B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

5.2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va 
majburiyatlari  
 
Indikativ  rejalashtirish  sifati  ko’p  jihatdan  mutaxassislarning 
tayyorgarlik darajasiga bog’liq, bu quyidagilar bilan belgilanadi: 
nazariy tayyorgarlik; 
ularning intellektual rivojlanganligi; 
tajriba va malaka; 
reja  –  bu  tegishli  harakatlarni  talab  qiluvchi  ongli  ravishda  qabul 
qilinadigan qarorlar tizimi ekanligini tushunish; 


 
91 
qo’llaniladigan tadbirlarning oqibatlarini oldindan ko’ra bilish; 
asosiysini ko’ra olish qobiliyati; 
biznes  sharoitida  tashqi  va  ichki  omillarning  maqbul  nisbatini  topa 
olish. 
Ilgari  rejalashtirishda  asosiy  rol  deyarli  iqtisodchilarga,  ya’ni  reja-
iqtisodiyot  bo’limlari  (xizmatlari,  boshqarmalari)ning  xodimlariga 
tegishli  edi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ushbu  holat  tubdan  o’zgardi. 
Rejalashtirishda  ayniqsa  kundalik  rejalarning  amalga  oshirilishiga 
bevosita  rahbarlik  qiluvchi  mutaxassislar,  ya’ni  o’rta  va  quyi  bo’g’in 
rahbarlari,  menejerlarning  roli  ortadi.  Lekin  hozirgi  vaqtda  ham 
iqtisodchilarning  roli  beqiyos.  Bugungi  kunda  kichik  korxonada 
rejalashtirish ishini iqtisodchi, moliyachi yoki buxgalter amalga oshirishi 
mumkin.  Katta  korxonalarda  esa  reja  ko’rsatkichlarini  iqtisodiy  jihatdan 
asoslash  bilan  odatda  iqtisodiy  xizmatning  2-3  nafar  xodimi 
shug’ullanadi.  Yirikroq  firmada,  odatda,  4  yoki  undan  ortiq  xodimdan 
iborat iqtisodiy bo’lim faoliyat ko’rsatishi mumkin. Yanada yirik firmada 
xodimlarining umumiy soni kamida 12 nafardan iborat bo’lgan bir necha 
bo’limlar yoki xizmatlarni o’z tarkibiga olgan iqtisodiy boshqarma tashkil 
etilishi mumkin. 
Asosiy  rejaviy  asoslashlarni  huddi  ilgaridagi  kabi  iqtisodchilar 
bajarishadi.  Lekin  reja  xo’jalik  yuritishning  barcha  vazifalari  va 
muammolari  majmuini  aks  ettirishi  uchun  uni  ishlab  chiqishga  o’z 
vakolati 
masalalariga 
muvofiq 
ravishda 
boshqa 
xizmatlar 
va 
bo’limlarning  xodimlari  ham  jalb  etiladi.  Ya’ni  reja  hisob-kitoblarini 
amalga  oshirishda  iqtisodiy  bo’lim  xodimlari  quyidagilar  bilan  o’zaro 
hakorlik qiladi: 
rahbariyat  bilan  –  rivojlanish  strategiyasining  umumiy  maqsadlari 
va tashkiliy masalalar yuzasidan; 
marketing va sotish bo’limlari bilan – sotish masalalari yuzasidan; 
buxgalteriya  bilan  –  hisob  yuritish  va  hisobotlar  masalalari 
yuzasidan; 
moliyaviy bo’lim bilan – moliyalash masalalari yuzasidan; 
ta’minot  va  transport  bo’limlari  bilan  –  ta’minot  va  xomashyoni 
etkazib berish masalalari yuzasidan; 
bosh  muhandis  bo’limi,  texnologik  va  ishlab  chiqarish  bo’limlari 
bilan – ishlab chiqarish xususidagi masalalar yuzasidan; 
kadrlar,  mehnat  va  ish  haqi  bo’limi  bilan  –  xodimlar  va  boshqa 
masalalar yuzasidan. 
Shubhasiz,  bozor  munosabatlari  sharoitida  rejalashtirish  bo’yicha 


 
92 
asosiy  mas’uliyat  iqtisodchi-menejerlar  zimmasiga  yuklatiladi.  Agar 
iqtisodchilarning  vazifasi  reja  ko’rsatkichlarini  iqtisodiy  jihatdan 
asoslashdan  iborat  bo’sa,  menejerlar  vazifasi  qatoriga  ushbu 
ko’rsatkichlarni muayyan tijorat, texnologik, kadrlar va boshqa xususdagi 
harakatlar  bilan  talqiin  etish  kiradi.  Lekin  biri  ikkinchisi  bilan  uzviy 
bog’langan.  Iqtisodiy  bo’lim  xodimlari  va  firma  menejerlari  o’z 
mohiyatiga  ko’ra  bir  xil  vazifani,  ammo  turli  vositalar  yordamida 
bajarishadi.  Menejer  boshqaruv  sohasida,  shu  jumladan  insonlarni 
boshqarishda alohida tarzdagi o’quv va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. 
Ular tomonidan bajariladigan harakatlar tizimi oldinga qo’yilgan xo’jalik 
yuritish 
maqsadlariga 
erishish 
uchun 
mavjud 
resurslarni 
optimallashtirishga  qaratilgan.  Menejerlar  firma  faoliyatining  rejalarini 
ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  faol  ishtirok  etadilar.  Firmaning 
yuqori rahbariyati menejerlar bilan birga faoliyat maqsadlarini tanlashadi 
va  tegishli  rivojlanish  strategiyasini  ishlab  chiqishadi.  Tanlangan 
maqsadlarga  iqtisodiy  ishlov  berish  iqtisodchilar  tomonidan  amalga 
oshiriladi,  ya’ni  ular  maqsadni  iqtisodiy  kategoriyalar  bilan  asoslaydi. 
Biroq  rejadagi  maqsadlarga  erishish  bo’yicha  asosiy  harakatlarni  tanlash 
menejerlar  Funksiyasiga  kiradi.  Ular  har  kuni  rejalashtirish  masalalari 
bilan  shug’ullanib,  firmaning  turli  xildagi  rejalarini  ishlab  chiqishda 
ishtirok  etishadi,  shuningdek  uning  strategiyasini,  faoliyat  sohasi 
siyosatini, 
biznes-rejalarni 
va 
hokazolarni 
belgilab 
beradi. 
Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish – bularning barchasi 
menejerlar  tomonidan  o’z  ishida  foydalaniladigan  vositalardir.  Shuning 
uchun  hozirgi  vaqtda  iqtisodchi  menejer  kasbining  ahamiyati  va  unga 
nisbatan talab ortib bormoqda. 
Iqtisodiy 
bo’lim  xodimlari 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish