B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
 
Tarbiya  nazariyasi
  –  tarbiyaviy  jarayon  mazmuni,  tamoyillari,  qonuniyatlari, 
uni  tashkil  etish  masalalari,  metodikasi,  shakllari,  metodlari,  vositalari,  usullari  va 
muammolarini o’rganadigan bo’limi; pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi. 
 
Tarbiya 
(omil  sifatida)  –  ijtimoiy  muhitning  shaxs  rivojlanishiga  ta’siri.  Bu 
ta’sir odatda tarbiya (tarbiyaviy imkoniyatga ega  ta’lim va tarbiya)
 
ko’rinishida  aks 
etadi. Muhit shaxsni kamolga yetkazadigan sharoitgina bo’lib qolmay, shu bilan birga 
uning  kamoloti  darajasini  tekshirish,  o’rganish  obyekti,  ayrim  holatlarda  tarbiya 
vositasi  ham  sanaladi. Tarbiyaning  shaxs kamolotiga  ta’siri quyidagilarda ko’rinadi: 
1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik 
faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi; 2) tarbiya  tufayli  tug’ma  
kamchiliklar  ham  o’zgartirilib,  shaxs  kamolga  yetadi;  3)  tarbiya  yordamida 
muhitning  salbiy  ta’sirini  ham  yo’qotish  mumkin;  4)  tarbiya  kelajakka  qaratilgan 
maqsadni belgilaydi. 
Biologik  omil,  muhit  va  tarbiya  ta’sirida  shakllanar  ekan,  shaxs  o’zida  muayyan 
qobiliyat,  iste’dodlarni  namoyon  qiladi.  Zero,  ayrimlar  qayd  etganidek,  qobiliyatli  va 
iste’dodli  bo’lishning  o’zigina  kifoya  qilmaydi.  Shaxs  qobiliyati  va  iste’dodining  ilk 


 
185 
belgilari    namoyon  bo’lgandayoq  ta’lim-tarbiya  tarbiyani  to’g’ri  tashkil  etish,  tegishli 
ijtimoiy (ko’p hollarda ijodiy) muhitni hosil qilish, unga sohaga oid bilimlarni izchil berish 
orqali  amaliy  ko’nikma,  malakalarni  hosil  qilish    mavjud  ichki  imkoniyatlarni  to’la 
ro’yobga chiqaradi.  
Balog’atga    yetgach,    qaysi    sohada    mutaxassis    sifatida    mehnat    qilishidan, 
qanday  mutaxassislikni  egallashi,  injener,  o’qituvchi,  bastakor,  biolog,  harbiy 
bo’lishidan qat’iy nazar ta’lim va tarbiyadan iborat ijtimoiy ta’sir jarayonidan o’tishi 
zarur. Ijodkor ota-ona boshchilik qiladigan oilada o’z-o’zidan ijodiy muhit yuzaga keladi, 
qolaversa, tarbiyaviy ta’sir choralari ham o’zida bolalarni ijodiy faollikka rag’batlantirish 
xususiyatini  namoyon  qiladi.  Natijada  balog’atga  yetgan  bolalar  ham  ijodiy  faoliyatga, 
ijodga  mehrli  bo’lib  kamolga  yetishadi.  Pedagogik  amaliyotning  ko’rsatishicha, 
maktabgacha va boshlang’ich ta’lim davrida bolalarda rasm chizish, qo’shiq kuylash, raqs 
tushish, texnik ijodkorlik, ba’zilarda esa matematika, fizika va b. sohalarga  nisbatan katta 
qiziqish  ko’zga  tashlanadi.  Ota-onalar  va  o’qituvchilarning  ularga  nisbatan  to’g’ri 
yondashishlari,  zarur  sharoitni  yaratib  berishlari  bolalardagi  qiziqishning  o’tkinchi 
bo’lmasligi,  aksincha,  qat’iy  maqsad  sifatida  shakllanishiga  yordam  beradi.  SHu  bois 
maktabgacha  va  boshlang’ich  ta’lim  davrida  ham  bolalarning  qiziqishlarining  izchil 
rivojlantirib  borish,  iste’dodlarini  to’la  ro’yobga  chiqarish  uchun  ularga  bilim  beribgina 
qolmay,  qobiliyatli  shaxsni  tarbiyalashga  ham  jiddiy  e’tibor  qaratish  talab  etiladi. 
Qobiliyatli, iste’dodli bolalarni tarbiyalash kelgusida ulardan kuchli mutaxassislar yetishib 
chiqishini  kafolatlaydi.  Kuchli  mutaxassis  esa  jamiyat  ijtimoiy,  iqtisodiy  yoki  madaniy 
hayotini  ravnaq  toptirishga,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  sohalarning  jadal  rivojlanishiga 
o’z  hissalarini  qo’shadi.  Eng  muhimi,  irsiyat,  ijtimoiy  muhit  va  tarbiya  ta’sirida 
shaxsning  individual  (xarakteri,  fe’l-atvori,  dunyoqarashi)  va  ruhiy  xususiyatlari 
(idrok,  xotira,  xayol,  tafakkur,  nutq,  sezgi,  diqqat,  iroda)  ham  o’sadi.  Shaxsni  har 
tomonlama  kamol  toptirishda  uning  ruhiyatini  to’g’ri  shakllantirish  muhim 
ahamiyatga ega. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish