4.11 – rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi
Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternyaning bir marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (4.11-rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakfti yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya etaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana etaklovchi bo‘lib qoladi. Shesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. Shartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ishchi bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).
G azsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 4.12 rasmda GKF turidagi diafragmali hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan.
Diafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning ikki kamerasi (I va II) ma’lum sikl bo‘yicha gazga to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6 orqali klapanlar 3-4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlar bekilganda II kameraga o‘tadi.
Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi diafragmani o‘ng tomonga suradi, II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori bir porsiya bo‘lib, teshik 5 orqali sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma’lum oraliqqa kelganda, richag 6 pastki klapanlarni berkitadi. Endi gaz II kameraga yig‘iladi va diafragmani chapga surib I kameradagi gazni teshik 5 orkali sarfga chiqaradi. Diafragma ma’lum oraliqqa surilganda richag 6 endi yuqori klapanlarni yopadi, gaz I kamerada yig‘iladi. Shunday qilib, kameralardan teng miqdoragi gaz porsiyalari ma’lum sikl bo‘yicha sarfga chiqib turadi. Richagning har bir sikldagi harakati hisoblagich 7 ko‘rsatkichida hisoblanib turadi.
Rotatsion hisoblagich (4.13-rasm) ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga mo‘ljallangan. Bu asbobda o‘lchash 8 raqami ko‘rinishidagi ikkita rotor I yordamida bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Hisoblagichga gaz to‘rli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar hisoblagich kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini ko‘rsatuvchi hisoblash mexanizmi bilan bog‘langan. Hisoblagichning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar orasidagi kamera orqali aniqlanadi.
R otatsion hisoblagichlar 40...40 000 m3/soat sarfni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi. Ishchi bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 va 6,4 mPA. Shartli o‘tish diametrlari 50...1200 mm. Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm.suv ust. dan oshmaydi.
Suyuqlik miqdorini o‘lchaydigan tezlik hisoblagichlari harakatdagi oqimning o‘rtacha tezligini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
Suyuqlik miqdori oqim harakati tezligi bilan quyidagi nisbat orqali bog‘langan:
Q=vo‘rt·S (4.27)
bu yerda, Q – hajmiy sarf m3/s; vo‘pt – oqimning o‘rtacha tezligi, m/s; S – oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.
Oqim yo‘liga o‘rnatilgan parraklarning aylanish soniga qarab asbobdan o‘tgan suyuqlik miqdorini aniqlash mumkin. Parraklar aylanishining tezligi oqim tezligiga mutanosibdir:
N=K·vo‘rt (4.28)
bu yerda, p - parraklarning aylanish soni, 1/s; K – asbobning geometrik hajmiga bog‘liq bo‘lgan doimiysi, m-1.
Agar (4.27) tenglamani nazarda tutsak:
(4.29)
Parraklarning τ vaqt ichidagi aylanishlar soni asbobdan shu vaqt ichida o‘tgan modda sarfiga mutanosib:
(4.30)
Do'stlaringiz bilan baham: |