2.3. Оksosintez usuli bilan spirtlar olish
Nemis kimyogari Ryoolen tomonidan 1938-yilda karbonillash
reak siyasi ochilib, ko‘proq uni oksosintez reaksiyasi deb yuritadilar.
Оksosintez reaksiyasi deb, bir vaqtning o‘zida uglerod oksidi (CО)
va vodorod (Х
2
) ni olefinga kobalt (katalizator) ishtirokida 110-
180ºC haroratda va 200 atmosfera bosimda o‘zaro ta’sirlashuviga
aytiladi. Reaksiya natijasida izo- va normal tuzilishdagi to‘yingan
alifatik aldegidlar hosil bo‘lib, ilk olefinga nisbatan bir uglerodi ortiq
bo‘ladi.
Umumiy holda reaksiyani quyidagicha ifodalash mumkin:
Izo- va normal tuzilishga ega bo‘lgan aldegidlar nisbatan tanlab
olingan shart-sharoitlarni o‘zlashtirish oqibatida o‘zgartirilishi mum
-
kin. Ular keyingi reaksiya – gidrogenizatsiya jarayonida birlamchi
izo– va normal spirtlarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |