B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Quyi zichlikdagi (yuqori bosimli) polietilen



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/175
Sana11.01.2022
Hajmi3 Mb.
#340524
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   175
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

1.1.1. Quyi zichlikdagi (yuqori bosimli) polietilen
ishlab chiqarish
Etilenni  yuqori  bosim  ostida  polimerlash
  – 
radikal  mexanizmi 
bo‘yicha  ketuvchi  zanjir  jarayondir.  Reaksiyaning  initsiatori  kislo
-
roddir,  biroq  peroksidlar  ham  ishlatilishi  mumkin.  Reaksiya  katta 
miqdorda
 
issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi.
1.1.1.1. Yuqori bosim ostida etilenni polimerlash jarayoniga 
ta’sir etuvchi omillar
Ushbu omillar quyidagilardan iborat:
1. Bosim va harorat.
2. Kislorod miqdori.
3. Reaksiya vaqti.
1.1.1.1.1. Bosim va haroratning ta’siri
Etilenni  yuqori  bosim  ostida  polimerlash  reaksiyasi  650–700 
atmosfera  bosimi  ostida  boshlanadi,  chunki  bunday  quyi  bosimda 
etilen  zichligi  polimerizatsiyani  boshlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan 
zarralarni  o‘zaro  to‘qnashish  soni  (boshqacha  qilib  aytganda,  gaz 
molekulalarini yetarli kon tsentrasiyasi)ni ta’minlaydi. Bir harorat va 
kislorodning doimiy sarfida moddalarni bir-biriga aylanish «chuqur
-
ligi» bosimga proporsionaldir, chunki faol markazni monomer mo
-
lekulasi bilan kontakt bo‘lish ehtimoli o‘sadi. Shuning uchun yuqori 
molekular mahsulotlar olish uchun g‘oyat yuqori bosim qo‘llanilishi 


112
lozim.  Masalan,  etilenni  polimerlashda  (bir  xil  haroratli  sharoitlar
-
da) 1100 atmosfera bosimi ostida molekular og‘irligi 9000 ga yaqin 
bo‘lgan  polimer  hosil  bo‘ladi.  Аgar  1500–2000  atmosfera  bosimi 
ostida  qo‘llanilsa  molekular  og‘irligi  15×103¸20×103  bo‘lgan  po
-
lietilen olish mumkin. 520 atmosfera bosimi ostida va boshqa teng 
sharoitlarda molekular og‘irligi 2000 bo‘lgan polietilen olinadi. Ja
-
rayonni  olib  borishda  harorat  etilenning  konversiyasini  ko‘p  jihat
-
dan  aniqlab beradi. Harorat  ortishi  bilan reaksiyaning  «chuqurligi» 
ortadi va o‘sha konversiyaga yetishish uchun reaksiya vaqti kama
-
yadi. Biroq birinchidan, polietilenning sifati sezilarli yomonlashadi, 
chunki haroratning 300ºC gacha ko‘tarilishi oqibatida hosil bo‘lgan 
«bo‘yalgan  polietilen»  deb  atalgan  polietilen  parchalanishiga  olib 
keluvchi yonaki jarayonlarni ham tezligi ortadi. Ikkinchidan, 260ºC 
dan  yuqori  haroratda  polimerizatsiya  va  parchalanish  reaksiyalari
-
ning tezlashishi natijasida ko‘p miqdorda issiqlik hosil bo‘lib, reaksi
-
ya zonasidan chiqib ketishga ulgurmay qoladi, jarayonni boshqarish 
qiyinlashadi va oqibatda u portlashga olib kelishi mumkin. Shu bois 
harorat  260–270ºC  bilan  chegaralanadi.  Ishlatiladigan  haroratning 
quyi  chegarasi  peroksidlarni  olish  va  parchalash  jarayonlari  bilan 
bog‘liq  bo‘lib,  bunda  polimer  zanjir  o‘sishi  hosil  bo‘lgan  erkin  ra
-
dikallar asosida amalga oshiriladi. Initsiator sifatida molekular kis
-
lorod  ishlatilganda  etilen  peroksidi  1500  atmosfera  bosimi  ostida 
150ºC  haroratda  hosil  bo‘ladi.  Peroksidni  parchalash  temperatura
-
ning orttirishni taqozo qiladi.
Jarayonni optimal harorati 100 dan 260ºC gacha hisoblanadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish