B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
 
 
 
 
 
 
 


 
88 
5-bob.  
INDIKATIV REJALASHTIRISHNING TASHKILIY 
ASOSLARI 
 
 
5.1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish. 
5.2. Indikativ   rejalashtirishda   iqtisodchilarning   funksiyalari  
va majburiyatlari . 
5.3.  Iqtisodiyot              ko’rsatkichlarini            indikativ     
rejalashtirishda    axborot texnologiyalarining ustunliklari. 
 
 
5.1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish 
 
Indikativ  rejalashtirishni  tashkil  etishda  uning  tarkibiy  unsurlari 
sifatida quyidagilar ishtirok etadi: 
• rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi; 
• axborot tizimi; 
• ijrochilar. 
Rejalashtirishni  a)  davlat  (mamlakat,  mintaqa,  tarmoq)  darajasida; 
6) firma miqyosida tashkil etish turlari mavjud. 
O’zbekiston  rejalashtirish  davlat  tizimining  vujudga  kelishi  va 
rivojlanishi  ko’p  jihatdan  rejalashtirishni  korxonalar  darajasida  tashkil 
etish amaliyoti bilan belgilanadi. 
Korxona  miqyosida  rejalashtirish  xo’jalik  yuritish  obyektini 
boshqarish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Korxona iqtisodiyotning 
boshlang’ich  bo’g’ini  sifatida  o’z  rejalarini  ishlab  chiqishda  to’liq 
mustaqildir. Biz yuqorida aytib o’tgan rejalashtirishni tashkil etish unsuri 
– rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi – bir necha bosqichlarda amalga 
oshiriladi: 
1) faoliyat maqsadini asoslash; 
2) axborotni yig’ish; 
3) iqtisodiy tahlilni o’tkazish; 
4) prognozlarni tuzish; 
5) rejalarni tuzish; 
6) rejalarni tasdiqlash va ijrochilarga etkazish: 
7) ijrochilar tomonidan rejaning bajarilishi; 
8) reja monitoringi. 
Rejani  ishlab  chiqishning  yuqorida  keltirilgan  izchilligi  taxminiy 


 
89 
hisoblanadi. 
Rejalashtirish 
rivojlanishdagi  ustuvor  yo’nalishlarni 
tanlashdan  boshlanadi.  Tanlov  to’lig’icha  kelajak  uchun  faoliyatning 
asosiy  maqsadlarini  belgilab  beruvchi  yuqori  rahbariyatning  qaroriga 
bog’liq.    
Rejalashtirishda 
axborot 
yig’ish 
ishlari 
ko’p 
jihatdan 
prognozlashtirishni  tashkil  etishdagi  huddi  shunday  bosqichga  o’xshab 
ketadi.  Bunda  uning  farqi  ko’proq  xo’jalik  yuritish  ichki  muhitining 
axborotidan foydalanishdan iborat. 
Iqtisodiy  tahlil  o’tmish  va  hozirgi  davr  to’g’risidagi  axborotni 
baholash  sifatida  iqtisodiy  ishning  mustaqil  unsuri  sifatida  ko’rib 
chiqiladi.  Ushbu  jarayon  iqtisodiy  shaxs  faoliyatining  bo’lajak  shart-
sharoitlari  va  natijalarini  baholash  maqsadida  o’tmishdagi  va  hozirdagi 
iqtisodiy,  tijorat,  kadrlar  sohasidagi  va  boshqa  holatlar  haqidagi 
ma’lumotlarni o’rganishga asoslangan. Tahlil rejalashtirishning majburiy 
boshlang’ich  bosqichi  hisoblanadi  va  quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi: 
iqtisodiy 
hisob-kitoblar; 
faoliyatdagi 
ijobiy 
jihatlarni 
aniqlash; 
faoliyatdagi salbiy jihatlarni aniqlash, shu jumladan uning paydo bo’lishi 
sabablarini  o’rganish;  faoliyatni  baholash;  faoliyatni  yaxshilashga  doir 
tavsiyalar ishlab chiqish.  
Rejalashtirishni  tashkil  etishning  navbatdagi  bosqichi  –  rejalarni 
tuzish. U ko’p sonli hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. 
Reja  ko’rsatkichlarini  tasdiqlash  jarayoni  reja  loyihasining 
dastavval  manfaatdor  tuzilmaviy  bo’g’inlar  tomonidan,  so’ngra  esa 
yuqori rahbariyat tomonidan muhokama etilishini nazarda tutadi. Rasmiy 
rejalarning  tasdiqlanishi  bayonnoma,  buyruq  yoki  farmoyish  bilan  qayd 
etiladi.  Tasdiqlanganidan  keyin  rejalar  ijrochilarga,  ya’ni:  tarkibiy 
bo’linmalar,  bo’limlar,  xizmatlar  va  alohida  xodimlarga  etkaziladi
Rejalarni  bajarish  ishlari  boshlanadi  va  bunda  menejerlar  katta  rol 
o’ynaydi.  Rejalarni  bajarish  jarayoni,  birinchidan,  mablag’larning 
sarflanshiga  qarab,  ikkinchidan,  bajarish  vaqtiga  qarab,  uchinchidan, 
iqtisodiy samara nuqtai nazaridan nazorat qilinadi. 
Rasmiy rejalardan tashqari ko’proq boshqaruv qarorlarini eslatuvchi 
ko’plab rejalar qo’llaniladi. Ko’pincha ular taktik xususiyatga ega bo’ladi. 
Tadbirkorlar,  menejerlar  va  boshqa  mutaxassislar  har  kuni  belgilangan 
maqsadlarga  erishishga  yo’naltirilgan  ko’plab  muayyan  qarorlarni  qabul 
qilishadi.  Kundalik  harakatlarni  rejalashtirish  ham  rejalashtirishning 
umumiy  metodologiyasiga  asoslanadi.  Qaror  qabul  qilish  jarayoni 
cheklangan imkoniyatlar va belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda 
barcha  mavjud  muqobil  variantlar  ichidan  birini  tanlash  zarurligiga 


 
90 
asoslanadi. 
Rejaning  mosligi  va  barqarorligi  talablarini  qarama-qarshi  qo’yish 
rejalashtirish  nazariyasidagi  murakkab  dilemma  hisoblanadi.  Bir 
tomondan,  rejani  ishlab  chiqish  uni  firma  faoliyatining  o’zgaruvchan 
sharoitlarga  uzluksiz  moslashtirib  turishga  yo’naltirilishi  lozim,  lekin, 
ikkinchi  tomondan,  reja  haqiqatdan  ham  ishdagi  mo’ljal  sifatida  xizmat 
qilish  uchun  hech  bo’lmaganda  ma’lum  muddatga  barqaror  bo’lishi 
kerak.  Bunday  holatni  real  joriy  etish  quyidagi  yo’llar  bilan  murosa 
yo’lini topishdan iborat: 
1) 
Rejaga 
tuzatishlar 
kiritish 
(unga 
kiritiladigan 
tezkor 
o’zgartirishlarning  to’planishiga  qarab  doimiy  ravishda  yoki  vaqti-vaqti 
bilan).  Lekin  dastlabki  reja  ham,  tuzatishlar  kiritilgan  reja  ham 
faoliyatning  yakuniy  maqsadlariga  erishish  darajasini  baholash  imkonini 
beruvchi o’zgarmas parametrlarga, mezonlarga ega bo’lishi kerak; 
2)  Faoliyatning  yakuniy  maqsadlariga  yoki  oraliq  natijalarga 
erishganlik uchun xodimlar mehnatini rag’batlantirish tizimini yaratish. 
Shu munosabat bilan sobiq ittifoq davridagi ma’muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyotida  qo’llanilgan  reja  ko’rsatkichlarini  o’zgartirish  amaliyotini 
ta’kidlash mumkin. Xodimlar rejalarni bajarish yuzasidan o’z vazifalarini 
anglab  etishi  va  zarur  harakatlarni  amalga  oshirishni  o’ylab  ko’rishi 
uchun rejalarni ijrochilar hukmiga reja davri boshlangunga qadar kamida 
10 kun oldin havola etish zarur deb hisoblanardi. Rejaga o’zgartirishlarni 
reja davri tugashiga kamida 20 kun qolganida va bunga etarlicha asoslar 
mavjud  bo’lan  taqdirda  kiritish  mumkin  edi.  Rejalarning  tez-tez 
o’zgartirilishiga  yo’l  qo’yilmas  edi,  chunki  bu  xodimlarni  o’z  ishining 
haqiqiy 
vazifalarini 
bajarishdan 
chalg’itishi 
mumkin 
edi. 
Rejalashtirishning hozirgi amaliyoti ham rejalarni ijrochilarga etkazish va 
ularga o’zgartirishlar kiritishning o’z qoidalarini ishlab chiqishi kerak. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish