13
KIRISH
O’zbekistonda mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab 5
tamoyil
asosida
1
amalga oshirilgan institustional islohotlar natijasida
shakllangan xususiy mulk ustuvor bo’lgan ko’p ukladli iqtisodiyotni
boshqarish, uni tarmoq va korxonalarini tartibga
solishning tubdan yangi
tizimi barpo etildi. Ana shu yaratilgan tizimni uzviy bir qismini
iqtisodiyotni boshqarishning muhim funkstiyasi sifatida mamlakatimizda
qabul qilingan ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni
prognozlashtirish va
rejalashtirish konstepstiyasi tashkil etadi. Konstepstiyaning asosiy
bosqichlarini
amalda
ijrosini
ta’minlash
prognozlashtirish
va
rejalashtirishning turli usul va vositalarini qo’llashni taqozo qiladi.
Ana
shunday
vositalardan
biri
jahon
amaliyotida
keng
qo’llaniladigan indikativ rejalashtirish hisoblanadi. Indikativ rejalashtirish
bozor iqtisodiyotini davlat yo’li bilan tartibga solishning muhim vositasi
sifatida uzoq takomillashuv yo’lini bosib o’tdi va o’zining
yuqori
samaradorligini ko’rsatdi.
Hozirgi vaqtda bozor iqtisodining rivojlanishi va uning globallashuvi
sharoitida indikativ rejalashtirish o’zining strategik shakliga ega bo’ldi va
alohida fan sifatida shakllandi.
Ushbu fanning so’nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuz bergan
moliyaviy – iqtisodiy inqirozi kabi vaziyatlarni oldindan ko’ra bilish
vositasi sifatida roli beqiyosdir.
Gap shundaki, indikativ rejalashtirish
iqtisodiy o’sish, moliyaviy oqimlarni prognozlashtirishni,
ularni real
iqtisodiy jarayonga yaqin bo’lgan holatini aniqlashga imkon beradi. Shu
bilan bir vaqtda indikativ rejalashtirish ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish
maqsadlariga erishishning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot sohasidagi bo’lajak mutaxassislar o’rganadigan fanni
o’zida namoyon etuvchi taklif etilayotgan “Indikativ rejalashtirish” o’quv
qo’llanmasi ushbu vazifalar mazmun – mohiyatini va zaruriyatini tushunib
etishga yordam beradi. Indikativ rejalashtirishning
tarkibiy shaklining
qaror topishi, bu borada etakchi rivojlangan mamlakatlarning indikativ
rejalashtirish tajribalarini o’rganishni faollashtirish asosida O’zbekistonda
indikativ rejalashtirishning tashkiliy – huquqiy asoslarini yaratish,
milliy
iqtisodiyotning global muammolarini hal etish bo’yicha strategik qarorlar
qabul qilishga zamin yaratadi.
O’quv qo’llanma 12 bobdan iborat bo’lib, uning har bir qismi ushbu
1
И. Каримов Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995. –
Б.10-11.
14
fan o’quv dasturiga kiritilgan mavzular mazmunini ochib berishga
qaratilgan bilimlarni o’z ichiga oladi. O’quv qo’llanma “Indikativ
rejalashtirish” fani bo’yicha ilk bor yozilgan o’quv adabiyoti hisoblanadi.
Shu bois ushbu qo’llanmani yaxshilash yuzasidan xolisona bildirilgan
takliflarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Ularni Toshkent
davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasiga yo’llash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: