1.2.2. O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarish
Quyi bosimda polietilen ishlab chiqarish usuli kashf qilinishi bi
-
lan bir vaqtda etilenning yuqori molekular polimerini 35–70 atmos
-
fera bosimi atrofida va 100 dan 270ºC gacha haroratda olish mum
-
kinligi haqida axborot e’lon qilingan. Ushbu jarayonlar Аmerika fir
-
malari tomonidan 1950–1965-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu
usullar bo‘yicha olingan mahsulot o‘rta bosim polietileni deb nom
oldi.
Jarayonning katalizatorlari sifatida xrom oksidi, molibden oksidi
asosidagi hamda nikel va kobalt metallik katalizatorlar taklif etilgan.
Ishlatiladigan katalizator va jarayonni olib borish sharoitlariga qarab
olinayotgan polimerlar bir-biridan o‘z xususiyatlari bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |