Tarbiya usullari
– shaxsning qarashlari, motivlari, harakatlarini o’zgartirish
maqsadida uning xulqiga va pozitsiyasiga tashqi pedagogik ta’sir ko’rsatish
xususiyatga ega xatti-harakatlar majmui. Ular yordamida shaxsning qarashlari,
motivlari, harakatlarini o’zgartirish orqali uning xulqi, pozitsiyasiga tashqi ta’sir
ko’rsatiladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, har qanday tashqi ta’sir ham tarbiya
jarayonida ijodiy o’zgarishlarning sodir bo’lishiga xizmat qilmaydi. Qachonki,
tarbiyaviy xarakterga ega tashqi ta’sir tarbiyalanuvchi (o’quvchi) shaxsining ichki
intilishlari bilan o’zaro mos kelsagina, uning uchun ahamiyat kasb etadi.
Keng ommalashgan tarbiya usullari quyidagilardir: 1) ijobiy vaziyatni yanada
mustahkamlovchi tarbiya usullari; 2) salbiy vaziyatni yanada kuchaytiruvchi tarbiya
usullari; 3) tarbiyalanuvchida ishonch hosil qiluvchi tarbiya usullari.
188
Ijobiy vaziyatni yanada mustahkamlovchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va
tarbiyachi (ota-ona, o’qituvchi, mas’ul shaxs)lar o’rtasidagi munosabatning
yaxshilanishini ta’minlaydi. Bu turdagi tarbiya usullari sifatida tarbiyalanuvchi bilan
birgalikda ma’lum faoliyatni tashkil etish (o’yinchoqlarni birga yig’ishtirish, bolaga
uning uchun murakkab sanalgan ishni bajarishda ko’maklashish, bolani
o’ylantirayotgan muammolar bilan qiziqish, unga katta ishonch bildirib, muayyan
topshiriq berish) mumkin. Bu jarayonda bolaning ko’nglini ko’taradigan, unda o’ziga
nisbatan ishonchni hosil qildiradigan jumlalar (“Balli!”, “Barakalla!”, “Yashavor!”,
“Juda zo’r! Men senga ishongandim!”, “Bilaman, sen buni uddalaysan!”,
“O’ylaymanki, bu sen uchun qiyin emas!”, “Bu ishni birgalikda bajarsak qanday
bo’larkin?!” kabilar)ni ham qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Salbiy vaziyatni yanada kuchaytiruvchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va
tarbiyachilar o’rtasidagi shunday ham yomon, salbiy munosabatni yanada
yomonlashtiradi. Bu kabi tarbiya usullari sirasida tarbiyalanuvchini uning salbiy
xatti-harakatlari uchun koyish, unga do’q-po’pisa qilish, jazolash kabilar keng
qo’llaniladi. Ko’pchilik ota-onalar ijobiy va salbiy vaziyatlarni kuchaytiruvchi tarbiya
usullaridan ketma-ket foydalanadi. Tarbiya usullarini samarali qo’llashda eng muhimi
– vaziyatni to’g’ri baholay olish, bola holatini tushunishga harakat qilish sanaladi.
Imkon qadar salbiy vaziyatni yanada kuchaytiradigan tarbiya usularidan
foydalanilmagan ma’qul. Chunki, bu kabi usullar bolani ota-ona, o’qituvchilardan
uzoqlashtiradi. Bordi-yu, bola salbiy harakatlarni sodir etganda ham unga o’z
xatolarini anglashga imkon berish, ulardan to’g’ri xulosa chiqarib olishini ta’minlash
pedagogik jihatdan to’g’ri yondashuv hisoblanadi.
Ayrim ota-onalar bolalarni tarbiyalashda salbiy vaziyatni kuchaytiruvchi tarbiya
usullarini qo’llashda jazolovchi aniq bir vositalarni: xona burchagi, “jazolovchi stul”
yoki bola yolg’iz qoldiriladigan (yo’lakdagi yoki hovlidagi) joyni belgilab oladi. Bu
yerda bola yolg’iz qolib o’z xatolari, kamchiliklari to’g’risida o’ylab oladi. Jazo
“joyi”dan ozod qilingach, bola o’z kamchiliklarini, salbiy xatti-harakatlarini
to’g’rilashga va’da beradi. Yana bir boshqa guruhda ota-onalar esa bolaning salbiy
xatti-harakatlari uchun jazo maqsadida jarimalardan foydalanadi. Bolaning noto’g’ri
xatti-harakatlari uchun qo’llaniladigan jarimalar – multfilmlarni ko’rish, shirinliklarni
iste’mol qilish, kompyuter o’yinlarini o’ynamaslik uchun taqiq bo’lishi mumkin.
Tarbiyalanuvchida ishonch hosil qiluvchi tarbiya usullari
shaxsni ishontiradigan
suhbatlar sanaladi. Bu usulni qo’llash uchun tarbiyalanuvchilar yoshini chegaralab
bo’lmaydi, aksincha, bu kabi suhbatlar barcha yoshdagi balog’atga yetmaganlar
uchun birdek samarali bo’ladi. Ishonch hosil qiladigan suhbatlarning bolani o’z xatti-
harakatlari mohiyatini tushuntirishga, ular yuzasidan izoh berishga undash uchun
xizmat qilishi muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, ota-onalar, o’qituvchilarning kichik
yoshdagi bolalar bilan suhbatlashishda “Mening o’ylashimcha, bu ishing to’g’ri
emas, u haqida o’zing nima deysan?”, “Ayt-chi, seningcha, shu ishing to’g’rimi?”,
“Agar bordi-yu, shu ishni men qilgan bo’lsam, sen nima degan bo’larding?”, “Agar
Komil bunday qilganida sen xafa bo’lmagan bo’larmiding?” kabi savollar asosida
bolani o’z xatti-harakatlari yuzasidan o’ylab ko’rishga undash maqsadga muvofiqdir.
Bu o’rinda bolaga shaxsiy harakatlarining mazmunini anglatish bilan birga, to’g’ri
xatti-harakat qanday bo’lishini tushuntirish, buning natijasida atrofdagilarning
189
qanchalik xursand bo’lishlarini aytib o’tish maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar
hech qachon samarasiz bo’lmaydi. Biroq, suhbatlashish chog’ida bolaga zo’rlik
qilinsa, bu haqidagi ma’lumotlar bolaning miyasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Hatto
bir necha yillar o’tgandan keyin ham bola bu haqida o’ylaydi.
K.D.Ushinskiyning fikriga ko’ra, o’quvchilarda shaxsiy sifatlarni hosil qilish
jarayonida pedagogik faoliyatni quyidagicha tashkil etish tarbiyalovchi xarakterga
ega usullardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi: 1) tarbiya vazifalarini
aniqlashtirish va o’quvchilarda u yoki bu faoliyat turiga nisbatan ehtiyojni yuzaga
keltirish; 2) faoliyat usullarini yoritish va ularni tegishli bilimlar bilan qurollantirish
(ongni rivojlantirish); 3) qo’yilgan vazifalarni hal qilish bo’yicha amaliy harakatlarni
tashkil etish; 4) namoyish qilingan harakatlarning o’quvchilar tomonidan dastlabki
qabul qilinishini tashkillashtirish (harakatlar namunasi orqali); 5) faoliyat va xulq-
atvor usullarini takomillashtirish va mustahkamlash bo’yicha mashqlarning izchil
bajarilishini ta’minlash; 6) o’quvchilarga mashqlarni takomillashtirish yuzasidan
talablar qo’yish; 7) o’quvchilarni ogohlantirish va ularning xulq-atvorlarini nazorat
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |