68
to`rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma’no voqelangan:
Kitoblar so`zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi.
Quyidagi gaplarni qiyoslang:
Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi;
O`ninchi yil (yillar)da tug`ildi.
Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma’nosi quyidagicha ko`rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq
miqdorni bo`linuvchan/ bo`inmas
ma’noda berish. Ko'plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy ko`plikni bo`linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy
grammatik ma’nolar bilan birlik va ko`plik morfologik son shakllari til tizimida, ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma’nolar nutqda
muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi.
Ko`rib o`tdikki,
daraxt umumiyligi o`ta sodda va u "o`simlik + tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard
daraxt behad rang - barang. Xuddi shunday ko`plik sonning ma’nosi "miqdoriy noaniq ko`plik + sifatiy bo`linuvchanlik" kabi
soddadir. Nutqda esa u milliard xususiy ko`rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma’nosi "miqdoriy aniq/noaniq ko`plik + sifatiy
bo`linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko`rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, u umumiylik bilan xususiylik orasida
oraliq ma’nolar yotadi. Oraliq ma’nolar xususiy ma’nolar uchun ma’no tiplari, ya’ni "o`xshash ma’nolar majmuasi", UGM uchun esa
"umumiylikning ko`rinishlari", turlari mavqeida bo`ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / noaniq va birlik" kabi ma’nolarni o`z
ichiga oladi. Va UGM XGM sifatida voqelanguncha yuqorida ko`rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma’noning biridan
o`tadi. Chunonchi,
XGM OGM UGM
Bu kitobda birlik aniq/noaniq
Uch kitobda aniq sifatiy bo'linmas
Kitobda ko`plik miqdor
shunday yozilgan. noaniq
OGM hamisha so`zning lug`aviy ma’nosi, matn, qurshov bilan aloqador bo`ladi. Chunonchi, [
-lar] ko`plik sonning umumiy
ma’nosi -"sifatiy bo`linuvchan, miqdoriy noaniq ko`plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan asosiylari:
1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko’rsatkichi)ni ifodalash
(kitoblar, odamlar...);
2. O`lchanmas moddalarni alohidaliklarga ajratib noaniq miqdoriy ko`plikni ko`rsatish
(Toshkent suvlari...);
3. Turli tur va jinslardan iborat NMKni ko`rsatish
(yog`lar-sariq yog`, paxta yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola);
4. Narsani yondoshlari bilan birgalikda NMK sifatida ifodalash
(Ahmadlar keldi; Toshkentlarni aylandik.);
5. Taxmin ifodalash:
70- yillar;
6. Bo`linmasni bo`linuvchan etib ko`rsatib, ekspressiv ma’no berish
(Yuraklarimga to`kildi). Mana shunday har bir
morfologik shaklda XGM, OGM va UGMlar mavjud bo`ladi. Siz 1940-80-yillarda nashr etilgan darsliklarda tanishgan grammatik
shakllarning ma’nolari asosan XGM va OGMlardir. UGMlarni ochish bosqichiga o`zbek tilshunosligi endi ko`tarilmoqda. Jumladan,
ushbu mavzular mana shu UGMlarni ochishga bo`lgan ilk qadamlardan biridir.
Shunday xulosaga kelish mumkinki, UGM til birligining minglab turli xil matnlarda yuzaga chiqadigan va bevosita
kuzatishda berilgan xususiy grammatik ma’nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi emas, XGMlar negizida yotgan, XGMlarga nisbatan
umumiylik vazifasini o`taydigan ma’nodir.
XGMlar bilan UGMlar orasidagi munosabat bilvositadir. Bu ikki bo`g`inni bog`lovchi ma’no tipi ─ bu OGMdir.
Do'stlaringiz bilan baham: