150
14. Antibakterial preparatlarni oqilona tanlash.
15. Respirator va qo‘l bilan sun’iy nafas oldirish texnikasi, mexanik
usulda yoki otsos yordamida og‘iz bo‘shlig‘idagi moddalarni olib
tashlash, konikotomiya va traxeya intubatsiyasi texnikasi.
16. Yurakni
bilvosita massaj qilish, infuzion vositalarni miqdorini
aniqlash va ularni venaga Yuborish.
17. Sun’iy ravishda qayt qildirish va oshqozonni yuvish,
oshqozonga oral va nazogastral yo‘l bilan zond qo‘yish, qizilo‘ngach
kuyganda statsionargacha yordam, oral va infuzion regidratatsiya va
dezintoksitsiyani hisoblash, tozalovchi huqna qilish texnikasi.
18. To‘g‘ri ichakni barmoq va instrumental (rektal oyna) tekshirish,
tushgan to‘g‘ri ichakni qaytarish texnikasi.
19. Siydik qopini yumshoq kateter yordamida kateterlash,
siydik
qopini qovuq usti punksiyasi texnikasi, parafimozni to‘g‘rilash, balantit
va balanapastitda olatni yuqumsizlantirish, prostata bezini tekshirish
usuli.
20. Kichik xirurgik aralashuvlarda qo‘lni yuqumsizlantirish
texnikasi, xirurgik iplar yordamida tikish va ularni olib tashlash,
tishlangan yara va kuygan joylarni zarararsizlantirish, yiringli yaralarni
yorish va drenaj qo‘yish (panaritsiy, abssess, flegmona), bo‘shliq va
g‘ovaklarga zond qo‘yish, tildagi so‘galni olib tashlash, yumshoq
to‘qimalarda yot jismlarni olib tashlash, qoqsholga qarshi anatoksin va
zardob yuborish usuli.
21. Yirik bo‘g‘imlar jarohatlanganda yumshoq bog‘lov qo‘yish,
langet qo‘yish va olib tashlash, simli va transport shinasi, singanda joyli
anesteziya, umurtqa pog‘onasi jarohatlanganda va suyaklar singanda
bemorni joylashtirish va transportda yuborish texnikasi. Tashqi qon
ketishida vaqtincha qon ketishni to‘xtatish.
22. Kuyganda, bug‘ilganda, cho‘kkanda,
sovuq urganda, elektr
jarohatida, hasharotlar chaqqanda, hayvonlar va kalamushlar tishlaganda
statsionargacha yordam ko‘rsatish.
23. Paranefral va boshqa hollarda novokain bilan blokada qilish
texnikasi.
24. Diabetik parhez va kam yog‘li, yog‘siz parhez ovqatlarni yozish.
25. Jinsiy rivojlanganlikni aniqlash formulasi.
26. Qinni akusher tekshiruvi va uni o‘tkazish, Papanikolau usulida
surtma olish, bachadon bo‘ynida o‘sma borligini skrininglash, qin
surtmasining tozaligi darajasini aniqlash,
151
27. Ginekologik tekshiruv, Shu jumladan oyna bilan bimanual
tekshiruv.
28. Genitaliy shikastlanganda statsionargacha Yordam.
29. Homiladorlik davridagi favqulotda
shoshilinch holatlarda
birlamchi vrachlik Yordami.
30. Kontratseptiv vositalarining zamonaviy usullari.
31. Funksional diagnostika testlarini tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: