28
makroparametrlar
(shu
jumladan
iqtisodiy
o’sishning prognoz
ko’rsatkichlari) hamda davlat organlari va davlat korxonalari faoliyatining
asosiy parametrlari xususiy tadbirkorlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi
iqtisodiy muhitni shakllantirishga ko’maklashishga qaratilgan. Bu shuni
anglatadiki,
indikativ
rejalashtirish
asosan
talab
orqali,
uning
rag’batlantiruvchi (yoki cheklovchi) xususiyati orqali xususiy sektorga
ta’sir ko’rsatadi va faqat g’oyat bilvosita tarzda – davlat korxonalari orqali
– “taklif bosimi”ning tartibga soluvchi roli namoyon bo’ladi.
Indikativ rejalashtirishning mohiyatini aniqlashda eng muhimi, u bir
tomondan, raqobatlashuvchi firmalar tomonidan ishlab chiqiladigan
mikrorejalarni (dasturlarni) «sintez qilish» faoliyatini o’z ichiga olishi
shart. Ikkinchidan, u umummilliy rejaga mos keluvchi moliya-kredit
siyosatini ishlab chiqish muammolarini qamrab ololmaydi. Uchinchidan,
indikativ rejalashtirish xalq xo’jaligini rivojlantirish maqsadlarining ularga
erishish vositalari bilan optimal tarzda bog’lanishini ta’minlashga
qaratilgan. To’rtinchidan, rejalashtirish jarayonining o’zi ko’p sonli ko’p
darajali
iterastion
kelishuvlarni
va
reja
ko’rsatkichlarining
muvazanatlashganligini tekshirishni nazarda tutadi.
Metodologik vositalarni o’rganish indikativ rejalashtirishning
urushdan keyingi yillarda sinab ko’rilgan model vositalari va tartibot
algoritmlarini qo’llash amaliyotini umumlashtiruvchi G’arbning qator yirik
ilmiy ishlariga tayanishi mumkin. Ular jumlasiga uch xildagi modellar
kiradi: a) bir necha o’nlab tarmoqlar nuqtai nazaridan (moddiy-ashyoviy
va pul jihatlarini ajratgan holda) o’rta muddatli rejalashtirish va istiqbolni
belgilashning makromodellari; b) tarmoqlararo balanslar va milliy
hisobvaraqlar
tizimidan
foydalanish
asosida
olingan
ularning
modifikastiyalari; v) asosan optimal tarzda dasturlash modellari toifasiga
kiruvchi iqtisodiy o’sishning bir darajali bo’linuvchi dinamik modellar.
Shunday qilib, indikativ rejalashtirish jarayonlarni uyg’unlashtirish
(muvofiqlashtirish): a) davlat tomonidan ishlab chiqiladigan va amalga
oshiriladigan prognozlar, byudjet rejalari va makrodasturlarda namoyon
etilgan mikrorejalashtirish; b) mintaqaviy va mahalliy hokimiyat
organlarining prognozlari, byudjet rejalari va dasturlarida mujassamlangan
hududiy rejalashtirish; v) korxonalar rejalarida amalga oshiriladigan
mikrorejalashtirish; g) mezorejalashtirish, ya’ni birinchi galda
«megakorporastiyalar» - tarmoqlararo, mintaqalararo va xalqaro moliya-
sanoat guruhlaridan kelib chiquvchi tarmoqlar, kichik tarmoqlar, hududiy-
ishlab chiqarish majmualari sanoat
uzellarini rejalashtirish.
Indikativ rejalashtirish – ham xo’jalik yurituvchi subyektlarning
29
davlat-huquqiy
munosabatlari
sohasiga,
ham
fuqarolik-huquqiy
munosabatlar sohasiga taalluqli bo’lgan institutdir. U maxsus qonun
hujjatlari bilan tartibga solinib, davlat hokimiyati organlari unga nisbatan
alohida tashkiliy va muvofiqlashtirish Funksiyalarini bajarsada, umuman
olganda indikativ rejalashtirish nafaqat bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan
tartibga solish institutini, balki iqtisodiy o’zini o’zi tartibga solish
institutini o’zida namoyon etadi. Bu erda korxonalarning roli rejaga
taalluqli axborotdan foydalanish va davlat tomonidan belgilangan
me’yorlarni bajarishdan iborat bo’lmaydi, xo’jalik yurituvchi subyektlar
indikativ reja maqsadlarining mazmuniga va ularga erishish usullarining
xususiyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Indikativ rejaning makroko’rsatkichlari
faqatgina bu ular manfaatlariga mos kelganligi tufayli rejani amalga
oshirishda ishtirok etuvchi “ijrochilar”ga taqsimlanmaydi. Ushbu holatda
indikativ rejalashtirishning markazlashgan-ko’rsatmali rejalashtirishdan
farqi namoyon bo’ladi. Agar markazlashgan-ko’rsatmali rejalashtirishda
bozor yordamchi rolni o’ynab, narxlar esa asosan reja-hisob Funksiyasini
bajargan bo’lsa, indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyoti rivojlanishining
bo’lajak traektoriyasini olidindan payqashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: