B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik


Dispanserizatsiyaning asosiy elementlari:  1. Kasalliklarni faol aniqlash



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/143
Sana20.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#566499
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

 
Dispanserizatsiyaning asosiy elementlari: 
1. Kasalliklarni faol aniqlash

- ularni tibbiyot muassasalariga kundalik murojaati paytida; 
- profilaktik tibbiy ko‘riklar vaqtida; 
- kasalxonalarda davolanish vaqtida;
- uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqtida; 
-yuqumli kasalliklar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni kuzatish 
jarayonida; 
- sanatoriya - kurortlarda davolanish vaqtida;
- aholi kasalligini va o‘lim sabablarini tahlil qilish orqali. 
2. Faol kuzatish

- salomatlik darajasiga qarab barcha ko‘rikdan o‘tganlar 3 guruhga 
bo‘linadilar:
 
- Sog‘lomlar - bu guruhga hech qanday shikoyatlari bo‘lmagan, 
hayot mobaynida (anamnezida) surunkali kasalliklarga chalinmagan va 


153 
tekshirib ko‘rilganda tana a’zolari va sistemalarining faoliyati 
me’yorida bo‘lgan shaxslar kiradi (D
1
); 
- Amaliy sog‘lomlar - bu guruhga hayot davomida o‘tkir va 
surunkali kasalliklarni boshidan kechirgan, lekin bu kasalliklar 
hayotida muhim bo‘lgan hayot faoliyatiga va hozirgi paytda mehnat 
qobiliyatiga ta’sir etmagan shaxslar kiradi (D
2
). 
- Bemorlar - surunkali kasalliklari bor bemorlar (D3). Ushbu guruh 
o‘z navbatida kasallikni turi, kechishi, mehnat qobilyatini 
yo‘qotganlik darajasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: Kompensatsiya; 
subkompensatsiya; dekompensatsiya holatidagi bemorlar. 
Kompensatsiya davrining (D
3k)
kechishi bemorlar holatiga 
mehnat qobiliyatini yuqotish darajasiga kamroq ta’sir etishi bilan 
harakterlanadi. Subkompensatsiya guruhi D
3s
kasallikning biroz og‘ir 
kechishi va uning tez-tez qaytalanib turishi, mehnat qobiliyatining 
uzoq muddatga yo‘qotilishi bilan harakterlanadi. D
3d
guruhida 
bemorlar ko‘pincha dekompensatsiya holatida bo‘ladi, bunda kasallik 
odam organizmida turli patologik o‘zgarishlarni vujudga 
kelishiga, mehnat qobiliyatini turg‘un darajada yo‘qotilishiga olib 
keladi. 
Har bir guruhda ishlab chiqarishga, turmushga va genetik 
harakterga ega bo‘lgan xatarli omillari bo‘lgan shaxslarni alohida 
ajratiladi. 
Dispanser kuzatuvlari yuqorida ko‘rsatilgan dispanser guruhlariga 
qarab belgilanadi, masalan D
1
guruhdagilar yiliga bir marta, D
2
guruhdagilar ikki marta, D
3
guruhidagilar doimiy ravishda kuzatib 
borilishi kerak . 
Lekin bu ko‘rsatmalarga har doim qo‘llanilishi shart emas, 
balki har bir shaxsni individual holatini hisobga olgan holda 
kuzatuvlarni rejalashtirmoq lozim. Dispanser kuzatuvlaridan tashqari 
har bir dispanser guruhidagi shaxsga uning salomatligini alohida 
holatiga qarab laboratoriya, rentgenologik, funktsional tekshirishlar 
o‘tkazilib turiladi. 


154 
3. Faol davolash
:
poliklinikalarda, uyda, kasalxonalarda,
sanatoriyalarda bemorlar faol davolanishi lozim. Davolashni shunday 
amalga oshirish kerakki, u profilaktik harakterga ega bo‘lishi lozim. 
Kasallikning kuchayishini, qaytalanishini kutmasdan, uni barvaqt 
chaqirib profilaktik ravishda, retsidivga qarshi davolashni boshlash 
kerak. Shunda kutilayotgan qaytalanish, kasallikning kuchayishi 
engilroq shaklda o‘tishi yoki bunday holatlar umuman ro‘y bermasligi 
mumkin, bu juda katta iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. 
4. Hamshira patronaji - u quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi; 
-
bemor yashayotgan sharoitni yahshilab o‘rganish; 
- bemorlar tomonidan shifokorlar belgilagan tavsiyalarni o‘z vaqtida 
bajarilishini nazorat qilib borish; 
- har bir oilada sog‘lom turmush tarzini, sanitariya gigiena qoidalarini 
targ‘ibot qilish va boshqalar. 
5. Jamoatchilik asosida profilaktik chora - tadbirlarni amalga 
oshirish
 
quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: 
- har bir oilada sog‘lom turmush tarzini, sanitariya gigiena 
qoidalarini targ‘ibot qilish va boshqa ishlar;
- korxonalarda va muassasalarda sanitariya - gigiena qoidalariga to‘liq 
rioya qilish; 
-
texnika xavfsizligiga to‘liq rioya qilish; 
-
ishlab chiqarish va turmush bilan bog‘liq bo‘lgan xatarli omillarni 
oldini olish; 
-
turar joy sharoitlarini yahshilashga qaratilgan muhim choralarni 
ko‘rish; 
-
salomatlik uchun zararli bo‘lgan odatlarni oldini olish; 
Shunday qilib, aholini har yilgi dispanserizatsiyadan o‘tkazish katta 
ma’suliyatli vazifa bo‘lib, bu ishni bajarishda davolash - profilaktika 
muassasalaridan tashqari hokimiyat, jamoat, xo‘jalik organlari ham 
ishtirok etishlari lozim. 
Barcha aholini dispanserizatsiyadan o‘tkazishda eng muhim 
ishlardan biri barcha aholini alohida hisobga olib, har bir sh axsni 
uning salomatligiga qarab (dispanser guruhlariga qarab) "Диспансер 
кузатувининг назорат картаси "ni (Sh 030/h) to‘ldirish kerak. Bunday 


155 
karta shu poliklinika hududida yashovchi har bir kishiga tutiladi, unda 
pasport ma’lumotlari bilan birgalikda kasalliklar, o‘tkazilgan 
tekshirishlar va ularning natijalari yozib borilishi kerak. 
 
Dispanser 
kuzatuvini 
o‘z 
vaqtida 
va 
muntazam 
o‘tkazilayotganligini tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi: 
- kasallikni premorbid davrida dispanser nazoratiga olinganlar 
 
(funktsional o‘zgarishlar vujudga kelgan davrda dispanser
kuzatuviga olinganlar); 
- o‘z vaqtida dispanser kuzatuviga olinganlar ko‘rsatkichi (kasallik 
tashxisi qo‘yilgandan so‘ng bir oygacha bo‘lgan davrda dispanser 
kuzatuviga olinganlar); 
- dispanserizatsiyaga kech olinganlar (kasallikning tashxisi qo‘yilgach 6 
oydan so‘ng dispanser kuzatuviga olinganlar). 
Dispanser nazoratiga baho berish uchun qo‘yidagi ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi: 
- sistematik ravishda kuzatilganlarning foizlardagi miqdori: 
- epizotik ravishda kuzatilganlarning foizlardagi miqdori: 
- faqat bir yilda bir marta kuzatilganlarning foizlardagi miqdori: 
- yil davomida umuman kuzatilmaganlarning foizlardagi miqdori: 
Dispanserizatsiyani amalga oshirishda eng muhim omillardan biri 
poliklinikadagi shifokor mutaxassislar o‘rtasida hamda poliklinika 
bilan kasalxona o‘rtasida izchillik bo‘lishini ta’minlashdir. 
Poliklinika va kasalxona o‘rtasidagi izchillikning turli xil 
shakllari mavjuddir: misol uchun poliklinikadan kas alxonaga 
bemorlarni yuborayotganda, hamda kasalxonadan davolanib 
chiqayotgan bemorlar haqida etarlicha malumotlarni bir - birlariga 
yozma ravishda etkazish, yoki bo‘lmasa poliklinika va kasalxonada 
shifokorlarning ikki zveno bo‘lib va almashinib ishlashlarini 
ta’minlash, undan tashqari kasalxonada bo‘ladigan klinik 
konferensiyalarga poliklinika shifokorlarini taklif etilishi kabi 
tadbirlar poliklinika va kasalxona o‘rtasidaga izchillikni ta’minlaydi. 
Dispanserizatsiya ishining samaradorligini oshirish uchun keyingi 
vaqtda poliklinikada salomatlikni qayta tiklash, davolash bo‘limlari 


156 
ochilmoqda. Bunday bo‘limlarning asosiy vazifasi yurak-qon tomir, 
asab-ruhiy, tayanch-harakat tizimlari kasalliklarini davolash, 
salomatligini va mehnat qobiliyatini tiklashdan iboratdir. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish