2.6-§. NURLANISH PIROMETRLARI
Yuqorida ko‘rilgan, haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan barcha termometrlar termometrning sezgir elementi bilan o‘lchanayotgan jism yoki muhit orasida bevosita kontakt bo‘lishini taqozo etar edi. Shuning uchun, haroratni o‘lchashning bunday usullari ba’zan kontaktli usullar deb yuritiladi. Bu usulni qo‘llashning yuqori chegarasi 1800 -2500 °C. Ammo sanoatda va tadqiqotlarda bundan yuqori haroratlarni ham o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ko‘pincha o‘lchanayotgan jism va muhit bilan termometrning bevosita kontakti mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda haroratni o‘lchashning kontaktsiz usuli qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |