194
suradi: I. Ta’lim berish metodlar: 1. Axborot-xabar beruvchi metodlar. 2.
Tushuntirishga asoslangan metodlar. 3. Ko’rsatma beruvchi-amaliy metodlar. 4.
Tushunirish asosida qiziqish uyg’otuvchi metodlar. 5. Qiziqish uyg’otuvchi metodlar.
II. Ta’lim olish metodlari: 1. Bajaruvchi metodlar. 2. Qayta yodga tushirish
metodlari. 3. Mahsuldor-amaliy metodlar. 4. Qisman izlanuvchan metodlar.
Tadqiqotchilik metodlari.
O’qitish amaliyotida ta’lim metodlarini tanlash muhim ahamiyatga ega. Ta’lim
metodlarini tanlashga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi: ta’lim metodlarining
didaktik,
tarbiyaviy
va
rivojlantiruvchi
maqsadlarni
amalga
oshirishga
yo’naltirilganligi; ularning ilmiy asosga egaligi; mazkur metodlar imkoniyatlarining
o’quvchilarni psixologik-pedagogik rivojlantirish imkoniyatlariga mosligi; ta’lim
metodlarining kutilgan natijalarni kafolatlay olishi, bu metodlarning o’quvchilar
tomonidan o’quv materialini puxta o’zlashtirishga yo’naltirilganligi; pedagog
faoliyatida innovatsion metodlarni qo’llay olishning zarurligi.
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi shartlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya, rivojlantirishning
umumiy va xususiy maqsadlari; o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari,
mavzularining o’ziga xosligi; xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi,
umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, mazmuni va vazifalari; u yoki bu mavzuni
o’rganishga ajratilgan vaqt; o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyati, bilish
imkoniyatlari
va
darajasi;
o’quvchilar organizmining anatomik-fiziologik
xususiyatlari, ishchanlik qobiliyati; o’quvchilarning darsga tayyorgarliklari; o’quv
muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganligi, jihozlar, ko’rsatmali
qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va
amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi; ta’lim muassasasida
pedagogik an’analarning qaror topganligi; o’qituvchilar tomonidan ilg’or
tajribalarning qo’lga kiritilganligi. Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar
bo’yicha amalga oshiriladi: 1) didaktik maqsad asosida; 2) ta’lim mazmuni asosida;
3) o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; 4)
o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
Do'stlaringiz bilan baham: