119
Kun va ishni biologik rejmlar asosida tashkil qilish.
Bizga ma’lumki, moddiy olamdagi barcha hodisalar va shuningdek
tirik organizmlardagi barcha jarayonlar bir-biri bilan uzviy bogʼliqdir.
Barcha turdagi harakatlar deyarli bir xil vaqtlar orasida davriy ravishda
takrorlanib turish xossasiga ega. Mana shu takrorlanib turish
xususiyatiga ritm deyiladi. Ritm uchun harakterli bo’lgan xususiyat
harakat va xodisalarning botartibligidir. Agarda shu botartiblik
bo’lmasa, tabiatda hech bir o’zgarish va rivojlanish bo’lmaydi. Masalan:
haftalik
ish tartibi, har kungi ishni ma’lum soatlarga mo’ljallash va
boshqalar.
Demak
biz
jamiyatda
yoki
o’zimizda
nimaiki
shakllantirmoqchi bo’lsak, uzviy takrorlanishini ta’minlashimiz lozim.
Shu tartibda turmush tarzi shakllanadi. Xullas tabiatdagi bunday
holatning abadiy va uzliksiz takrorlanishi, inson organizmida ma’lum bir
qonuniyatlarni vujudga keltirib bo’lgan. YA’ni organizmdagi faollikni
kunduzi
kuchayib,
kechqurun
susayishi
bunga
oddiy
misoldir.Orgizmdagi bunday o’zgarishlar yurak, o’pka , oshqozon va
ichaklar kabi hayotiy muhum a’zolar ishidan tortib azolar, to’qimalar va
xatto hujayralardagi kimyoviy o’zgarishlargacha bo’ladi.
Kishi
organizimidagi tabiatga monand bunday o’zgarishlar soni 300 taga yaqin
bo’lib, ularga bioritmlar deb ataladi. Demak, bioritmlarni tirik
mavjudodlardagi ritmik o’zgarishlarga moslashish jarayoni deb
ta’riflash mumkin. Organizmlardagi bunday davriylik nafaqat kundalik
turmush, hafta, oy,
yillar bilan, balki umrimizning davrlari bilan ham
bog’liq. Kishining dunyoga kelib, o’sish, voyaga etib,
keksayib, qarib-
qartayib, olamdan o’tishi ham nihoyatda muhim jarayon bo’lib, bu
jarayon har bir kishida deyarlik bir xil vaqt va oraliqda sodir bo’ladi,
hamda shu jithatdan ma’lum ma’noda davriylik qonuniga bo’ysunadi.
Olimlarning ta’kidlashiga kecha va kunduz davomida kechadigan
tabiatdagi o’zgarishlarga asoslanib, hayot
faoliyatimizning muhum
elementlari bo’lishi: ish, dam olish, uyqu kabilarni to’g’ri
joylashtirishimiz lozim. Tekshirish natijalariga ko’ra quyidagilar
aniqlangan: organizmdagi kechasi susaygan biologik faollik ertalabki
soat 4 lardan boshlab ko’tarila boshlaydi, ertalabki 7-8 larda eng yuqori
darajaga ko’tarilib 5 ballga (eng yuqori) etadi.
Bu holat kunduzgi soat
120
10-11 largacha saqlanadi. Kunduzgi soat 12 lardan soat 14 largacha
biologik faollik susayib (2,5-3 ballgacha), soat 16-17 larda u yana yuqori
darajaga ko’tariladi. Bu holat ham kechgi soat 20-21 largacha saqlanadi.
Kechki soat 21 larda biologik faollik ancha sustlashib, kechki soat 23
larda eng past darajada bo’ladi. Bu sustlik ertalabki soat 4 largacha
davom etadi. Bu davriylik hamma vaqt abadiy davom etadi.
Shuning
uchun inson o’zining kundalik faoliyatini shu biologik tartibga mos
tashkil qilsagina u yashaydi, salomatligi mustahkam, ishi unumdor, umri
uzoq bo’ladi. Ana shu ilmiy xulosa esa bizga kun va ish rejimini
tuzishga yordam beradi.
Kun tartibi haqidagi bunday fikrlar har bir kishining sharoiti,
imkoniyati, salomatlik darajalariga qarab o’zgartirilishi mumkin. Lekin,
umumiy talab biologik
faol vaqtlarga ish vaqtlarini, biologik sust
vaqtlarga esa dam olish vaqtlarini rejalashtirish talabga muvofiqdir.
Tabiatning bu qonuniga mos va xos turmush tarzini tashkil etish,
sog’lom turmush tarzini eng asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Bioritmlarda quyidagi holatlarga ahamiyat berilishi lozim:
- haftalik, oylik, yillik bioritmlar va ularga
xos turmush tarzini tashkil
etish;
- yil fasillaridagi biologik o’zgarishlar;
- kishi hayotidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan davrlar va bu davrdagi
turmush tarzini o’ziga xosligi.
Kishi hayotidagi davrlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz, sababi har
bir davrda organizmda o’ziga xos o’zgarishlar bilan kechadi, shuning
uchun har bir davrda o’ziga xos turmush tarzini tashkil etishimiz lozim.
1.
Homila davri.
2.
Bolalik davri (14 yoshgacha).
3.
O’smirlik davri (15-17 yosh).
4.
Yoshlik davri (18-30 yosh).
5.
Navqironlik davri (31-45 yosh).
6.
Etuklik davri (45-60 yosh).
7.
Keksalik (61-70 yosh).
8.
Qarilik (71-90 yosh).
9.
Qartayganlik (90 va undan yuqorilar).