B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
2.3. O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish 
konsepsiyasi 
 
O’zbekiston  iqtisodiy  mustaqillikka  erishgach  mamlakatda  sodir 
bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo’li bilan tartibga solish 
zarurati muhim ahamiyat kasb eta boshladi.  
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni  birtaraf  etishning 
yo’llari va choralari” nomli asarida ta’kidlaganidek, “O’zbekistonda qabul 
qilingan  o’ziga  xos  islohot  va  modernizastiya  modeli  orqali  biz  o’z 
oldimizga  uzoq  va  davomli  milliy  manfaatlarimizni  amalga  oshirish 
vazifasini  qo’yar  ekanmiz,  eng  avvalo,  "shok  terapiyasi"  deb  atalgan 
usullarni  bizga  chetdan  turib  joriy  etishga  qaratilgan  urinishlardan,  bozor 
iqtisodiyoti  o’zini  o’zi  tartibga  soladi,  degan  o’ta  jo’n  va  aldamchi 
tasavvurlardan voz kechdik.”
15

Shu  jumladan  O’zbekiston  hukumati  shunga  mos  ravishda 
iqisodiyotni 
markazlashgan 
tarzda 
boshqarish 
hamda 
an’anaviy 
rejalashtirish tartibotlaridan voz kechdi. 
Hozirgi vaqda indikativ rejalashtirish konsepsiyasini amalga oshirish 
uchun  O’zbekistonda  “Davlat  tomonidan  prognoz  qilish  va  O’zbekiston 
Respublikasini  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlari  to’g’risida”gi 
qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarur. Unda reja ishining maqsad va 
vazifalari,  ijro  etuvchi  hokimiyat  tomonidan  ishlab  chiqiladigan  tizim, 
ushbu  tizimga  kiruvchi  tarkibiy  unsurlarning  umumiy  tavsifi  nazarda 
tutilishi  erak.  Qonun  mamlakatni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlantirish 
bo’yicha ko’rsatmalarni amalga oshirish, ya’ni milliy iqtisodiyot rivojining 
global muammolari bo’yicha strategik qarorlarni chuqur va har tomonlama 
asoslash;  istiqboliy  rivojlanishning  muhim  vazifalarini  hal  etish  uchun 
zarur  bo’lgan  resurslarni  rejali  jamlash;  dasturni  amalga  oshirish 
ishlarining  butun  stikli  vazifalarini  muvofiqlashtirish  va  ularning  hal 
etilishini  ta’minlash;  oldinga  qo’yilgan  vazifalarni  hal  etishda  xo’jalik 
                                                 
15
 
Каримов  И.А.  “Жаҳон  молиявий  –  иқтисодий  инқрози,  Ўзбекистон  шароитида  уни  бартараф  этишнинг 
йўллари ва чоралари ” Ўзбекистон:. 2009 й, 7-бет.    
 


 
49 
yurituvchi  subyektlar,  respublika  mintaqalari  va  markaziy  hokimiyat 
organlarining faoliyatini uyg’unlashtirish. 
 Indikativ  rejalashtirish  tizimi  –  hukumatning  ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatiga  mos  keluvchi  iqtisodiyot  holatini  va  rivojlanishini  tavsiflovchi 
indikatorlarni (ko’rsatkichlarni) shakllantirish hamda ushbu indikatorlarga 
erishish  maqsadida  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  davlat  yo’li  bilan 
tartibga solish choralarini belgilash hisoblanadi. 
Haqiqiy  ijtimoiy-iqtisodiy  holatni  baholashdan  tashqari,  indikatorlar 
quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim: 
  iqtisodiyotning  samarali  rivojlanishi  va  aholining  ijtimoiy 
farovonligi darajasini belgilash; 
  ijro etuvchi hokimiyat organlarining harakatlarini rejalashtirish; 
  rejalashtirilgan natijalarga erishish ustidan nazorat qilish; 
  tartibga soluvchi ta’sir etish choralarini ko’rish; 
  ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlari faoliyatining samaradorligini baholash. 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishning turli 
darajalariga  muvofiq  indikatorlarning  quyidagi  tizimi  belgilanishi 
mumkin: 
1.  Davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  indikatorlari  tizimi  (1-
daraja – «Respublika»). U umumlashtirilgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 
va  respublika  ko’rsatkichlarning  cheklangan  doirasi  (yalpi  hududiy 
mahsulot,  iqtisodiyotda  ko’zda  tutilayotgan  tarkibiy  siljishlar,  iqtisodiyot 
real  sektori  tarmoqlarining  rivojlanishini  aks  ettiruvchi  ko’rsatkichlar  va 
ijtimoiy 
ko’rsatkichlar)  bo’yicha  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini 
tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 
2.  Iqtisodiyot  tarmoqlari  va  ijtimoiy  sohaning  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi  indikatorlari  tizimi  (2-daraja  –  «Tarmoq»).  Iqtisodiyot 
tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari 
tizimi tarmoqlar, tarmoqlararo majmualar, shuningdek respublika aholisiga 
xizmatlar  ko’rsatish  sohasi  rivojlanishining  muhim  yo’nalishlarini  aks 
ettiradi. 
3.  Respublika  tumanlari  va  shaharlarining  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi  indikatorlari  tizimi  respublika  mahalliy  tuzilmalari  hududlari 
iqtisodiyoti  va  ijtimoiy  sohasining  rivojlanishini  tavsiflaydi  (3-daraja  –  
«Hudud»).  U  hudud  tumanlari  (shaharlari),  aholi  punktlarining  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanishini  tavsiflovchi  umumlashtirilgan  ko’rsatkichlar  o’z 
ichiga oladi. 
4.  Xo’jalik  yurituvchi  subyektlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi 


 
50 
indikatorlari  tizimi  (4-daraja  –  «Xo’jalik  yurituvchi  subyekt»).  Mazkur 
tizim  iqtisodiyot  real  sektorining  nodavlat  va  davlat  korxonalari  hamda 
ijtimoiy  soha  tarmoqlari  byudjet  tashkilotlari  (muassasalari)ning 
rivojlanish indikatorlarini o’z ichiga oladi. 
Indikatorlar  tizimi  quyidagi  talablarga  javob  berishi  kerak. 
Birinchidan,  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  boshqarish  va  tartibga 
solishning  ushbu  darajasi  uchun  indikatorlarning  yagonaligi  va 
majburiyligi.  Ikkinchidan,  indikatorlar  yiriklashish  va  maydalashish 
qobiliyatiga  ega  bo’lishi,  qiyoslanadigan  bo’lishi  lozim.  Indikatorlar  aniq 
o’lchovga  ega  bo’lishi,  ya’ni  aniq  va  o’lchanadigan  bo’lishi  kerak. 
Umuman  olganda  indikatorlar  tizimi  ijtimoiy-iqtisodiy  soha  faoliyatining 
barcha  jihatlari  yalpi  tavsiflanishini  ta’minlashi  zarur.  Shuningdek, 
indikatorlar  tizimi  ixcham,  moslashuvchan,  boshqaruvning  har  bir 
darajasida  sodir  bo’layotgan  barcha  o’zgarishlarni  aks  ettirishga  qodir 
bo’lishi lozim. 
Indikatorlar manzilli bo’lishi hamda vazirliklar va idoralar, mahalliy 
o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  Funksional  faoliyati  bilan  bog’liq 
bo’lishi  kerak.  Indikatorlar  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  va  mahalliy 
o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini,  xo’jalik  yurituvchi  subyektlarni 
iqtisodiy  o’sishni  ta’minlashga  va  respublika  aholisining  turmush 
darajasini  oshirishga  yo’naltirishi  lozim.  Boshqaruvning  har  bir  darajasi 
uchun indikatorlar soni cheklangan bo’lishi kerak. 
Indikativ  rejalashtirishni  joriy  etishdan  maqsad  davlat  hokimiyat 
organlari,  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  va  xo’jalik 
yurituvchi  subyektlarning  barqaror  iqtisodiy  rivojlanishga  erishish  va 
respublika  aholisining  turmush  darajasini  oshirishga  yo’naltirilgan  sa’y-
harakatlarining uyg’unligini ta’minlashdan iborat. 
Indikatorlarni shakllantirish vaqtga ko’ra bog’langan jarayon. Ushbu 
holatda  boshqaruv  obyektining  holatini  tavsiflovchi  yagona  indikatorga 
erishish maqsadi qo’yiladi. 
O’zbekiston  Respublikasida  indikativ  rejalashtirish  tizimining  joriy 
etilishi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim. 
1-bosqich  -  «Tayyorgarlik».  U  indikativ  rejalashtirish  tizimini  joriy 
etishga  doir  normativ-huquqiy  bazani  shakllantirish,  uslubiy  tavsiyalarni 
va  respublika,  tarmoqlar,  tumanlar,  shaharlar  hududlari  va  xo’jalik 
yurituvchi  subyektlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  indikatorlari 
tizimini  ishlab  chiqish,  indikatorlar  chegara  qiymatlariga  erishish 
monitoringini yuritishni tashkil etish tadbirlarini o’z ichiga oladi. 


 
51 
2-bosqich  -  «Indikativ  rejalashtirish  tizimi».  2-bosqich  tadbirlari 
rejalashtirishning  asosiy  unsurlarini  ishlab  chiqishga  qaratilgan,  bular: 
prognozlashtirish  jarayonini  takomillashtirish,  byudjet  va  investistiya 
jarayonlarini,  davlat  buyurtmalarini  boshqarish,  tarmoqlar,  hududlar  va 
xo’jalik  yurituvchi  subyektlarning  respublika  dasturlari  va  indikativ 
rejalarini shakllantirish.   
3-bosqich  -  «Indikativ  boshqarish  tizimi».  Indikativ  boshqarish 
tizimining to’liq stiklini joriy etish. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi 
indikatorlari tizimini shakllantirish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
indikatorlarining  ro’yxati  va  chegara  qiymatlari  aniqlanishi  kerak. 
Iqtisodiy  o’sish  konsepsiyasi,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  prognozi 
O’zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  indikatorlari 
ro’yxatini  aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Indikatorlar 
ro’yxati  respublika  Hukumati  tomonidan  belgilangan  ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq har yili qayta ko’rib chiqilishi 
mumkin. 
O’zbekiston  uchun  optimal  hisoblangan  indikativ  rejalashtirish 
tizimini asoslash uchun uslubiy asoslarni indikativ rejalashtirish tizimining 
asosiy unsurlarini ko’rib chiqish lozim.  

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish