B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Fan  doktori  (Doktor  of
 
science;  DSc) 
–  turli  fan  yo’nalishlari  bo’yicha 
samarali  olib  borilgan  ilmiy-tadqiqot  natijasi  va  bu  natijalarga  asoslangan 
dissertatsiyaning  muvaffaqiyatli  himoya  qilinishiga  ko’ra  fan  nomzodi  ilmiy 
darajasiga  egalik  negizida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  attestatsiya  komissiyasini 
prezidiumi  tomonidan  tasdiqlanadigan  oliy  ilmiy  daraja.  Sobiq  Ittifoq  davrida  “fan 
doktori” ilmiy darajasi fan nomzodi ilmiy darajasidan keyingi ikkinchi, yuqori ilmiy 
daraja  hisoblangan.  Ushbu  ilmiy  daraja  SSSR  XKK  (Xalq  komissarlari  Kengashi) 
tomonidan 1934 yilning 3 yanvarida ta’sis etilgan. Sobiq Ittifoq davrida “fan doktori” 
darajasi  yoki  doktorlik  darajasiga  egalik  oliy  o’quv  yurtlarida  professor  lavozimiga 
e’lon  qilinadigan  tanlovda  qatnashish  huquqini  bergan.  Mustaqillikkacha  va 
mustaqillikdan keyingi deyarli yigirma yil davomida O’zbekitonda fan doktori ilmiy 
darajasiga  davogarlik  qiluvchi  mutaxassis  fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun 
taqdim  etilgan  dissertatsiyani  muvaffaqiyatli  himoya  qila  olishi,  fan  nomzodi  ilmiy 
darajasiga ega bo’lgan bo’lishi lozim edi.  
Mustaqillik  yillarida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oliy  malakali 
ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  tayyorlash  va  attestatsiyadan  o’tkazish  tizimini 
yanada  takomillashtirish  to’g’risida”gi  (2012  yil  24  iyul)  Farmoni  va  Respublika 
Vazirlar  Mahkamasining  “Oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  hamda  oliy  malakali 
ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o’tkazish  tizimini  takomillashtirish 
chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  (2012  yil  28  dekabr)  Qaroriga  muvofiq  fan  doktori 
ilmiy  darajasi  magistrlik  ilmiy  darajasi  negizida,  fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish 
uchun  taqdim  etilgan  dissertatsiyani  ochiq,  muvaffaqiyatli  himoya  qilish  asosida 
beriladi. 
AQSh,  ko’pgina  G’arbiy  Yevropa  va  Osiyo  mamlakatlarida  oliy  ta’limdan 
keyingi  bir  bosqichli  tizim  joriy  qilingan  bo’lib,  unga  ko’ra  magistr  darajasiga  ega 
bo’lgan va tegishli dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan mutaxassislar falsafa 
doktori  ilmiy  darajasiga  ega  bo’ladi.  Ayrim  G’arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  fan 
doktori ilmiy darajasiga ega bo’lgan shaxslarga “doktor” unvonini berish ham joriy 
qilingan.     

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish