2.1. Polistirol
Stirolni polimerlab yoki u asosda olingan plastmassalar ishlab
chiqarish umumiy hajmining taxminan 18% ini tashkil etadi.
Stirol asosida polimerlar ishlab chiqarishni ko‘rib chiqishdan av
-
val monomerning o‘zini olish haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Stirol olishda ilk xomashyo sifatida etilbenzol xizmat qiladi, u
benzolni etilen bilan alkillab olinadi. Etilbenzolni degidrirlash yangi
katalizatorda 560–580ºC haroratda, 600ºC da esa biroz ishlatilgan
katalizatorda amalga oshiriladi.
Katalizator sifatida magniy yoki temir asosidagi oksidlar bosh
-
qa qo‘shimcha oksid (CuO, ZnO, CaO va boshqa)lar bilan birga
oksidli birikmalar holida ishlatiladi. Katalizatorga oz miqdorda
kaliy karbonat ham qo‘shimcha qilinadi. Jarayon suv bug‘i ishti
-
rokida boradi, kaliy birikmasi katalizatorni o‘z-o‘zidan regene
-
ratsiyalanishiga yordam qiladi. Bu jarayonni 10–12 oygacha ka
-
talizatorni regeneratsiya qilmay olib borishga imkon beradi. Etil
-
benzol degidrirlanganda hosil bo‘lgan stirolning salmog‘i 70–
80% ga yetadi. Аsosiy reaksiya – etilbenzolni degidrirlash:
bilan bir qatorda reaksiya mahsulotlarida benzol, toluol va murak
-
kabroq mahsulotlar hosil qiluvchi yonaki reaksiyalar ham ketadi.
Stirol ajratib olish qiyinligi nafaqat etilbenzol va stirollarni qay
-
nash haroratlarini yaqinligidan, stirolni uni rektifikatsiya qilinayot
-
ganda polimerlanishga moyilligida. Shuning uchun stirolni ajratib
olish uchun 30 mm simob ustunida vakuumda stirol polimerizatsi
-
yasini oldini oluvchi ingibitor – gidroxinon qo‘shib, rektifikatsiya
qilinadi.
Izopropilbenzolni a–metilstirolga degidrirlash xuddi yuqorida
-
134
gidek yo‘sinda amalga oshiriladi. Degidrirlangan izopropilbenzol
-
ga nisbatan a–metilstirolning salmog‘i 92% ni tashkil qiladi. Izop
-
ropilbenzol biroz pastroq haroratda degidrirlanadi, a–metilstirol
esa stirolga nisbatan kamroq polimerizatsiyaga uchraydi, bu esa
a–metilstirolni ajratish va saqlashda ingibitor qo‘shilmasligini ta’-
min laydi.
Sanoatda stirolni polimerizatsiyasi bir necha usullarda amalga
oshiriladi:
1) blokli termik polimerizatsiya;
2) peroksid birikmalar bilan initsirlangan emulsion yoki suspen
-
zion polimerizatsiya;
3) erituvchida initsirlangan polimerizatsiya;
4) kompleks metalloorganik katalizatorlar ishtirokida polimeri
-
zatsiya.
Polistirol olishning eng keng tarqalgan usuli termik polimerizat
-
siya bo‘lib, unda eng toza va eng yaxshi dielektrik xossali polistirol
olish imkoniyatini beradi. Temperatura ortishi bilan polimerizatsiya
tezligi ham ortadi, molekular og‘irlik esa pasayadi.
Stirolni emulsion va suspenzion polimerizatsiyasi suvli muhitda
olib boriladi. Emulsion polimerizatsiyada initsiator sifatida 70–90ºC
haroratda radikal polimerizatsiya jarayonini boshlab beruvchi radi
-
kallarga yengil parchalanuvchi kaliy persulfat xizmat qiladi. Sus
-
penzion polimerizatsiyada initsiatorlar–organik peroksidlar. Emul
-
sion va suspenzion polimerizatsiya jarayoni 70–90ºC haroratlarda
ketganligi bois, polimer molekular og‘irligi (200–400 ming) termik
polimerizatsiyanikiga (100 ming) nisbatan ancha yuqoridir.
Emulsion polistirolga nisbatan suspenzion polistirol birmuncha
yaxshiroq dielektrik xossalarga egadir.
Polistirol sovutkich korpusidan tortib, to plyonkalargacha bo‘l-
gan turli-tuman buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi. Polistirol
-
dan penopolistirol ham tayyorlanib, u polistirolni ko‘pirtirib hosil
qilinadi.
Stirol turli sopolimerizatsiya reaksiyalariga oson kirishadi va shu
asosda stirolni turli sopolimerlarini ishlab chiqarish tashkil qilin
-
gan. Masalan, stirolni butadien bilan sopolimerlab sintetik kauchuk
-
larni boshqa tiplari ichida hozirgi vaqtda asosiy o‘rinni egallagan
butaditen-stirol deb nomlangan kauchuk olish imkoniyatini berdi.
135
Do'stlaringiz bilan baham: |