B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

11.4. Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ 
rejalashtirish  
11.4.1. Rejalashtirishda insoniyat rivojlanishining indikatorlari 
 
Ijtimoiy  siyosatning  samaradorligini  aholining  turmush  darajasi 
ko’rsatkichi  bilan  baholash  mumkin.  Turmushning  barcha  tomonlari 


 
154 
dinamikasini  nazorat  qilish,  uni  o’tgan  davrlar  va  boshqa  mamlakatlar 
bilan, shuningdek, yuzaga kelgan oqilona ilmiy normalar bilan solishtirish 
imkonini  beruvchi  turmush  darajasi  indikatorlarining  tizimi  salomatlik 
ko’rsatkichlari  va  sog’liqni  saqlash,  bandlik,  ovqatlanish,  uy-joy 
sharoitlari  ko’rstkichlarini,  ro’zg’or  buyumlarining  mavjudligini, 
madaniyat  darajasi,  pullik  xizmatlar  ko’rsatkichlarini  o’z  ichiga  oladi. 
“BMTni  rivojlantirish  dasturi”  mutaxassislari  uchta  kattalikdan  o’rtacha 
ko’rsatkich  sifatida  hisoblab  chiqiladigan  turmush  darajasining 
umumlashtiruvchi  indikatorini  ishlab  chiqdi:  aholi  jon  boshiga 
hisoblanganda YaIM, hayot kechirish davomiyligi va aholining ma’lumot 
darajasi  (25  yosh  va  undan  kattalar).  Bu  indikator  “Inson  rivoji 
indikatori” deb nomlangan. 
Davlat  darajasida  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirishda  ijtimoiy 
hamkorlik  instituti  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi.  G’arbiy  Evropa 
mamlakatlarida  tadbirkorlar,  kasaba  uyushmalari  va  davlat  vakillaridan 
iborat  uch  tomonlama  ijtimoiy-iqtisodiy  kengashlarning  shakllanishi 
ijtimoiy  hamkorlikning  rasmiy  siyosatga  aylanishi  ko’rsatkichi  bo’lib 
xizmat  qilishi  mumkin.  Turli  mamlakatlarda  ular  turlicha  nomlanadi. 
Italiyada  1947  yilda  Iqtisodiyot  va  mehnat  milliy  kengashi,  Belgiyada 
1948 yilda shunga o’xshash organ tashkil etildi, Franstiyada iqtisodiy va 
ijtimoiy  qo’mita  1958  yildan  buyon  faoliyat  yuritib  kelmoqda.  Bunday 
kengashlar  Gollandiya  (1950  y.),  Angliya  (1962  y.),  Irlandiya  (1973  y.) 
va Lyuksemburgda (1966 y.) ham tashkil etilgan. 
Evropa  Ittifoqi  doirasida  iqtisodiy  va  ijtimoiy  qo’mita  faoliyat 
ko’rsatib,  u  boshqa  Funksiyalarni  bajarish  bilan  bir  qatorda  milliy 
kengashlar  faoliyatini  muvofiqlashtirishga  ham  ko’maklashadi.  Ijtimoiy 
hamkorlik  siyosati  milliy  doiralardan  chetga  chiqib,  muvofiqlashtirilgan 
xalqaro (mintaqaviy) siyosatga aylanib bormoqda. 
Mamlakat  ko’lamlarida  konsensusni  ta’minlash  ijtimoiy  hamkorlik 
mexanizmining  Funksiyalaridan  biri  hisoblanadi.  Mazkur  Funksiyani 
bajarish  uchun  iqtisodiy  va  ijtimoiy  kengashlar  hukumat  va  parlamentga 
ijtimoiy muammolarga taalluqli qonun hamda qarorlar loyihalari bo’yicha 
muntazam  maslahat  berib  turish  barobarida,  mehnat  munosabatlari 
subyektlarining  manfaatlarini  himoyalash,  ijtimoiy  adolat  o’rnatish 
yuzasidan uyg’unlashtirilgan siyosatni ishlab chiqadi. 
Davlat  darajasida  ijtimoiy  jarayonlarni  tartibga  solish  milliy 
daromadni qayta taqsimlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Yan Tinbergen 
qator  mamlakatlar  uchun  milliy  daromadni  aholining  ijtimoiy  ehtiyojlari 
uchun  qayta  taqsimlash  ulushiga  baho  berdi  va  uni  shartli  ravishda 


 
155 
ijtimoiylashtirish ko’rsatkichi deb atash mumkin. To’rtta mamlakat uchun 
ushbu  ko’rsatkich  quyidagi  tarzda  namoyon  bo’ladi:  Shvestiya  -  0,299, 
Niderlandiya - 0,28, AQSh - 0,125, Yaponiya  - 0,1. G’arbiy Evropaning 
boshqa mamlakatlar ko’rsatkichlari Shvestiya va Yaponiyaning ekstremal 
ko’rsatkichlari orasida turadi. 
Ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirish  mexanizmi  bir  necha 
yo’nalishlarni ko’zda tutadi. Bunga  quyidagilar kiradi: ijtimoiy sug’urta; 
ish  haqi  sohasidagi  siyosat;  mehnat  bozoridagi  ijtimoiy  chora-tadbirlar; 
uy-joy siyosati. 
Ijtimoiy  sug’urta  –  aholini  ijtimoiy  himoyalashning  asosiy  unsuri 
hisoblanadi.  Ijtimoiy  sug’urta  tizimining  maqsadi  kasal  bo’lish  holatida 
va  qariyalik  davrida,  baxtsiz  hodisalar  va  ishlab  chiqarish  bo’yicha 
kasallanishlar, 
ishsizlik 
munosabati 
bilan 
insonning 
iqtisodiy 
himoyalanishini  ta’minlashdan  iborat.  Davlat  ijtimoiy  sug’urta  tizimi 
birinchi bo’lib Germaniyada XIX asr oxirida baxtsiz hodisalar va kasallik 
bo’yicha  sug’urtalash  to’g’risidagi  (1883  -  1884  yy.),  qariyalik  va 
nogironlik  bo’yicha  pensiyalarning  joriy  etilishi  to’g’risidagi  (1889  y.), 
qonunlarning qabul qilinishi bilan tashkil etildi, so’ngra Avstriya, Daniya, 
Franstiya,  Buyuk  Britaniya  va  boshqa  mamlakatlarda  ham  ana  shunday 
tizim yo’lga qo’yildi. 
Sug’urtalashning  ikkita  xili  mavjud  –  majburiy  va  ixtiyoriy. 
Ixtiyoriy  sug’urta  ham  huddi  majburiy  sug’urta  singari  sug’urta 
to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  asosida  amal  qiladi,  lekin  ixtiyoriy 
xususiyatga  ega va  sug’urta  shartnomasi  bilan  tartibga  solinadi  (sug’urta 
ta’minoti) va boshqa shartlar tomonlarning kelishuviga ko’ra belgilanadi. 
Daniyadan tashqari, Evropaning qolgan mamlakatlarida ishsizlik bo’yicha 
sug’urtalash majburiy xususiyatiga ega. 
Hozirgi  sharoitda  rivojlangan  mamlakatlarda  o’z  ko’lamlari  va 
rivojlanish darajasiga ko’ra pensiya ta’minoti ijtimoiy sug’urtaning asosiy 
turi  hisoblanadi.  Davlat  ijtimoiy  fondlarni  tashkil  etish  tartibini, 
pensiyalar  belgilash  shartlarini  (yosh,  sug’urta  yoki  mehnat  staji, 
fuqarolikning  davomiyligi),  pensiyalar  miqdorini  aniqlash  tamoyilini 
(qat’iy belgilangan, eng kam ish  haqiga bog’liq) tartibga soladi. Ijtimoiy 
fondlar  davlat  dotastiyalari,  ish  beruvchilar  uchun  ijtimoiy  soliqlar  va 
sug’urtalanuvchilarning badallari hisobidan shakllanadi. 
Ishsizlik  bo’yicha  davlat  ijtimoiy  sug’urtasi  ijtimoiy  himoyalashni 
ta’minlovchi  ijtimoiy  sug’urtaning  yana  bir  turi  hisoblanib,  u  bozor 
iqtisodiyotiga  ega  mamlakatlarda  XX  asrning  20-30-yillarida  joriy 
etilgan. Ishsizlik bo’yicha nafaqaning tayinlanishi u to’lanadigan shaxslar 


 
156 
doirasini  cheklovchi  qator  talablarning  bajarilishi  bilan  bog’liq.  Nafaqa 
so’rab  murojaat  etgan  xodim  muayyan  stajga  ega  bo’lishi,  muayyan 
muddat  (yilning  choragi,  bir  yil)  mobaynida  zarur  eng  kam  ish  haqini 
olishi  kerak.  Malaka  stajining  davomiyligi,  shuningdek  nafaqa  to’lash 
muddati  ham  turli  mamlakatlarda  turlicha  (Germaniyada  13  haftadan  52 
haftagacha,  AQShning  aksariyat  shtatlarida,  Italiya  va  Yaponiyada 
o’rtacha  26  haftagacha).  Ishsizlik  bo’yicha  nafaqalar  to’lashning  katta 
ulushi  davlatning  chekiga  tushadi.  Xususan,  Shvestiyada  ishsizlik 
bo’yicha nafaqaning faqat 15 foizi sug’urta badallari  hisobidan, 85 foizi 
esa  tadbirkorlarning  majburiy  badallari  va  soliqlardan  yuzaga  keladigan 
davlat mablag’lari hisobidan to’lanadi. 
Davlatning ish haqi sohasidagi tartibga soluvchi aralashuvi eng kam 
ish haqining qonun bilan belgilanishini nazarda tutadi. Bu asosan mehnat 
jarayonlarining  malakasiz  mehnatni  talab  qiladigan  turlariga  taalluqli. 
Qonunlar  yordamida  davlat  ish  haqini  to’lash  rejimini  belgilaydi 
(masalan, ikki haftada yoki har oyda). 
Ayrim  holatlarda  ish  haqi  siyosati  uning  eng  yuqori  darajasi  joriy 
etilishini  va  muayyan  muddat  mobaynida  ushbu  darajaning  saqlanib 
turilishini  nazarda  tutadi.  Shuningdek,  mehnatga  haq  tulashning  o’sish 
sur’atlariga  nisbatan  ham  cheklovlardan  foydalaniladi.  Ushbu  tadbirlar 
inflyastiyaning  oldini  olish  maqsadida  qo’llaniladi.  Ikkinchi  tomondan, 
rivojlangan  mamlakatlarda  inflyastiyaning,  birinchi  galda  narxlar 
o’sishining  salbiy  oqibatlarini  kamaytirish  uchun  ish  haqini 
indeksastiyalash mexanizmi qo’llaniladi. Indeksastiyalash tartibi turlicha. 
U  umummilliy  xususiyatlarga  ega  bo’lishi,  shuningdek  tadbirkorlar, 
kasaba  uyushmalari  va  davlat  o’rtasida  ijtimoiy  hamkorlik  doirasida 
tuziladigan  kelishuvlarda  qayd  etilishi  mumkin.  Indeksastiya  firmalar 
yoki alohida tarmoqlar darajasida amalga oshirilishi va tadbirkorlar bilan 
kasaba uyushmalarining jamoaviy shartnomalarida qayd etilishi mumkin. 
Indeksastiya  qilinadigan  ish  haqining  miqdori  turlicha.  To’liq 
indeksastiya  eng  kam  ish  haqiga  nisbatan  amalga  oshirilishi  mumkin, 
so’ngra  indeksastiya  qisman  xususiyatga  ega  bo’la  boshlaydi,  bu  hol 
inflyastiyaga to’sqinlik qilishga yordam beradi. 
Bandlik  muammosi  eng  keskin  ijtimoiy  muammolardan  biri 
hisoblanadi.  Shuning  uchun  mehnat  bozoriga  nisbatan  ijtimoiy  siyosat 
davlat  yo’li  bilan  tartibga  solishda  alohida  o’rin  tutadi.  Davlat  yollash 
shartlarini  va  mehnat  shartnomalarini  tuzishning  umumiy  shartlarini 
qonun  bilan  belgilaydi.  Davlat  ta’lim,  xodimlarni  kasb-hunar  va  texnik 
tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  tizimini  tashkil  etishni  o’z  zimmasiga 


 
157 
oladi.  Davlat  subsidiyalari  hisobidan  xodimlarning  omilkorligi,  kichik 
biznesning  rivojlanishi  rag’batlantiriladi,  yangi  ish  o’rinlari  tashkil 
etuvchi tadbirkorlarga imtiyozlar ko’rsatiladi. 
Tanglik  davrlarida  davlat  jamoat  ishlaridan  foydalanadi.  Ishsizlar 
uchun  jamoat  ishlari  –  1929-1933  yillardagi  Buyuk  qatag’on  yillarida 
yuzaga  kelgan  davlat  bandlik  siyosatining  birinchi  yo’nalishi.  Mehnat 
bozorlarida  davlatning  ta’siri  xorijiy  ishchi  kuchi  oqimini  tartibga 
soluvchi migrastiya siyosati bilan ham amalga oshiriladi. 
Zarur uy-joy sharoitlarini ta’minlash siyosati  G’arb  mamlakatlarida 
tarkibiy siljishlarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi 
ijtimoiy  siyosat  vositasi  sifatida  ko’rib  chiqiladi,  chunki  oson  va  tez  hal 
etiladigan  uy-joy  muammolari  ishchi  kuchining  harakatchanligini 
ta’minlashga ko’maklashadi. 
Ijtimoiy  siyosatning  ushbu  yo’nalishi  uy-joyni  ijaraga  oluvchi 
xodimlarga yordam  ko’rsatish  maqsadida byudjetdan mablag’lar ajratish 
yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat ko’pincha mustaqil uy-joy qurilishini 
rag’batlantiradi.  Bunda  turli  imkoniyatlardan  foydalaniladi.  Masalan, 
hududiy  hokimiyat  organlari  nisbatan  arzon  uy-joy  majmualarini  barpo 
etib,  ularni  past  daromadli  oilalarga  ijaraga  beradi.  Ushbu  sohadagi 
ijtimoiy  qo’llab-quvvatlashning  yana  bir  yo’li  xususiy  qurilish 
kooperativlari  tomonidan  qurilgan  uy-joydan  foydalanishni  nazarda 
tutadi.  Bu  erda  davlatning  roli  qurilish  tashkilotlariga  erning  bepul 
berilishi, ularni imtiyozli kreditlashning amalga oshirilishi yoki yumshoq 
soliq  solinishida  namoyon  bo’ladi.  Mazkur  variant  doirasida  davlat 
odatda  uy  egalarining  ijaraga  beriladigan 
uy-joydan  oladigan 
daromadining  eng  yuqori  chegarasini  belgilagan  holda  uy-joy  uchun 
to’lovlar miqdorini nazorat qiladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish