Loyiha
(lot. “projectus ” – oldinga tashlangan qadam, ilgari surilgan mislsiz
g’oya) – aniq reja, maqsad, uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik
(ta’limiy yoki tarbiyaviy) faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat
mahsuli. Loyiha sifatida ma’lum ish, reja, tadbir, dastur, konsepsiya ishlab chiqilishi,
yaxlit tizim asoslanishi mumkin. Shuningdek, yangi mahsulotni ishlab chiqish uchun
yo’naltirilgan masalalar yoritiladi. yagona maqsadga erishish uchun bir necha loyiha
loyihalar dasturida umumlashtiriladi, ayrim holatlarda esa ma’lum jarayonni samarali
boshqarish uchun bir necha loiyhalar loyihalar yig’majildi (portfeli)da yig’iladi.
Loyihalar yig’majildi bir necha dasturdan tashkil topadi.
Loyiha muayyan tavsiflarni o’zida namoyon qiladi. Ular: 1. Ma’lum vaqtni
o’zida ifodalay olishi – har qanday loyiha aniq muddatlar uchun ishlab chiqiladi,
belgilangan vaqt uning natijalariga taalluqli bo’lmaligi mumkin. bordi-yu, loyihada
vaqt hajmi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda amalga oshirilayotgan faoliyat shunchaki
ish sanaladi va u istalgan darajada uzoq davom etishi mumkin. 2. Samaradorlik,
unumdorlik – loyiha negizida samarali mahsulotlar ishlab chiqiladi, sifatli xizmatlar
ko’rsatiladi va yuqori natija, yutuqlar qo’lga kiritiladi. Aks holda jarayon shunchaki
tizimli ishlab chiqarishdan iborat bo’ladi. 3. Izchil qayta ishlash – loyiha mazmunan
va amaliy ahaiyatiga ko’ra doimiy ravishda tahlil qilib boriladi, mazmuniga
o’zgartirishlar kiritilishi, hatto ma’lum bosqichda yangidan boshlanishi mumkin.
Loyiha o’zida bir qator ishlab chiqarish tavsifini ham ifodalashi mumkin. 1.
Ijtimoiy subyektlar kuchi, imkoniyati bilan hal qilinadi. 2. Resurslardan foydalanish
darajasi cheklanadi. 3. Rejalashtirish, bajarish va boshqarish uchun xizmat qiladi.
Ilgari surilayotgan g’oyasiga ko’ra loyihalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1.
Ijtimoiy (ijtimoiy-madaniy) loyiha. 2. Xalqaro siyosiy loyiha. 3. Ekologik loyiha. 4.
Iqtisodiy loyiha. 5. Texnik loyiha (mahsulotni yaratish uchun talab qilinadigan
hujjatni ishlab chiqarish yoki avtomatlashtirilgan tizimni yaratish davri). Har bir
loyihaning tavsifiga tayanib, uning turini aniqlash mumkin.
Loyihada belgilangan vazifalarni bajarish vaqtida uning yetakchi g’oyasi, ya’ni
shaxsga ta’siri mohiyatining o’zgargan holatlar ham kuzatiladi. O’zgarish natijasida
shaxsga ko’rsatilayotgan ta’siri yoki ijobiy, yoki salbiy xarakter kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |