Б и р и н ч и булим


Qarshiliklar o‘lchashning ko‘prik sxemasi



Download 3,06 Mb.
bet26/80
Sana24.06.2021
Hajmi3,06 Mb.
#100756
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
1-булим(лотин15,05,2010)

Qarshiliklar o‘lchashning ko‘prik sxemasi. Termometrlar qarshiligini o‘lchash uchun elektrotexnikada foydalaniladigan odatdagi muvozanatlashtirilgan va muvozanatlashtirilmagan ko‘prik sxemalarini qo‘llash mumkin.

Muvozanat ko‘priklari ikki xil: laboratoriyada (noavtomatik) va sanoatda ishlatiladigan (avtomatik) bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli termoqarshiliklarning o‘lchash asbobi sifatida esa, odatda muvozanatlashtirilmagan ko‘priklar xizmat qiladi.

2.17-rasmda qarshilik termometri ulanadigan, o‘zgarmas tokda ishlaydigan muvozanatlashtirilgan ko‘prikning prinsipial sxemasi keltirilgan. Ko‘prik ikkita doimiy qarshiliklar (rezistorlar) R1 va R2, reoxord Rr, qarshilik termometri Rt va ulaydigan simlarning qarshiliklari Rsim dan iborat. Ko‘prikning bir diagonaliga E o‘zgarmas tok manbai, ikkinchisiga esa almashlab ulagich P orqali nol indikator NA ulanadi. Reoxord Rr ning sirpang‘ichi siljishi tufayli ko‘prikning erishilgan muvozanat holatida uning diagonalidagi tok kuchi nolga teng bo‘ladi. Shu paytda ko‘prikning b va d uchlaridagi potensiallar teng bo‘ladi. I manba toki ko‘prikning a uchida ikkiga – I1 va I2 ga bo‘linadi.

Demak, R1 va R2 qarshiliklar bir-biriga teng bo‘lgani uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin:



R1I1=R2I2 (2.62)

Ko‘prikning bc va cd yelkalaridagi potensiallar ham teng bo‘ladi, ya’ni



IrRr=It(Rt+2Rsim) (2.63)

(2.62) tenglamani (2. 63) tenglamaga bo‘lsak



(2.64)

Agar I0=0, I1=Ir va I2=It bo‘lsa,



R1(Rt+2Rsim)=RpR2 (2.65)

(2.66)

Agar atrofdagi haroratni doimiy deb hisoblasak, 2Rsim=const.

U holda (2. 66) tenglama quyidagi ko‘rinishni oladi:

Rt=K·Rr-K1=f(Rr) (2.67)

S hunday qilib, Rt o‘zgarishi bilan reoxord qarshiligi Rr ni o‘zgartirib, ko‘prikni muvozanat holatiga keltirish mumkin. O‘lchanayotgan muhit haroratining o‘zgarishi katta bo‘lib, Rr ning o‘zgarishi sababli yuzaga keladigan xatolik miqdori ko‘payib ketish xavfi paydo bo‘lganda, qarshilik termometrining uch simli ulash sxemasi qo‘llanadi (2. 18-rasm).

Bunday ulash usulida bir simning qarshiligi Rt karshilikka, ikkinchi simning karshiligi esa Rp o‘zgaruvchi qarshilikka qo‘shiladi. Ko‘prik muvozanatining tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:

(2.68)

R1=R2 bo‘lsa,

R+Rsim=Rr+Rsim (2.69)

Bu tenglamadan ko‘rinib turibdiki, uch simli sxemada simlarning qarshiligi o‘lchash natijasiga ta’sir qilmaydi.

Uch simli sxemalarda har bir liniyadagi alohida moslash qarshiliklari yordamida berilgan Rsim qiymatgacha olib boriladi. Muvozanatlashtirilgan ko‘prik sxemalarining kamchiligi (qo‘l manipulyatsiyasini bajarish zaruriyati) muvozanatlashtirilmagan ko‘priklar sxemasida bartaraf etilgan.

Muvozanatlashtirilmagan ko‘priklar haroratni o‘lchash uchun qarshilik termometrlari bilan birgalikda ham qo‘llaniladi. Ammo ulardan gaz analizatorlarida, konsentratomerlarda va qator o‘lchash vositalarida keng foydalaniladi.

M uvozanatlashtirilmagan ko‘priklar haroratni bevosita o‘lchash imkonini beradi. 2.19-rasmda bu ko‘prikning sxemasi keltirilgan: R - rostlash qarshiligi; R1,R2,R3 – ko‘prikning doimiy qarshiliklari; Rm - millivoltmetr qarshiligi; Rn - nazorat qarshiligi; N (nazorat) holatidan O‘ o‘lchash holatiga o‘tkazish almashlab ulagichi - P; Rt - qarshilik termometri; P-O‘ holatda turganida Rt ning o‘zgarishi bilan millivoltmetr orqali ta’minlash kuchlanishiga to‘g‘ri mutanosib bo‘lgan tok o‘tadi. Demak, tok o‘zgarmas bo‘lishi kerak, bu vazifani rostlash qarshiligi R bajaradi. Ta’minlash kuchlanishini nazorat qarshiligi Rn bajaradi. RH ning qiymati shunday tanlanishi kerakki, qarshilik ulanganda asbob strelkasi shkaladagi qizil chiziqli belgini ko‘rsatsin.

Rt qarshilik o‘zgarganda, almashlab ulagich O‘ vaziyatda turganida, millivoltmetr orqali kuchi shu o‘zgarishiga to‘g‘ri mutanosib bo‘lgan tok o‘tadi:



(2.70)

Bunda K (Om3 larda) ushbu qiymatga teng:




Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish