185
ma`lumotlarni o`rganish va tahlil etishda shifokor ko`rsatmalarini bajaradi.
2.
Qishloq aholisiga davolash, maslahat va tashkiliy - uslubiy yordamni
tashkil qilishda shifokorga yordam beradi.
3. Vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo`lgan bemorlar boʼyicha hisobot tuzadi.
4. Qishloq aholisini dispanser ko`rigidan o`tkazishni tashkil qilishda ishtirok
etadi.
5.
Qishloq vrachlik punktlariga, tuman markaziy ko`p
tarmoqli poliklinika
holda mutaxassislarning rejali ravishda tashkil qilingan chiqishlaridan xabardor
qilib turadi.
6. Aholi o`rtasida kasallanishni kamaytirish borasida ishlab chiqilgan
tadbirlarni targ`ibot qiladi.
7. Davolash - profilaktik muassasalarining kundalik hisob - kitob ishlari va
hisobotlarini tuzishda yordam beradi.
8. Tibbiyot xodimlarining va hamshiralarning malakasini oshirishni tashkil qilish.
9. Barcha zarur ishlab chiqilgan operativ ma`lumotlarni, ularni o`z
vaqtida
tayyorlash va har-xil buyruq va qarorlarni bajarish.
Viloyat tibbiyot muassasalari, ular tomonidan ko`rsatiladigan tibbiy
xizmatlar
Viloyat tibbiyot muassasalariga ko`p tarmoqli tibbiyot markazi, ko`p
tarmoqli viloyat bolalar tibbiyot markazi, viloyat tibbiyot diagnostika
markazi, viloyat perinatal markazi, viloyat filiali, Respublika
shoshilinch tez
tibbiy yordam ilmiy markazi, sanitariya-aviatsiya bilan, viloyat
dispanserlari,
viloyat DSENMi, stomatologiya poliklinikasi va aholiga boshqa
turli - xil ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatadigan muassasalar kiradi.
Viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi nafaqat qi shloq aholisiga,
balki barcha viloyat aholisiga yuqori malakali va ixtisoslashgan tibbiy
yordamni tashkil qilishda ilmiy-tashkiliy-metodik va o`quv markazi hisoblanadi.
Viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi tarkibidagi o`rinlar
soni u xizmat
ko`rsatayotgan aholi soniga, shifoxonaning quvvatiga bog`liq. Viloyat ko`p
tarmoqli tibbiyot markazi, bemorlarni tekshiruvdan o`tkazish, ularga yuqori
malakali tibbiy - maslahat yordam ko`rsatish, kasalliklarni asosiy yoʼnalishlari
(rejali jarrohlik, kardiologiya, ginekologiya va boshqalar) bo`yicha statsionarlarda
davolashni tashkil etish, shuningdek viloyat tibbiyot muassasalarida tibbiy sordam
ko`rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini
tadbiq etishni uslubiy
jihatdan ta`minlash maqsadida tashkil qilinadi.
Viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markaziga (VKTTM) va Respublika
ixtisoslashtirilgan ilmiy - amaliy tibbiyot markazlariga (RIIATM) bemorlarni
yuborish order tizimi asosida amalga oshiriladi. RIIATMlariga bemorlar viloyatlar
186
Sog`liqni saqlash boshqarmalaridan beriladigan orderlar asosida,
VKTTM lariga
esa tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan beriladigan orderlar asosida yuboriladi.
Orderlar o`rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va birinchi navbatda imtiyozli
shaxslar uchun ajratiladi.
Viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida quyidagi imtiyozli toifadagi
bemorlar bepul davolanish xuquqiga ega:
3.
I va II guruh nogironlari.
4.
Bolalikdan nogironlar.
5.
1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari.
6.
1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari.
7.
Yoshga oid ishlamaydigan pensionerlar.
8.
Etimlar.
9.
Chernobil` AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar.
10.
Baynalminal jangchilar.
11.
Fuqarolar o`z-o`zini boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam
ta`minlangan oila a`zolari.
12.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan kasalliklarga chalingan bemorlar.
13.
15-17 yoshdagi o`smirlarni, hamda chaqiruv komissiyalarining yo`llanmalari
bilan chaqiriq yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o`tkazish va
davolash.
Do'stlaringiz bilan baham: