42
3) doimiy xaridorlar talabi
orqali tekshirilib turiladi;
4) masala bo’yicha mavjud barcha ijtimoiy-iqtisodiy axborot qaror
qabul qiluvchi va ularning oqilonaligi uchun to’liq javob beruvchi shaxs
tomonidan to’planishi va anglab etilishi mumkin bo’lgan hollarda ishlab
chiqiladi.
Biroq ushbu xususiyatlar mamlakat miqyosida deyarli namoyon
bo’lmaydi. Davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirish faqat
harbiy holat yoki bozor qonunlari, xususan raqobatning ta’siri normal amal
qilmagan boshqa alohida davrda foydali bo’ladi. Iqtisodiy faoliyatni
muvofiqlashtirishning ikkita usuli mavjud: majburlash bilan bog’liq
markazlashgan tarzda rahbarlik qilish va shaxslarning ixtiyoriy hamkorligi.
Bozor iqtisodiyotiga ikkinchi uchun xosdir.
Prognozda va rejada eng asosiysi – bu ularda obyektiv hayotni, shu
jumladan uning turli holatlarini aks ettirishning aniqligi. Biroq iqtisodiy
muhit hamma vaqt ko’plab turli o’zaro ta’sir etuvchi va bir birini istisno
etuvchi omillar ta’siriga duchor bo’ladi va barcha ushbu sa’y-harakatlar
xo’jalik yuritish obyektini ishning o’zgarib turuvchi sharoitlariga uzluksiz
ravishda moslashtirishga yo’naltirilishi lozim. Lekin, agar prognoz uchun
bu, uning ehtimoliy xususiyatga egaligi tufayli, qo’rqinchli bo’lmasa, reja
uchun esa bu barbod bo’lishni anglatadi.
Prognozlar va rejalar voqealardan ilgarilab tuziladi, lekin ularning
asosliligi ushbu voqealarga mos kelish darajasiga bog’liq. Bozor
iqtisodiyotida voqealarning prognoz qilinish darajasi ushbu holat stoxastik
xususiyatga ega bo’lganligi bois, past. Shuning uchun eski axborotni
hisobga olgan holda tuzilgan prognozlar va rejalarga real hayotda
o’zgarishlar yuz
berganida, aniqliklar kiritilishi kerak.
Davlat darajasida ishlab chiqilgan ko’rsatkichli reja bilan qanday
holat yuz beradi? Davlat tomonidan rejalashtirish sharoitida albatta
markazning ko’rsatmasi paydo bo’ladi. Nuqtai nazarlarning xilma-xilligi
o’z o’rnini birxillikka bo’shatib beradi. Lekin jamiyatda birxillik – bu
bo’lajak inqiroz garovi, iqtisodiy rejalarning birxilligi esa raqobatning
nihoyasini anglatadi. Davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirish
yo’liga g’ov bo’luvchi ikkita katta muammo mavjud: birinchisi – birxillik,
ikkinchichi esa – raqobat.
Har qanday tizim, shu jumladan iqtisodiy tizim faqat xilma-xillik
sharoitida barqaror bo’ladi. Bugungi kunda ularni tushunmaslik yoki
kelajakni bilmaslik tufayli insonlarga tasodifiy, xato va hatto zararli
tuyulayotgan holat keyinchalik g’oyat istiqbolli va ilg’or bo’lib chiqishi
mumkin. Shuning uchun jamiyatga xilma-xillik zarur. Lekin davlatning
44
harakatlari zarur bo’lgan iqtisodiyot ko’lamlarining obyektiv ehtiyojlari
bilan belgilanadi. Jahonda erishilgan fan-texnika taraqqiyotining darajasi
korxonalar, tarmoqlar va mamlakatlar iqtisodiy choralarining yuqori
darajada muvofiqlashtirilishini talab qiladi. Raqobat sharoitida sarmoyani
jamlashning kuchayishi bu bilan vaqt, maqsadlar va resurslar bo’yicha
bog’langan qo’shma harakatlarni asoslashning yanada sifatli usullarini
qo’llash uchun shart-sharoitlar yaratgan holda texnologik yangiliklarning
ommaviy tarzda joriy etilishini rag’batlantiradi. Davlatning indikativ rejasi
va
prognozi
ko’rsatmali
rejadan
farqli
o’laroq
bozorning
harakatlantiruvchi kuchlari – harakatlar erkinligi, mulk va raqobatga ta’sir
ko’rsatmaydi. Shuning uchun ular iqtisodiy hayotning dinamikligiga
erishish vositasi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Shuning uchun mana
bir necha o’nlab yillar mobaynida davlat darajasida indikativ rejalashtirish
aksariyat mamlakatlar tomonidan muvaffaiyatli foydalanilmoqda.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda prognozlashtirish ikki xil
shaklda bo’ladi:
markazlashgan (Kanada, Shveystariya va b.) va
Do'stlaringiz bilan baham: