305
Dinamik qator
Vaqt davomida o‗zgarib turuvchi jarayon bo‗yincha o‗tkazilgan tajriba
natijalari dinamik qator deyiladi.Boshqacha aytganda, vaqt davomida
kuzatish
natijasida
aniqlangan
asosiy
sonli
xarakteristikalar
dinamik(vaqtli) qatorni tashkil etadi.
Barcha qishloq xo‗jalik ekinlarining hosildorligiurug‗ning sifatiga,
tuproq unumdorligiga, agrotexnik tadbirlarga, ob-havoga va boshqa
ko‗plab omillarga bog‗liq bo‗lib, bu murakkab tasodifiy jarayon vaqtga
bog‗liq ravishdaboshqariladi.
Agar kuzatishlar ma‘lum bir tayin vaqtda(masalan har haftada, oyda,
yilda) o‗tkazilgan bo‗lsa, bu statistik kuzatish natijalari diskret dinamik
qatorni tashkil etadi. Agarda statistik kuzatishlar ma‘lum bir vaqt
oralig‗ida(hafta yoki oy davomida) o‗tkazilib borilsa, intervalli dinamik
qator bo‗ladi. Bundan tashqari, o‗rganilayotgan tasodifiy jarayon, ma‘lum
bir qurilma-asbob yordamida, doimiy ravishda kuzatib borilsa,uzluksiz
dinamik qator bo‗ladi. Odatda, ko‗pincha diskret vaqtli qator shaklida
tasodifiy jarayonlarda kuzatishlar olib boriladi.
Diskretdinamikqatory
1
,y
2
,y
3
,.....,y
T
qisqacha{y
t
, t
T} (bu erda y
t
– t
vaqtdagi kuzatish natijasi, T –jami kuzatilgan vaqt) shaklida belgilanadi.
Ravshanki, barcha qishloq xo‗jalik ekinlarini hosildorliklari dinamik
qatorni tashkil etadi.
Avvalo shuni takidlash lozimki, oddiy tanlanma to‘plamdan, dinamik
qatorni birinchi farqi shundaki, bunda kuzatish natijalari o‘zaro bog‘liq
tasodifiy miqdorlar bo‘lishi mumkin, ikkinchidan o‘rganilayotgan dinamik
qator turg‘un qator bo‘lmasligi mumkin.
Dinamik qatorning asosiy sonli ko‗rsatkichlari ko‗plab qisqa yoki
uzoq ta‘sir etuvchi mavsumiy omillar va turlicha tasodifiylik bilan bog‗liq
ravishda shakllanadi.
YUqorida takidlanganidek, matematik statistika fanining asosiy
vazifasi – kichik hajmli o‗tkazilgan kuzatishlar, tajribalar asosida,
o‗rganilayotgan dinamik(vaqtli) qatorlarni tub rivojlanish qonuniyat-larini
ochish, muhim sonli xarakteristikalarini baholash, kegusi uchun
prognz(bashorat) qilish, nazariy va amaliy xulosalar chiqarishdan
iboratdir. Masalan, qishloq xo‗jalik ekinlari hosildorliklarini dinamik qator
sifatidaqilingan statistik tahlil asosida, kegusi yillarda olinadigan hosilni
etarli kafolat bilan prognoz ( bashorat) qilish mumkin .
Hozirgi vaqtda bir o‗lchovli va ko‗p o‗lchovli dinamik qatorlarni
statistik tahlil qilishning ko‗plab usullari mavjud. Dinamik qatorlarni
306
asosli
yanada chuqirroq va kafolatli tahlil qilish usullarini
o‗rganuvchilarga [8], [9] ilmiy adabiyotlarni tavsiya qilamiz.
Umumiy holda
{y
t
, t
T}:y
1
,y
2
,y
3
,.....,y
T
(1)
-dinamik(vaqtli)qatorni asosiy tashkil etuvchilari quyidagilardan iborat
bo‗lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |