O’quv predmetlarini o’qitish metodikasi
– ta’lim jarayonida ma’lum o’quv
predmeti asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan didaktik faoliyatning real usul va
vositalar yordamida samarali amalga oshirish chora-tadbiri. Ushbu metodika o’z
ichiga quyidagilarni oladi: ta’lim maqsadi (ta’limiy, rivojlantiruvchi, tarbiyaviy,
amaliy maqsadlar); ta’lim tamoyillari; ta’lim mazmuni; ta’lim vositalari; ta’lim
shakli; ta’lim metodlari (ta’limning umumiy va xususiy metodlari). Ta’lim
texnologiyasidan farqli ravishda o’quv fanlarini o’qitish metodikasida o’qituvchi va
o’quvchi faoliyati, maqsadning natijalanishini kafolatlovchi omillar, maqsadning
natijalanishini bashoratlash va sh.k. inobatga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |