B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish—



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
1.2. Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish— 
 indikativ rejalashtirishning obyekti sifatida 
 
Iqtisodiy  mustaqillikning  mustahkamlanishi  bilan  ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni  tartibga  solish  zarurati  yanada  qat’iylashdi.  Yangi  sharoitda 
davlatning 
tartibga 
soluvchi 
roli 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishning 


 
18 
qonunchilik  va  huquqiy  asoslarini  yaratish,  faol  sanoat,  tashqi  iqtisodiy, 
ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirish  hamda  hayotni  ta’minlovchi  muhim 
tizimlar  –  infratuzilma,  fan-texnika  sohasi,  fuqarolar  xavfsizligini 
to’g’ridan-to’g’ri  davlat  yo’li  bilan  boshqarishdan  iborat.  Rivojlangan 
mamlakatlarda indikativ rejalashtirish iqtisodiyotni tartibga solishning eng 
keng tarqalgan shakli hisoblanadi.  
Xo’jalik  yurituvchi  subyektlar,  aholi  va  boshqaruv  organlarining 
ijtimoiy,  iqtisodiy,  ekologik  va  hududni  rivojlantirishdagi  boshqa 
muammolarni  hal  etish  yuzasidan  o’zaro  munosabatlari  iqtisodiy 
rivojlanishni  tartibga  solish  jarayonining  asosiy  mazmunini  tashkil  etadi. 
Xo’jalik  yurituvchi  subyektlar,  aholi  va  boshqaruv  organlari  o’rtasida 
o’zaro  munosabatlar  jarayonida  yuzaga  keladigan  va  iqtisodiy  o’sishni 
ta’minlashga  yo’naltirilgan  o’zaro  bog’liq  muammolar  majmui  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish predmeti hisoblanadi.  
Davlat jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solish  choralarini  ko’radi.  Davlat  miqyosida  raqobat,  talab  va  taklifni 
shakllantirish  bilan  bog’liq  va  ayrim  boshqa  hodisalarning  istiqbollari 
prognoz qilinadi. Bu ularning haqiqiy mazmunini buzib ko’rsatish ehtimoli 
tufayli  iqtisodiyotga  davlatning  to’g’ridan  to’g’ri  aralashuvi  ko’ngilsiz 
bo’lgan holat. Biroq mamlakatda hamma vaqt davlat ularni stixiyali bozor 
ta’siriga tashlab qo’ya olmaydigan qator faoliyat sohalari mavjud bo’ladi. 
Bunday  sohalar  jumlasiga  milliy  mudofaa,  huquq-tartibot,  ilmiy 
tadqiqotlar,  ta’lim,  shuningdek  ayrim  energetika  tarmoqlarining  faoliyati 
kiradi. 
Mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini  tartibga  soluvchi 
hujjatlar  ro’yxati  quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi:  iqtisodiyot  va  u  bilan 
bog’liq  sohalar  rivojining  prognozlari,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 
konsepsiyasi,  mamlakat,  mintaqalar,  tarmoqlar  va  yirik  ko’p  tarmoqli 
majmualarni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlari.  Bundan  tashqari, 
iqtisodiy rivojlanish ustidan oqilona rahbarlik qilish uchun indikativ rejani 
ishlab  chiqish  zarur.  Ishlab  chiqiladigan  prognoz  hujjatlari  tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
Ijtimoiy-iqtisodiy  hayotning  alohida  sohalari  o’zgarishini  aks 
ettiruvchi alohida prognozlar, xususan: 
-   mamlakatdagi demografik vaziyat
-  tabiat  muhitining  holati,  shu  jumladan  tabiiy  qazilmalarning 
aniqlangan zahiralari, er, suv va o’rmon resurslari; 
-  fan-texnika  yutuqlarining  holati  va  ularni  ishlab  chiqarishga  joriy 
etish; 


 
19 
-  aholining  tovarlar  va  xizmatlarga  bo’lgan  talabining  hajmi  va 
dinamikasi; 
- asosiy  ishlab chiqarish omillari: sarmoya,  mehnat, investistiyalarni 
prognoz qilish; 
-  xalq  xo’jaligi  alohida  tarmoqlari,  hududlar  va  faoliyatning  boshqa 
ijtimoiy ahamiyatga molik sohalarining rivojlanishini prognoz qilish. 
Hech bir xo’jalik, strategik qaror ehtimoliy oqibatlarning oldindan ko’ra 
bilmasdan,  strategik  ustuvor  yo’nalishlarni,  va  ularni  amalga  oshirishning 
aniq  maqsadga  yo’naltirilgan  harakatlarini  tanlamasdan  turib  qabul 
qilinishi va bajarilishi mumkin emas. Buning uchun mamlakat va uni tashkil 
etuvchi  mintaqalarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini  prognozlashtirish, 
strategik  va  indikativ  rejalashtirish,  dasturlash  kabi  sinab  ko’rilgan 
vositalardan  foydalaniladi.  Bu  bilan  davlat  nafaqat  iqtisodiy  hayotni 
umumiy  tartibga  solish  Funksiyasini,  balki  mamlakatni  rivojlantirish 
istiqbollari va uning jahon xo’jaligidagi o’rnini hisobga olgan holda tarkibiy 
siljishlar  va  innovastion  rivojlanishning  asosiy  yo’nalishlarini  belgilab 
beruvchi o’zining strategik-innovastion Funksiyasini ham bajaradi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’p qirrali, ko’p omilli va ziddiyatli 
bo’lib,  shuning  uchun  prognozlar  va  rejalar  odatda  ehtimoliy  o’zgarishlarni 
baholash  uchun  ko’p  variantlidir.  Bu  iqtisodiy  tizimning  rivojlanishidagi 
o’tish, tanglik bosqichlari sharoitida juda muhim, chunki bunda u beqaror bo’lib 
qoladi. 
Prognozlar  davlat  organlari  uchun,  birinchi  galda,  uzoq  muddatli  va 
o’rta muddatli davrlarga mo’ljallangan rivojlanishning ustuvor yo’nalishlar 
va strategiyalarini asoslash uchun, ya’ni indikativ rejalashtirish uchun zarur. 
Markazlashgan-rejali 
tizimdan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tish 
rejalashtirishning  roli  va  ahamiyatini  tubdan  oshirdi.  Ilgari  asosiy  qarorlar 
ittifoq markazida qabul qilinib, ular fan-texnika taraqqiyotining yig’ma dasturi 
va  ularning  20  yilga  mo’ljallangan  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlari,  15  yilga 
mo’ljallangan  mamlakatning  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirish  va 
rivojlantirish  bosh  sxemasi  kabi  uzoq  muddatli  prognozlarga  asoslanar  edi. 
Endilikda  korxonalar,  tashkilotlar,  banklar,  xoldinglar  xo’jalik  qarorlarini 
qabul  qiladi  va  ular  oqibatlari  uchun  javobgarlikni  o’z  zimmasiga  oladi. 
Sifatli prognozlar uchun talab keskin oshdi. Ular endilikda bozorning barcha 
agentlariga talab etiladi. Biroq har bir tadbirkor milliy va jahon xo’jaligidagi 
o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilishga qodir emas. Davlat organlari va ilmiy 
tashkilotlarning  roli  hamda  prognozlarning  asosliligi  va  ishonchliligi 
uchun javobgarligi oshdi.  
 


 
20 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish