120
sho’rlangan hududlarni o’zlashtirish faoliyati, davlatning e’tibori va
ularga yordam ko’rsatishi.
Vaqt o’tishi bilan ayrim noishlab chiqarish
omillarining iqtisodiy
rivojlanishdagi roli o’zgarishi munosabati bilan hududlar rivojlanishi
uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy bo’lib qolmaydi. Shunday qilib,
hududiy notenglik mamlakat iqtisodiyotining rivojiga katta ta’sir
ko’rsatadi. U, bir tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mamlakat
hududi bo’ylab joylashuvidagi notenglik bilan, ikkinchi tomondan,
alohida omillarning iqtisodiy rivojlanishdagi
rolining dinamikasi bilan
bog’liq. Shuning uchun har bir mamlakatda tabiiy resurslarga boy, lekin
aholisi kam; ularning ikkalasi bilan ham etarli darajada ta’minlangan;
allaqachon va yaqinda o’zlashtirilgan yoki o’zlashtirilayotgan; aholisining
soni qaerdadir oshib, qaerdadir kamayib borayotgan; qaerdadir katta
yoshdagi aholi guruhi ustunlik qiladigan,
qaerdadir ularning ulushi
kamayib borayotgan mintaqalar mavjud bo’lishi mumkin.
Alohida mintaqalarning notengligini kamaytirish uchun davlat
iqtisodiy tartibga solishning alohida yo’nalishi hisoblangan mintaqaviy
siyosatni qo’llaydi. Davlatning mintaqaviy siyosati milliy xo’jalikning
muayyan hududiy-ishlab chiqarish muvazanatiga erishish yuzasidan
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig’indisini o’zida namoyon etadi.
Mintaqaviy siyosatni ishlab chiqishda bir qator konsteptual
holatlarni nazarda tutish zarur. Ishlab chiqarish sektorining o’sishini
rag’batlantirish yo’li bilan hududlarni qo’llab-quvvatlash lozim; ushbu
sektor eng ko’p sonli yangi ish o’rinlarini yaratadi. Davlat o’z navbatida
ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va kengaytirishga,
zarur
holatlarda – ularni qayta yo’naltirish va takomillashtirishga yordam
beradi.
Mintaqaviy siyosat qonunchilik-huquqiy negizlarga asoslanishi va
jamiyatning ijtimoiy talablariga, shuningdek iqtisodiy xavfsizlik va
barqarorlik talablariga javob berishi lozim. Mintaqalar muayyan iqtisodiy
yaxlitlikka ega bo’lishi va ma’lum darajada o’zini o’zi ta’minlashi zarur.
Evropada integrastiya jarayonlarining rivojlanishi natijasida Evropa
iqtisodiy hamjamiyati doirasida so’nggi yillarda mintaqaviy siyosatning
roli og’ishmay oshib bormoqda. Bundan o’n yil ilgari u EI faoliyatining
faqat strategik muhim sohalarda taraqqiyotga
erishish uchun zarur
bo’lgan qo’shimcha yo’nalishi hisoblanardi. 80-yillarning oxiriga kelib u
jiddiy mustaqil ahamiyat kasb etdi. Endi Evropa ittifoqini tuzish
to’g’risidagi Maastrixt shartnomasining kuchga kirishi munosabati bilan
nafaqat EI mintaqaviy siyosatini amalga oshirish imkoniyati sezilarli
121
darajada kengaydi, balki integrastiya jarayoni doirasida ittifoq a’zosi
hisoblangan mamlakatlar alohida mintaqalarining roli ortdi. EI doirasida
mintaqaviy siyosat quyidagi tamoyillardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
- mablag’lar sochilishiga yo’l qo’yilmasligi ustidan qat’iy nazorat
o’rnatgan holda tarkibiy fond resurslarini
EIning eng kam rivojlangan
hududlarida jamlash. Ushbu fonddan amalga oshiriladigan moliyaviy
to’lovlarning 80% iqtisodiy rivojlanishda yaqqol ortda qolayotgan
mintaqalarga berilishi kerak;
- tarkibiy xususiyatga ega bo’lgan subsidiyalar o’zaro to’ldiruvchi
xususiyatga ega, ya’ni EI institutlari faqat milliy dasturlarni amalga
oshirish chog’ida resurslarni qo’shimcha manba sifatida berishilari
mumkin va o’z tashabbusiga ko’ra o’z aralashuvi obyektlarini belgilashga
haqli emaslar;
- EI mintaqaviy siyosatini guruhga a’zo bo’lgan har bir
mamlakatning makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosatini uyg’unlashtirish.
Mintaqaviy rivojlanish milliy dasturlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlagan
holda EI organlari integrastion yo’nalishlar
ushbu mamlakat iqtisodiy
siyosatining vazifalariga zid kelmasligini, EI byudjetidan ajratiladigan
mablag’lar esa milliy va mahalliy hokimiyat organlarining bahamjihat
harakatlari tufayli ko’kka sovurilmasligini nazorat qilishlari lozim;
- EI davlatlari tomonidan milliy mintaqaviy dasturlarning amalga
oshirlishi chog’ida ular o’rtasidagi bevosita o’zaro hamkorlik. Gap,
xususan, milliy dasturlarni amalga oshirish maqsadlari va usullarining
aniqligini ta’minlash maqsadida tegishli hukumatlar o’rtasida
axborot
almashuvi haqida borayapti.
Mintaqaviy dasturlashtirish tizimini rivojlantirishning hozirgi
bosqichida yig’ma dasturlarni ishlab chiqish va baholash metodikasi
indikativ rejalashtirish vositalaridan foydalanishni talab qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: