Byudjetni prognoz qilish – bu yuzaga kelgan tendenstiyalar,
muayyan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va istiqbolni baholash asosida
byudjetni rivojlantirishning optimal yo’llarini ishlab chiqish va
asoslashdan va shu asosda uni mustahkamlash yuzasidan takliflar berish
demakdir.
Byudjet
taqchilligi
–
davlvt
byudjetida
xarajatlarning
daromadlardan ustun bo’lishi.
Vazifa – bu rejalashtirish davri doirasida ma’lum vaqt oralig’ida
erishilishi ko’zda tutilgan maqsadlar. Vazifalar rejalashtirilayotgan davr
mobaynida amalga oshirilishi lozim.
Valyuta kursi – mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul
birligida ifodalangan bahosi.
Davlat byudjeti – asosan davlat (shahar, tuman, muassasa, tashkilot
va boshqalar) ning ma’lum muddatdagi (yil, kvartal, oy) daromadlari va
xarajatlarining pul hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |