikkinchisi esa: Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda 
Moskvaga ketaman”, - degan ma’nolarni anglanadi.
1
Darhaqiqat, olim juda to`g`ri tasavvur, mulohaza keltiradi. Ibtidoiy tafakkur va 
yozuvning tabiatini shu kabi ko`rinishlarda kuzatish mumkin. Shu boisdan ham, rasmli (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha 
yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan, degan fikrga kelish to`g`ridir. 
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab 
yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuvning og`zaki til bilan bog`liq bo`lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham 
tushunilaverishini ta’min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo`l qo`ygan, abstrakt 
tushunchani bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin bo`lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu 
yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo`lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari ko`proq ko`zga 
tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish