B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/126
Sana13.05.2022
Hajmi2,15 Mb.
#603116
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

u = a
0
 + a

x
 
bu erda: 

– davlat byudjet resurslarining hajmi; 

– 1) xalq xo’jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot,
2) ishlab chiqarilgan milliy daromad;
a
0
, a
1
– boshlang’ich ma’lumotlar asosida chiziqli regressiyaning 
muayyan turini belgilab beruvchi koeffistientlar. 


141 
Ushbu modellarni ishlab chiqishda prognoz qilinayotgan davrda 
mustaqil o’zgaruvchanlar (milliy daromad va ishlab chiqarilgan 
mahsulot) ko’rsatkichlarini topish alohida muammo tug’diradi. Ularni 
aniqlash 
uchun 
yuqorida 
ko’rsatilgan 
umumiy 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblaridan foydalaniladi. Iqtisodiy 
tahlil tadqiq etilayotgan ko’rsatkichlarning rivojlanish sur’atlarini 
o’rganish, ularning o’zaro nisbati, tadqiq etilayotgan hodisalarning yillar 
bo’yicha o’rtacha yillik sur’atlarini hisoblab chiqish, ularning 
rivojlanishini boshqa iqtisodiy kattaliklar (ishlab chiqarilgan asosiy 
fondlar, aholi soni va b.) bilan taqqoslash yordamida to’ldiriladi. Bunday 
tahlil shuning uchun zarurki, byudjet real iqtisodiy vaziyatlar bilan 
bog’liq va shuning uchun xalq xo’jaligining istalgan tarmog’idagi 
o’zgarishlarga tezda moslashadi, shuningdek u aholini ijtimoiy 
himoyalash sohasidagi siyosat, davlatning asosiy xarajatlarini moliyalash 
tartibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. 
Byudjetni rejalashtirishning keyingi bosqichi – 
byudjet loyihasini 
tuzish jarayoni.
Byudjet loyihasini ishlab chiqishning asosiy vazifasi 
davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari 
zimmasiga yuklatilgan Funksiyalarni ta’minlash maqsadida byudjetda 
markazlashtiriladigan pul mablag’larining hajmini hamda davlat va 
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozida ko’zda tutilgan 
tadbirlarni aniqlashdan iborat. 
Byudjet loyihasini tuzish Hukumat va mahalliy hokimiyat ijroiya 
organlarining vakolatiga kiradi. Ularning topshirig’iga ko’ra byudjet 
loyihasi Moliya vazirligi va hududiy moliyaviy organlar tomonidan ishlab 
chiqiladi. 
Byudjet loyihasini tuzish uchun Moliya vazirligi va hududiy 
moliyaviy organlar ularga tegishli hukumat, statistika, soliq organlari va 
boshqa muassasalardan kelib tushadigan zarur axborot bazasi bilan 
ta’minlanishi kerak. 
Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
prognozi
byudjet loyihasini tuzish uchun asosiy axborot manbai bo’lib 
xizmat qiladi va u o’z navbatida hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish ma’lumotlari, rejalashtirilayotgan yil uchun rivojlanish 
tendenstiyalari va boshqa ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. Byudjet 
loyihasini ishlab chiqishda tegishli reja davri uchun qabul qilingan 
moliya-byudjet siyosatining asosiy holatlari ham hisobga olinadi. 
1) Byudjet loyihasini shakllantirishning dastlabki bosqichida ijroiya 
hokimiyat organlari tomonidan rejalashtirilayotgan yil uchun 
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning
ssenariy
a sharoitlari 
ishlab chiqilib, ularda 


142 
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi o’rta muddatli prognozining parametrlariga aniqliklar kiritish 
uchun materiallar aks ettiriladi. 
Hukumat tomonidan ushbu ssenariya shartlari ma’qullangach, 
Moliya vazirligi rejalashtirilayotgan yil uchun 
davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining asosiy xarakteristikalarini 
ishlab chiqadi. 
Bundan tashqari, rejalashtirilayotgan yil va o’rta muddatli istiqbol uchun 
ish haqi, pensiyalarning eng kam miqdori, byudjet sohasi xodimlarining 
ish haqi va pensiyalarni indeksastiyalash tirtibi haqidagi taklif ko’rib 
chiqiladi. 
Barcha ushbu materiallar va hisob-kitoblar Hukumatga ko’rib 
chiqish uchun yuboriladi. So’ngra O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy 
xarakteristikalarini davlat ijroiya hokimiyati organlariga yuboradi. 
2) Byudjetni ishlab chiqishning ikkinchi bosqichida davlat ijroiya 
hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag’larining hajmini byudjet 
tasnifi ko’rsatkichlari bo’yicha 
taqsimlash
, shuningdek moliyaviy 
resurslarni byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari o’rtasida 
taqsimlash amalga oshiriladi. Bunda Iqtisodiyot vazirligi moliyalanadigan 
davlat maqsadli dasturlarini aniqlaydi va rejalashtirilayotgan yil va o’rta 
muddatli istiqbol ularni moliyalash hajmini kelishadi. 
Byudjet loyihasini tuzish ishlarini amalga oshirish uchun Moliya 
vazirligida mintaqalar, vazirliklar va idoralardan kelib tushuvchi 
materiallar, hisob-kitoblar va asoslashlardan foydalaniladi. Ushbu 
materiallar dastlab tegishli vazirliklar uchun biriktirilgan mutaxassislar 
tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida vazirliklar moliyaviy rejalari, 
hududlar byudjetlari ko’rsatkichlarining hisob-kitoblariga aniqliklar 
kiritiladi, qo’shimcha daromadlar va xarajatlarni tejash imkoniyatlari 
aniqlanadi. So’ngra tuzatishlar kiritilgan hisob-kitoblar Moliya vazirligi 
bo’linmalarining rahbarlari tomonidan ko’rib chiqilib, byudjet 
boshqarmasiga yuboriladi. Byudjet boshqarmasi taqdim etilgan hisob-
kitoblarni ko’rib chiqib, zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritadi va 
Moliya vazirligi rahbariyatiga hal etish uchun yuboradi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish