B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Yordamchi аdаbiyotlаr: 
1.Турсунов У. ва б.  Ҳозирги ўзбек адабий тили. T., «Ўқитувчи», 1992. 
2.Ғуломов А. ва б. Ўзбек тили морфем луғати. T., «Ўқитувчи», 1977. 
 
 
Mavzu: Grammatik  ma’no. Umumiy grammatik ma’no (UGM), oraliq grammatik  ma’no (OGM) va xususuy grammatik 
ma’no (XGM). Ularning munosabati.  Umumiy ma’noni ochish yo`llari 
 
Reja: 
 
1.Grammatik ma’noning yangicha talqini xususida.   
2.Xususiy ma’nolar lisondagi umumiy ma’nolarning tajallisi, voqelanishi, yuzaga chiqishi. 
3.Umumiy ma’noni ochish yo`llari (paradigmatik munosabat). 
                         
   Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Grammatika, grammatik  ma’no (GM), xususiy grammatik ma’no (XGM), umumiy grammatik ma’no  (UGM), oraliq grammatik 
ma’no  (OGM),  son  shakllarining  XGM  va  UGMlari,  UGM  ni  ochish  yo‘llari,  bo‘lunavchan  yoki  bo‘linmaslik  tushunchai,  aniq  miqdor, 
noaniq miqdor, noaniq miqdoriy ko‘rsatkich (NMK). 
 
Grammatik ma’no deganda nima tushuniladi? 
     Grammatik ma’no deganda har bir tilning  qurilish  tizimi nutqda ifodalanishini  zaruruy  va majburiy deb talab etadigan va turli   
xil   shakliy   ko`rinishlar   bilan   beriladigan umumlashgan ma’nolar tushuniladi. Chunonchi,  "Bolalar qiziqarli kitobni o`qiydilar" gapini  
olsak,  "Bolalar"  so`zida  2  xil ma’no ajralib  turadi:  
1)  lug`aviy  ma’no, ya’ni bu so`zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo`lgan,  yosh  jihatdan  voyaga yetmagan shaxsni  yoki  
voyaga yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) ko`plik sonda,  bosh  kelishikda, gapda  ega vazifasida kelgan turdosh ot.  Bu 
ma’nolardan birinchisi lug`aviy, leksik ma’no bo`lsa,  ikkinchisi grammatik umumlashgan ma’nodir.  Grammatik ma’nolar har bir til uchun 
shu til uchun o`ziga xos bo`ladi va  rang-barang  shakliy  usullar bilan (biz  bularni  navbatdagi  mavzuda  ko`rib o`tamiz) ifodalanadi. 
     Grammatik ma’noni  yangicha  talqin  qilishda  ham til va nutq farqlanishi mezonida yondashiladi.  Zohiriy narsa tez  - tez 
yo`qolib,  o`zgarib    turadi.    Lekin  u  mohiyatning yashash  usuli  sifatida  ahamiyatlidir.    Nutq  hech  qachon    til   haqida    to`liq  ma’lumot 
berolmaydi.  Bizning  til  haqida  nutq  orqali olgan ma’lumotlarimiz hamisha noto`liq. Nazariyotchi ularni umumlashtirar ekan, til haqida 
ma’lumotga ega bo`ladi. 


 
67 
     Grammatik ma’no (GM)ning an’anaviy   talqini   nutqiy hodisalarga tayanadigan  empirik talqindir.  An’anaviy talqindagi /GM/ 
ni /XGM/ desak to`g`ri bo`ladi. 
     UGM XGMga   qarama-qarshi   turadi.   UGM   XGM  orqali voqelanadi. UGM hamma XGMlarni o`z ichiga oladi. UGM va 
XGMlar haqida gapirishdan oldin, biz umumiylik va xususiylik nima, umumiy va xususiy  ma’noning  o`zi  nimaligi haqida bahs yuritaylik. 
     Biz ko`ra  oladigan,  seza  oladigan,  o`lchay oladigan, kuzata oladigan  narsa,  belgi,  voqea - hodisa xususiylikdir. Masalan; 
daraxtni biz ko`ra olamiz,  paypaslaymiz, shoxlari va barglarini, mevasini sanay olamiz. Daraxtning moddiyligi uning ildizi, tanasi, shox-
shabbasida. Har bir daraxt takrorlanmas, chunki bir  yilda ekilgan 2 ta olma daraxti 2 ta alohidalikdir- mevasi, tanasi  bir  xil  bo`lsa-da,  
barglar  miqdori  bilan farqlanishi mumkin.  Demak, yer  yuzida  nechta daraxt bo`lsa, shuncha xususiy daraxt bor. Ularning hisobi nisbiy, 
chunki sanaguncha nechtasi quriydi, nechtasi yonib ketadi  va hokazo... 
     Bir ashulani san’atkor 2 marta aytar ekan,  bu  bir  emas, ikki xususiylikdir.   "Men  ma’ruza  o`qiyapman" gapini 2 marta 
takrorlasak, bunda ikki xususiylik voqelangan bo`ladi. Chunki bu ikki gap hech bo`lmaganda zamonda farqlanadi. 
     Umumiylik  nima?  Xohlagan  xususiylikda      umumiylikning      belgisi     yotadi.  Minglab  daraxtlar  uchun  (olma,  anjir,  chinor...  

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish