Morfologik tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zshakllar qanday talaffuz etilishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishi talab etiladi.
Demak, morfologik prinsip asosida yozilgan so`zlar jonli so`zlashuvdagi talaffuzga muvofiq kelmaydi. O`zbek tilining orfografiyasi (imlo
qoidalari ), asosan, shu tamoyilga asoslangandir. Chunonchi, yozibdi, ishda, maqtamoq, to`qson, qochdi, rost, po`stdumba, Samarqand,
muomala, gazeta singari so`zlar (jonli nutqda yozipti, ishta, maxtamoq, to`xsan, qoshti, ros, po`sdumma, Samarqan, muomila, gazet
tarzida aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi.
Qo`shma va juft so`zlar, ko`m-ko`k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt, bir mahal kabi ravishda ham morfologik prinsip asosida
yoziladi.
Rus tili orfografik qoidalarida ham morfologik prinsip etakchi rol o`ynaydi.
Masalan, rus tilidagi часовой, города, подписка, вокзал, дорога, товар, команда, окно, вода, совпадать singari so`zlar jonli
so`zlashuvda часавой, гарада, патписка, вакзал, дарога, тавар, каманда, акно, вада, сафпадат tarzida aytiladi. Yuqoridagi kabi
asliga ko`ra yoziladi. A.N.Gvozdevning «Основы русской орфографии». (M., 1963, стр. 54) kitobida qayd etilgan ma’lumotga ko`ra,
rus tili imlo qoidalarining 71,4 foizi morfologik tamoyilga asoslangan.
Tarixiy – an’anaviy tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zlar hozirda qanday talaffuz qilinishiga qarab emas, qadimdan an’anaga
aylanib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Demak, so`zlarning aytilishi uning yozilishidan farq qiladi. Biroq bunda morfologik prinsipdagi
kabi morfemalarning yagona shakllanishiga, grammatik qoidaga rioya qilinmaydi. Aksincha, so`zlarning yozma ifodasi ularning tarixan
o`zlashib singib ketgan shakliga teng keladi. O`zbek tilida bu tamiyildan, odatda, badiiy uslubda ko`proq foydalaniladi: Masalan:
1)
maqsad ravishdoshi qo`shimchasi [-gani] o`rnida uning tarixiy ko`rinishlari [-gali], [-g`ali], [-qali], [-kali] qo`llaniladi: Ko`rgali
keldingmi, yor, kuydirgali keldingmi, yor (Qo`shiqdan);
2)
sifatdoshning [-r/-ar] shakli [-ur] tarzida ishlatiladi: Shirin bo`lsang, yalab ado qilurlar, Acchchiq bo`lsang talab ado qilurlar
(E.Vohidov);
3)
[-mi] so`roq yuklamasi [-mu] shaklida qo`llaniladi: Sevgini tortib bo`larmu, toshu tarozu bilan (E.Vohidov); Sen bahorni
sog`inmadingmu (A.Oripov);
4)
[-gin] buyruq - istak mayli shakli [-gil], [-g`il] tarzida ishlatiladi: Bas, yetar, ko`ksimga urmagil xanjar (A.Oripov);
5)
chiqish kelishigi shakli [-dan] ko`pincha, [-din] tarzida beriladi: Gavhar balchiqqa tushgani bilan qimmati ushalmas va o`z
bahosidan qolmas (I.Sulton) va h.k.
Kabutar, muomala, musicha, taqozo, erur kabi so`zlar ham tarixiy – an’anaviy tamoyil asosida yozilgan.
G`arbiy yevropa tillarida, jumladan, ingliz, fransuz, nemis tillarida ham shu prinsipga amal qilinadi. Chunonchi, ingliz tilidagi to live
[live] (yashamoq), to work [we:k] (ishlamoq), to condemn [ken’dem] (yomon ko`rmoq), debt [det] (qarz), light [alti] (yorug`) kabi so`zlar;
fransuz tilidagi Paris (Parij), homologue
(insonshunoslik) so`zlari; nemis tilidagi tisch (stol), deutsch (nemis tili ) so`zlari tarixiy – an’anaviy tamoyil asosida yozilgan. Rus
tilidagi красивого, большого, здания, корова, собака so`zlari ham shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |