2.5-§. QARSHILIK TERMOMETRLARI
Haroratni qarshilik termometrlari bilan o‘lchash harorat o‘zgarishi bilan o‘tkazgich hamda yarim o‘tkazgichlar elektr qarshiligining o‘zgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichning elektr qarshiligi uning harorati funksiyasidan iborat, ya’ni R=f(t). Bu funksiyaning ko‘rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog‘liq. Ko‘pchilik toza metallarning elektr qarshiligi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlari (yarim o‘tkazgichlar) ning qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrlarini tayyorlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi:
1) o‘lchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va kimyoviy tarkibi o‘zgarmasligi kerak;
2) metalning haroratga qarshilik koeffitsienti yetarli darajada katta va barqarorlashgan bo‘lishi lozim;
3) qarshilik harorat o‘zgarishi bilan to‘g‘ri yoki ravon egri chiziq bo‘yicha keskin chetga chiqishlarsiz va gisterezis holatlarisiz o‘zgarishi kerak;
4) solishtirma elektr qarshilik yetarlicha katta bo‘lishi kerak. Ma’lum haroratlar oralig‘ida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi.
Harorat o‘zgarishi bilan elektr qarshiligining o‘zgarishini xarakterlovchi parametr elektr qarshilikning harorat koeffitsienti deyiladi. Harorat koeffitsienti haroratga bog‘liq bo‘lgan metallar uchun faqat haroratning har bir qiymati uchun aniqlanishi mumkin:
(2.48)
bu yerda, R0 va Rt – 0 va t °C haroratdagi qarshilik.
Temperatura koeffitsienti °C-1 yoki 0K-1 larda ifodalanadi. Ko‘pgina sof metallar uchun harorat koeffitsienti 0,0035 ... – 0,065 K-1 chegaralarda yotadi. Yarim o‘tkazgichli metallar uchun harorat koeffitsienti manfiy va metallarnikidan bir tartibga ko‘p (0,01 ... 0,015 K-1) bo‘ladi.
Hozir qarshilik termometrlarini tayyorlash uchun mis, platina, nikel va temirdan foydalaniladi.
Mis arzon material bo‘lib, uning qarshiligi amalda haroratga chiziqli bog‘liq, ya’ni
Rt=R0(1+at) (2.49)
bu yerda, Rt va R0 - t va 0 °C haroratda termometr qarshiligi; a – mis simning harorat koeffitsienti: a=4,28·10-3 K-1.
Mis oksidlanishi tufayli u 200 °C dan ortiq bo‘lmagan haroratlarni o‘lchashda qo‘llaniladi. Misning kamchiliklariga uning solishtirma qarshiligining kamligini kiritsa bo‘ladi: σ=17·10-7 Om·m. Solishtirma qarshilik termometrning o‘lchamiga ta’sir etadi: solishtirma qarshilik qancha kam bo‘lsa, sim shuncha ko‘p kerak bo‘ladi, shuning uchun termometr o‘lchami shuncha katta bo‘ladi.
Misdan tayyorlangan qarshilik termometrlari –200 dan + 200 °C gacha haroratlarni uzoq vaqt davomida o‘lchashda qo‘llaniladi. Nominal qarshiliklar 0 °C da 10, 50 va 100 Om ni tashkil etadi.
Amaliyotda yana R0=53 Om li termometr ishlatiladi. Bu qarshilik termometrlari uchun quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1 Om, 5 Om, 10 Om (R0=53 Om qarshilik termometri Gr. 23 deb belgilangan).
Platina–qimmatbaho material. Kimyoviy jihatdan inert va sof holda osonlik bilan olinadi. Platinadan tayyorlangan qarshilik termometrlari –260 dan +1100 °C gacha haroratlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Platina qarshiligining haroratga bog‘liqligi murakkab bog‘lanishdan iborat bo‘lib, -183 dan 0 °C gacha harorat oralig‘ida quyidagicha yozilishi mumkin:
Rt=R0[1+At+Bt2+Ct3(t-100)] (2.50)
0 dan + 630°S gacha oraliqda esa quyidagicha ifodalanadi:
Rt=R0(1+At+Bt2) (2.51)
Do'stlaringiz bilan baham: |